Rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalar ijara uylaridagi yashash sharoitlarini o‘rganishda davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda ijara uylarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlarini joyiga chiqqan holda o‘rganishda davom etmoqda.
Navbatdagi tashrif davomida talabalar yashayotgan xonadonlarning tozaligi, sanitariya holati, isitish tizimlari, jumladan, is gazidan foydalanishdagi xavfsizlik choralari, elektr va gaz jihozlaridan foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlik masalalarida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik turmushi, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Rektor tashrif yakunida talabalar yashash joylarida tozalik, ozodalik va xavfsizlikni ta’minlash ularning salomatligi va ta’lim jarayoni samaradorligi uchun muhim ekanini qayd etib, bu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilishini bildirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍4🔥3
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Ismoilova)
16-dekabr kuni
Winter Challenge Day — kulgu, raqobat va ijobiy energiyaga to‘la tarzda bo‘lib o‘tdi
1-oʻrin:
2-oʻrin:
3-oʻrin:
4-oʻrin:
birga bo‘lsak — qish ham iliq!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥3👍1🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining SMKL 1 Bali maktabiga tashrifi
15-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Indoneziyaning Bali shahrida joylashgan SMKL 1 Bali maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari maktabdagi ta’lim jarayoni, darslarni tashkil etish tizimi hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar yuzasidan samarali fikr almashildi.
Tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan microteaching mashg‘ulotlari tashkil etilib, dars jarayonida interaktiv metodlar, kommunikativ yondashuv hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanildi. Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning faolligi va fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qisqa muddatli kurs xalqaro standartlarga asoslangan bo‘lib, raqamli texnologiyalar integratsiyasi, madaniyatlararo muloqot va zamonaviy metodik yondashuvlar asosida olib boriladi.
Kurs quyidagi modullarni o‘z ichiga oladi:
– Fransuz tilini o‘qitishda zamonaviy metodik yondashuvlar va dars dizayni (Approches méthodologiques modernes et conception du cours en FLE).
– Innovatsion pedagogik texnologiyalar va kasbiy-amaliy kompetensiyalar (Technologies pédagogiques innovantes et compétences professionnelles en FLE).
Kursning afzalliklari:
📜Kurs yakunida sertifikat beriladi;
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4🎉2
Forwarded from Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🎉3👍1