O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
42.6K photos
2.66K videos
319 files
8.7K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Dekan kubogi — natijalari e’lon qilindi

🇺🇿 16-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Sharqona zakovat maktabi hamkorligida tashkil etilgan “Zakovat: Dekan kubogi” intellektual bellashuvi oʻz yakuniga yetdi.

Mazkur bellashuv fakultet dekani Dilshod Djurayev hamda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Nazarov tomonidan rasman ochib berildi. Tadbir davomida talabalar bilim va mantiqiy tafakkurlarini sinovdan oʻtkazish imkoniga ega boʻlishdi.

Bellashuv jarayonida ishtirokchilar turli jamoalarga boʻlingan holda savollarga birgalikda javob berib, oʻzaro raqobat va jamoaviylik muhitini namoyon etishdi. Bu esa talabalarning intellektual salohiyatini oshirish bilan birga, bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.

Bellashuv yakunida gʻolib va faol ishtirok etgan jamoalar hamda talabalar fakultet dekani tomonidan taqdirlandi.

🏆 Bellashuv natijalariga koʻra:

🥇 “Oʻzbekiya” jamoasi
🥈 “Zahniyat” jamoasi
🥉 “Oxygen” jamoasi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU Angren xorijiy tillar fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren xorijiy tillar fakultetida talabalar ota-onalari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir fakultet dekani Ixtiyor Rahmatullayevich Bazarov, dekan o‘rinbosari Baxromjon Baxriddinovich Razzoqov hamda kafedra mudiri Shakir Mamataliyevich Urishov tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Uchrashuv ota-onalar uchun online va offline shakllarda tashkil etilib, unda talabalarning o‘quv jarayonidagi yutuqlari, akademik faolligi va erishayotgan natijalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ota-onalar farzandlarining ta’lim jarayoni bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida ota-onalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, o‘quv jarayoniga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, darslarda faol ishtirok etib, namunali xulqi va o‘qishdagi yutuqlari bilan ajralib turgan bir guruh talabalar alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv davomida ota-onalar tomonidan berilgan savollarga fakultet rahbariyati va mas’ul xodimlar tomonidan batafsil hamda asosli javoblar berildi. Tadbir yakunida ota-onalar tashkil etilgan uchrashuvdan mamnun ekanliklarini bildirib, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va ta’lim sifati uchun universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🟦🟦🟦

17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar uchun seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur seminar “Dissertatsiya tayyorlashda tadqiqotchi e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasi dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa fanlari doktori Nuriddin Tashpulatovich Qolqanov ma’ruza qildi.

Tadbir davomida dissertatsiya yozish jarayonida ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirishda foydalaniladigan nufuzli ma’lumotlar bazalari, avtoreferat tayyorlash talablari, ilmiy maqola yozish hamda ularni OAKga taqdim etish tartibi yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, konferensiyalar uchun tezis tayyorlash, ilmiy ishda plagiatdan qochish yo‘llari va akademik halollik masalalariga alohida urg‘u qaratildi.

Seminar yakunida doktorantlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥3😢2
Forwarded from Edu.uz
Hurmatli fuqarolar!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor shaxslar uchun imkoniyatlar va mavjud to‘siqlar” mavzusida jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi.

Mazkur jamoatchilik eshituvidan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi mavjud holatni tahlil qilish, nogironligi bor shaxslar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan jamoatchilik fikrini tinglash, shuningdek, soha mutaxassislari, manfaatdor tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillarining taklif va tavsiyalarini inobatga olishdan iborat.

Eshituv yakunlari bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar inklyuziv ta’lim siyosatini takomillashtirish hamda amaliy chora-tadbirlarni belgilashda foydalaniladi.

📌 Sana: 22.12.2025
Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Universitet ko‘chasi 7-uy

☎️ Qo‘shimcha maʼlumot uchun: (55) 520-08-08 (110)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍1🔥1
#Hamkorlik
#Tadbir
#Masterklas

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi N1 kafedrasi o'qituvchisi f.f.d (PhD) Kuldasheva Sh, kafedra o'qituvchilari Juraboyeva G, Mardonova M tashabbusi bilan chet etillik o'qituvchilar bilan birga Sergeli tumani 104-umumta'lim maktabiga tashrif buyirishdi.

Ozabayjonlik o'qituvchilar Filologiya fanlari doktori Shafiga Tahirova hamdaTürkan Ömərova bilan birgalikda joriy yilning 16-dekabr kuni masterklas tashkil etildi.

Tadbir davomida Shafiga Tahirova Ozarbayjon davlati ta'lim dasturi, baholash tizimi, o'quv jarayonlari haqida o'qituvchi va o'quvchilarga ko'plab ma'lumotlar ulashdi.

Tadbir ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Eng muhimi bu tadbir barcha uchun birdek manfaatli bo'ldi.

Tadbir so'ngida maktab direktori bilan hamkorlik doirasida kelgusi uchrashuv tadbirlari haqida suhbat qilishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2