O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
42.5K photos
2.66K videos
319 files
8.68K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalar ijara uylaridagi yashash sharoitlarini o‘rganishda davom etmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda ijara uylarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlarini joyiga chiqqan holda o‘rganishda davom etmoqda.

Navbatdagi tashrif davomida talabalar yashayotgan xonadonlarning tozaligi, sanitariya holati, isitish tizimlari, jumladan, is gazidan foydalanishdagi xavfsizlik choralari, elektr va gaz jihozlaridan foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlik masalalarida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik turmushi, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Rektor tashrif yakunida talabalar yashash joylarida tozalik, ozodalik va xavfsizlikni ta’minlash ularning salomatligi va ta’lim jarayoni samaradorligi uchun muhim ekanini qayd etib, bu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilishini bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍4🔥3
🎄 WINTER CHALLENGE DAY — UNUTILMAS KUN! ⛄️

16-dekabr kuni 🇺🇿O‘zDJTU 😊Ingliz tili Ikkinchi fakultetida qish haqiqiy bayramga aylandi! 🎄
Winter Challenge Day — kulgu, raqobat va ijobiy energiyaga to‘la tarzda bo‘lib o‘tdi

🎅 4 ta jamoa o‘zaro bellashib, bilimini, chaqqonligini va ijodkorligini sinovdan o‘tkazdi. Oʻrinlar bilan tanishing:
1-oʻrin:🪩 Grinch
2-oʻrin: 🎅 Qorboboning shogirdlari
3-oʻrin: 🏠 Uyda yolg‘iz
4-oʻrin: 🎉 Snowdrop

🎄 Tadbir yakunida eng faol va zukko jamoalar maxsus sertifikatlar va sovg'alar bilan taqdirlandi, aslida bu kunda har bir ishtirokchi g‘olib bo‘ldi! ⛄️

🎀 Tomoshabinlar ham chetda qolmadi — qo‘llab-quvvatlash, iliq muhit va yoqimli sovg‘alar barchaga ulashildi

🎀 Winter Challenge Day bizga yana bir bor shuni isbotladi:
birga bo‘lsak — qish ham iliq!

🎁 Tadbirda qatnashgan barcha jamoalarga, faol talabalarimizga va tomoshabinlarga katta rahmat!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥3👍1🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining SMKL 1 Bali maktabiga tashrifi

15-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Indoneziyaning Bali shahrida joylashgan SMKL 1 Bali maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari maktabdagi ta’lim jarayoni, darslarni tashkil etish tizimi hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar yuzasidan samarali fikr almashildi.

Tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan microteaching mashg‘ulotlari tashkil etilib, dars jarayonida interaktiv metodlar, kommunikativ yondashuv hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanildi. Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning faolligi va fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5