O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
42.5K photos
2.65K videos
319 files
8.67K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🎄 WINTER CHALLENGE DAY — UNUTILMAS KUN! ⛄️

16-dekabr kuni 🇺🇿O‘zDJTU 😊Ingliz tili Ikkinchi fakultetida qish haqiqiy bayramga aylandi! 🎄
Winter Challenge Day — kulgu, raqobat va ijobiy energiyaga to‘la tarzda bo‘lib o‘tdi

🎅 4 ta jamoa o‘zaro bellashib, bilimini, chaqqonligini va ijodkorligini sinovdan o‘tkazdi. Oʻrinlar bilan tanishing:
1-oʻrin:🪩 Grinch
2-oʻrin: 🎅 Qorboboning shogirdlari
3-oʻrin: 🏠 Uyda yolg‘iz
4-oʻrin: 🎉 Snowdrop

🎄 Tadbir yakunida eng faol va zukko jamoalar maxsus sertifikatlar va sovg'alar bilan taqdirlandi, aslida bu kunda har bir ishtirokchi g‘olib bo‘ldi! ⛄️

🎀 Tomoshabinlar ham chetda qolmadi — qo‘llab-quvvatlash, iliq muhit va yoqimli sovg‘alar barchaga ulashildi

🎀 Winter Challenge Day bizga yana bir bor shuni isbotladi:
birga bo‘lsak — qish ham iliq!

🎁 Tadbirda qatnashgan barcha jamoalarga, faol talabalarimizga va tomoshabinlarga katta rahmat!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥3👍1🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining SMKL 1 Bali maktabiga tashrifi

15-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Indoneziyaning Bali shahrida joylashgan SMKL 1 Bali maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari maktabdagi ta’lim jarayoni, darslarni tashkil etish tizimi hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar yuzasidan samarali fikr almashildi.

Tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan microteaching mashg‘ulotlari tashkil etilib, dars jarayonida interaktiv metodlar, kommunikativ yondashuv hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanildi. Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning faolligi va fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🇫🇷 FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN QISQA MUDDATLI KURSI

Qisqa muddatli kurs xalqaro standartlarga asoslangan bo‘lib, raqamli texnologiyalar integratsiyasi, madaniyatlararo muloqot va zamonaviy metodik yondashuvlar asosida olib boriladi.

Kurs quyidagi modullarni o‘z ichiga oladi:
– Fransuz tilini o‘qitishda zamonaviy metodik yondashuvlar va dars dizayni (Approches méthodologiques modernes et conception du cours en FLE).
– Innovatsion pedagogik texnologiyalar va kasbiy-amaliy kompetensiyalar (Technologies pédagogiques innovantes et compétences professionnelles en FLE).


Kursning afzalliklari:
🌍Xalqaro standartlarga asoslangan dastur;
🤝Madaniyatlararo yondashuv;
👨‍🏫Xorijiy mutaxassislar ishtiroki;
📜Kurs yakunida sertifikat beriladi;
📈Kasbiy rivojlanish imkoniyati.

📞MUROJAAT UCHUN: +998 90 977 49 07

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🎉2
“Il paese delle meraviglie” — Mo‘jizalar shahri

🇺🇿🇺🇿O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti, Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan o‘zbek va italyan ertaklari asosida sahnalashtirilgan “Il paese delle meraviglie” – “Mo‘jizalar shahri” nomli badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 🇮🇹🇺🇿

🎤Tadbirni Tarjimonlik fakulteti dekani U.R. Yo‘ldoshev ochib berdi. Shundan so‘ng talabalar ketma-ketlikda o‘z ijodiy chiqishlarini namoyish etishdi.

🎯 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — italyan tilini o‘rganayotgan talabalarda lingvokulturologik, pragmatik va sotsiolingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

🎭 Talabalar tomonidan sahnalashtirilgan “Susambil”, “Uyqudagi malika”, “Sovchilar”, “Archa o‘g‘risi”, “Yangi yil bazmi” kabi ertak va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda iliq va unutilmas taassurotlar qoldirdi.

