O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.2K photos
2.51K videos
317 files
8.2K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ozarbayjon davlat chet tillar universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ozarbayjon davlat chet tillar universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Ozarbayjon davlat chet tillar universitetidan professor Malaxat Maxarramova, sifatni ta’minlash va monitoring qilish bo‘limi xodimi Gunel Imanova, Konfutsiy instituti xodimi Nargiz Axundova, Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Xadije Eyubova, Xalqaro munosabatlar va mintaqashunoslik fakulteti katta o‘qituvchisi Gulnora Afandiyeva, Falsafa va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Gunel Garayeva, Jahon tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Laura Zarbalieva, Tarjima fakulteti Zamonaviy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Nargiz Madatova, shuningdek, xalqaro munosabatlar yo‘nalishi o‘qituvchisi Harun Sadiqli hamda universitet talabalari ishtirok etdi.


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidan esa rektor Ilxomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha проректор A. Nosirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri D. Djuraev, Ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri E. Muydinova hamda Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri D. Baxronova qatnashdi.

Tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, qardosh O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari ta’lim sohasida ham izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. U ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumi asosida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik, xususan, 2025-yildan boshlab amalga oshirilayotgan akademik almashinuv dasturlarining ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tashriflari, sayyor ma’ruzalar, xalqaro konferensiyalardagi ishtirok tajribasi muhokama qilindi. Shuningdek, almashinuv dasturlarini rivojlantirish, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ozarbayjon tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, xalqaro ilmiy anjumanlarda maqolalar bilan ishtirok etish, zamonaviy o‘qitish metodlari hamda ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur muloqot oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi ilmiy hamda akademik imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishini alohida qayd etdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Eng yaxshi video rolik” tanlovi natijalari e’lon qilindi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan 2024–2025 o‘quv yilida erishilgan yutuqlar, xalqaro loyihalar hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi faoliyatni keng yoritish maqsadida Eng yaxshi video rolik” tanlovi o‘tkazilgan edi.

Mazkur tanlov doirasida talabalar tomonidan taqdim etilgan video roliklar mazmun, g‘oya, kreativ yondashuv va texnik sifat mezonlari asosida baholanishi ko’zda tutilgan. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:

🥇 1-o‘rinJo‘lliyev Mirjalol,
Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi, Siyosatshunoslik ta’lim yo‘nalishi, 22-01-guruh talabasi

🥈 2-o‘rinIngliz tili 2-fakulteti 2310-guruh talabalari,
guruh sardori — Sevinchoy Mamatsolieva

🥉 3-o‘rinAbdukarimova Shohsanam,
Sharq filologiyasi fakulteti, FTURK-2423-guruh talabasi

Tanlov g‘oliblari o‘quv stipendiyasining belgilangan miqdordagi pul mukofotlari, shuningdek sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi belgilangan.

Mazkur tanlov talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, kreativ fikrlashini rivojlantirish hamda O‘zDJTU faoliyatini zamonaviy media vositalari orqali keng targ‘ib etishga qaratilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍6🔥2👏2
Shahar boʻylab sayohat

🇺🇿 16-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti tyutori S. Boboqulova tashabbusi bilan FXIT-2503 guruh talabalari ishtirokida shahar boʻylab sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida talabalar Adiblar xiyobonida joylashgan “Toshkent muzeyi”ga tashrif buyurib, u yerda oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi”ga bagʻishlangan arxiv hujjatlar koʻrgazmasi bilan yaqindan tanishdilar. Koʻrgazma jarayonida Konstitutsiyaning yaratilish bosqichlari, uning tarixiy ahamiyati hamda huquqiy davlat barpo etishdagi oʻrni haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, talabalar Konstitutsiyaning yaratilish tarixiga oid turli fotolavhalar, arxiv hujjatlari, maqolalar hamda videolavhalarni tomosha qilib, oʻz bilimlarini yanada boyitish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Mazkur shahar boʻylab sayohat talabalar uchun mazmunli va foydali boʻlib, ularning vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish hamda huquqiy bilimlarini oshirishga yordam beradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Profilaktik uchrashuv

🇺🇿 16-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetiga Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tashrif buyurdi. Shuningdek, uchrashuvni fakultet dekani Dilshod Djurayev ochib berdi.

Mazkur tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad talabalar oʻrtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirishdan iborat.
Tashrif davomida mutaxassislar tomonidan talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ayniqsa qish mavsumida elektr energiyasi resurslaridan toʻgʻri, tejamkor va oqilona foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Uchrashuv jarayonida elektr jihozlaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar, yongʻin kelib chiqish sabablari hamda ularning oldini olish boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mutaxassislar favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda toʻgʻri harakat qilish, vahimaga berilmasdan tezkor choralar koʻrish, xavfsiz hududlarga chiqish tartibi hamda tegishli xizmatlarga murojaat qilish bo‘yicha muhim maʼlumotlar bilan boʻlishdilar. Amaliy mashgʻulotlar orqali talabalar favqulodda holatlarda qanday harakat qilish lozimligi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻldilar.

Uchrashuv yakunida esa talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3