Roman-german filologiyasi fakulteti talabalariga xalqaro dasturlar yuzasidan ma’lumot berildi
17-dekabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari hamda EUROGATE LLC kompaniyasi vakillari — Sanjar Mustafakulov va Furqat G‘afurov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet Xalqaro bo‘limi xodimi V. Amanov, Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili nazariy va amaliy fanlar kafedralari mudirlari Yu. Ismailov va I. Ziyadullayev, shuningdek, kafedraning professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida kompaniya vakillari tomonidan talabalarga Work & Travel dasturi doirasida Germaniyada yozgi va qishki ta’til davrida rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Ferienjob dasturi, Niderlandiya, Bolgariya, Finlyandiya, Daniya, Fransiya hamda Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalarida grant va stipendiyalar asosida ta’lim olish imkoniyatlari yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2
Joriy yilning 17-dekabr kuni OʻzDJTU Angren xorijiy tillar fakultetida dekan I. Bazarov tomonidan talabalar ishtirokida “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi” mavzusida “Kelajak soati” darsi tashkil etildi.
Mazkur dars jarayonida talabalar bilan shaxsiy va kasbiy rivojlanish, iroda, mardlik va gʻalabaga intilish kabi muhim tushunchalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarni faol hayotiy pozitsiyaga ega boʻlishga, oʻz ustida tinimsiz ishlashga hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga undovchi hayotiy misollar va motivatsion tavsiyalar berildi.
Dars jarayoni interaktiv muloqot, savol-javoblar hamda ochiq munozaralar asosida olib borilib, talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Tadbir yoshlarning kelajakka ishonchi, maqsad sari intilishi va yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3
Talabalarimiz yutuqlari — faxrimiz!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti OʻzDJTU Angren xorijiy tillar fakulteti AnFING–2506 guruhi talabasi Saidzaynuraposhsha Eshonova universitet miqyosida tashkil etilgan “Aleksandr Faynberg hayoti va ijodi” nomli videorolik tanlovida faol ishtirok etib, munosib qatnashgani uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, adabiyotga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda mashhur adib va ijodkorlar hayotini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan boʻlib, talabamizning ishtiroki uning bilimga chanqoqligi va ijodiy salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Bunday yutuqlar talaba yoshlarimizning ilm-fan va ijod yoʻlidagi izlanishlariga kuch bagʻishlab, kelgusidagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam zamin yaratadi.
Talabamizni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi oʻqish hamda ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
Ijarada yashovchi talabalarning qish mavsumiga tayyorgarligini tekshirish va texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish maqsadida O’zDJTU da qator ishlar faol olib borilmoqda.
Xususan, OʻzDJTU Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti tyutori Nilufar Mannonova ijarada yashovchi 2-bosqich talabalari xonadonlariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalarga texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari va is gazidan ehtiyot bo‘lish zarurligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3
Dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishlari bo‘yicha navbatdagi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir offline hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Ilmiy seminarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov, universitet professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari hamda doktorantlar ishtirok etdi.
Mazkur seminarda Rixsiyeva Lola Azimjanovnaning 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek tillarida geologiya sohasiga oid terminologiyaning qiyosiy leksikografik tadqiqi va tarjima muammolari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
Ilmiy seminar davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, xulosalar va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Bildirilgan savollarga izlanuvchi tomonidan asosli javoblar berildi.
Seminar yakunida dissertatsiya ishini belgilangan talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3