🏆 Tadbir so‘ngida bir qator iqtidorli talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

👉 Ijod, til va madaniyat uyg‘unlashgan ushbu tadbir barchaga bayramona kayfiyat ulashdi!

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram. Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🎉3👍1
18-dekabr sanasida universitet mas’ul xodimlari — universitet profilaktika inspektori M. Nurmuhamedova, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F. Ashurova hamda universitet psixologi Z. Xayrullayeva tomonidan “Mahalla – oilaviy poliklinika – ta’lim muassasasi” shiori ostida Jurjoniy mahallasi fuqarolari va 23-oilaviy poliklinikasi tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda keng qamrovli profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat barqarorligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri atroflicha yoritilib, ushbu illatning ijtimoiy-psixologik oqibatlari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan himoya qilish har bir fuqaroning ijtimoiy va ma’naviy mas’uliyati ekani ta’kidlandi. Ushbu xavfli illat jamiyat hayotiga yashirin tahdid solib, oilalar barqarorligi va kelajak avlod taqdiriga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Tadbir yakunida giyohvandlikka qarshi kurashda mahalla, tibbiyot va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar ongida sog‘lom hayotga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda profilaktik va tushuntirish ishlarini izchil davom ettirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti- Ingliz tili darsi!
O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi
o‘qituvchilari — Voxidova Maxliyo va Xushboqova Sevinch Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 280-maktab 8-sinf o‘quvchilari uchun “Feelings and Emotions” mavzusida navbatdagi ingliz tili darsi tashkil etildi.

Dars jarayonida o‘quvchilar:
💥 his-tuyg‘ular va emotsiyalar mavzusi bo‘yicha bilimlarini kengaytirdilar;
💥 imtihonlarga tayyorgarlik jarayonida stressni yengish bo‘yicha psixologik mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar;
💥 turli interfaol topshiriqlar orqali stress darajasi va psixologik holatini aniqlash imkoniga ega bo‘ldilar;
💥 mashg‘ulotlar davomida motivatsiya va o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlarda qatnashdilar;
💥 psixologiya va kreativ fikrlash elementlari asosida o‘z fikrlarini erkin ifodalashni mashq qildilar.


⚡️ Mazkur dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar va ijobiy psixologik muhit asosida tashkil etilib, o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar uchun emotsional barqarorlikni ta’minlash, stressdan chiqishga yordam ko‘rsatish va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
4👍3
Forwarded from Edu.uz
#yengillik #chegirma

⚡️O‘quvchi
-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2025-yil 26-dekabrdan boshlab 2026-yil 11-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.

❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.

Batafsil: www.uzairways.com.

___

Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся

В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 26 декабря 2025 года по 11 января 2026 года.

Приобрести авиабилет со скидкой до 50% можете уже сейчас в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.

❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учреждении.

Подробно: www.uzairways.com.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

🎅🎄🎄⛄️🎀🎁🎅🎄🎄
Yangi yil bayram shukuhi!

Tarmoq markazida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik katta shodu xurramlik bilan davom etmoqda.


📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3🎉3🔥2😢1
👨‍💻👩‍💻🧠

17 dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 299-sonli umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida “O‘qituvchilarda stress holatlarini bartaraf etishda psixologik metod va texnologiyalardan foydalanish” mavzusida psixologik xizmat tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida pedagog xodimlarda uchraydigan emosional zo‘riqish, professional charchash (emosional byornaut), psixoemosional disbalans kabi holatlar yuzasidan tushunchalar berilib, stressga chidamlilikni oshirishga qaratilgan psixokorreksion va psixoprofilaktik usullar amaliy tarzda qo‘llanildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida kognitiv-xulq-atvor terapiyasi elementlari, relaksatsiya texnikalari, nafas olish mashqlari, art-terapiya hamda guruhli psixologik treninglar orqali o‘qituvchilarning ichki resurslarini faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Psixologik xizmat O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Feruza Ashurova hamkorligida amalga oshirilib, ishtirokchilarga psixologik holatni baholash, stress omillarini aniqlash, o‘z-o‘zini anglash va emosional intellektni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2