Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Али🪐)
📌 Talabalar holidan xabar olindi
💠 Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Azzamov Yusuf Radjaboyevich, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Bannopova hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Sh. Zokirovlar tomonidan ijara xonadonlarda yashayotgan talabalar holidan xabar olindi.
🏠 Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi, ularning muammolari va ehtiyojlari tinglandi hamda tegishli tavsiyalar berildi. Bunday uchrashuvlar talabalar bilan doimiy aloqani mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
✨ Talabalar o‘z navbatida e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdilar.
✅ Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 YouTube | 📱 Facebook

👍3❤2
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Фариноз)
Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Y.Azzamov bilan 1- va 3-kurs sardorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida o‘quv jarayoniga oid masalalar, talabalarning faolligi, intizom hamda tashkiliy ishlar muhokama qilindi. Sardorlarning taklif va mulohazalari tinglanib, kelgusidagi rejalar yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar bilan samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
✅ Rasmiy sahifalarimiz:
✈️ Telegram | 📷 Instagram
🖤 YouTube | 📒 Facebook
Uchrashuv davomida o‘quv jarayoniga oid masalalar, talabalarning faolligi, intizom hamda tashkiliy ishlar muhokama qilindi. Sardorlarning taklif va mulohazalari tinglanib, kelgusidagi rejalar yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar bilan samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4
Ozarbayjon davlat chet tillar universiteti vakillari bilan hamkorlik
2025-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ozarbayjon davlat chet tillar universiteti professor-o‘qituvchisi va talabalari bilan seminar tashkil etildi.
Dasturda Ozarbayjon davlat chet tillar universitetidan Jahon tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Laura Zarbalieva hamda OʻzDJTU Ikkinchi chet tili kafedra mudiri E. Moydinova, indonez tili katta o‘qituvchisi F. Avazova, kafedra o‘qituvchilari va indonez tili fanini o‘rganayotgan universitet talabalari ishtirok etishdi.
Seminar davomida indonez tili fanini o‘rganayotgan talabalar o‘rtasida savol-javob, viktorinalar va qiziqarli “Indomino” o‘yinlari o‘ynaldi va gʻolib talabalar taqdirlandi. Seminar juda qiziqarli bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida Laura Zarbalieva xonimga esdalik sovgʻalari topshirildi va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi o’qituvchilari hamda "Zulfiyaxonim izdoshiman" to‘garagi a'zolari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurishdi.
Ekskursiya davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyida dastlab, ijodkorlar hayoti va ijodi bilan tanishuv, keyin she'rxonlik kechasi tashkil etildi.
To‘garak a'zolari "Yoshlik", "Sharq yulduzi" hamda "Jahon adabiyoti" adabiy jurnallari bilan tanishitirib, kelajakda ijodiy hamkorlik olib borish rejalashtirildi.
Umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchilari F. Yuldasheva, M. Nosirova, S. Saloxiddinova, D. Xoliqova, I. Yo‘ldosheva va R. G‘o‘chchiyeva hamda barcha talabalarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida nashr qilingan kitoblar sovg‘a qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1