O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
42.6K photos
2.66K videos
319 files
8.7K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixologik salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan seminar-treninglar davom etmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarning psixologik salomatligini mustahkamlash, stress va psixologik zo‘riqishlarning oldini olish maqsadida muntazam ravishda seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda.

Shu doirada O‘zDJTU xotin-qizlar psixologi Sh.X. Bo‘stonova tomonidan koreys tili yo‘nalishi magistrant talabalari ishtirokida “Ish, o‘qish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlash” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida sog‘lom psixologik muloqotni shakllantirish, stress holatlarini kamaytirish, shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning psixologik ildizlarini aniqlash va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

Trening jarayonida nazariy bilimlar, art-terapiya hamda ro‘lli o‘yinlar kabi samarali metodlardan foydalanildi. Amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarga kasbiy faoliyat, ta’lim jarayoni va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar-trening talabalar uchun psixologik barqarorlikni mustahkamlash, o‘zini anglash va hayotiy vaziyatlarga ongli yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1
17-dekabr kuni 283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagi doirasida navbatdagi qiziqarli va mazmunli mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot kafedra o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova tomonidan olib borildi.

Mazkur dars “Music and Emotions” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarning musiqa orqali his-tuyg‘ularni anglash, ingliz tilida tinglab tushunish, to‘g‘ri talaffuz va erkin fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar musiqa va his-tuyg‘ularga oid yangi inglizcha so‘z va iboralarni o‘rgandilar, turli musiqa ohanglari orqali hissiy holatlarni aniqlashga harakat qildilar hamda qisqa gaplar va oddiy dialoglar tuzdilar.

Dars jarayonida interaktiv o‘yinlar, guruhli ishlanmalar va musiqiy topshiriqlardan keng foydalanildi. Mashg‘ulot ijodiy, jonli va samarali muhitda o‘tib, o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Roman-german filologiyasi fakulteti talabalariga xalqaro dasturlar yuzasidan ma’lumot berildi

17-dekabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari hamda EUROGATE LLC kompaniyasi vakillari — Sanjar Mustafakulov va Furqat G‘afurov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet Xalqaro bo‘limi xodimi V. Amanov, Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili nazariy va amaliy fanlar kafedralari mudirlari Yu. Ismailov va I. Ziyadullayev, shuningdek, kafedraning professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida kompaniya vakillari tomonidan talabalarga Work & Travel dasturi doirasida Germaniyada yozgi va qishki ta’til davrida rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Ferienjob dasturi, Niderlandiya, Bolgariya, Finlyandiya, Daniya, Fransiya hamda Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalarida grant va stipendiyalar asosida ta’lim olish imkoniyatlari yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
0️⃣0️⃣0️⃣

Joriy yilning 17-dekabr kuni OʻzDJTU Angren xorijiy tillar fakultetida dekan I. Bazarov tomonidan talabalar ishtirokida “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi” mavzusida “Kelajak soati” darsi tashkil etildi.


Mazkur dars jarayonida talabalar bilan shaxsiy va kasbiy rivojlanish, iroda, mardlik va gʻalabaga intilish kabi muhim tushunchalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarni faol hayotiy pozitsiyaga ega boʻlishga, oʻz ustida tinimsiz ishlashga hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga undovchi hayotiy misollar va motivatsion tavsiyalar berildi.

Dars jarayoni interaktiv muloqot, savol-javoblar hamda ochiq munozaralar asosida olib borilib, talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Tadbir yoshlarning kelajakka ishonchi, maqsad sari intilishi va yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Talabalarimiz yutuqlari — faxrimiz!


Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti OʻzDJTU Angren xorijiy tillar fakulteti AnFING–2506 guruhi talabasi Saidzaynuraposhsha Eshonova universitet miqyosida tashkil etilgan “Aleksandr Faynberg hayoti va ijodi” nomli videorolik tanlovida faol ishtirok etib, munosib qatnashgani uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlov talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, adabiyotga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda mashhur adib va ijodkorlar hayotini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan boʻlib, talabamizning ishtiroki uning bilimga chanqoqligi va ijodiy salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Bunday yutuqlar talaba yoshlarimizning ilm-fan va ijod yoʻlidagi izlanishlariga kuch bagʻishlab, kelgusidagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam zamin yaratadi.

Talabamizni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi oʻqish hamda ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
0️⃣0️⃣0️⃣

Ijarada yashovchi talabalarning qish mavsumiga tayyorgarligini tekshirish va texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish maqsadida O’zDJTU da qator ishlar faol olib borilmoqda.

Xususan, OʻzDJTU Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti tyutori Nilufar Mannonova ijarada yashovchi 2-bosqich talabalari xonadonlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalarga texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari va is gazidan ehtiyot bo‘lish zarurligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3