O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.3K photos
2.51K videos
317 files
8.22K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Abdulla Qodiriy romanlarining ko‘p tilli nashrlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

16-dekabr kuni “Turon” axborot-kutubxona markazi majlislar zalida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan o‘zbek tarixiy romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarining o‘zbek, rus hamda ingliz tillaridagi nashrlari taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va tarjimonlar, nashriyot vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

Taqdimot marosimini “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyining Bosh muharriri Azimboy Babaniyazov ochib berib, nashriyotning 101 yillik faoliyati, bugungi taraqqiyot bosqichi hamda Abdulla Qodiriy romanlarining ko‘p tillarda nashr etilishi milliy adabiyotimizni jahon miqyosida targ‘ib etishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov nutq so‘zlab, mamlakatimizda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini xorijiy tillarga tarjima qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtaldi. U Prezident va Hukumat qarorlari asosida milliy adabiy merosni xalqaro maydonga olib chiqish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Shuningdek, nashriyot direktori Xushnudjon Maxmudov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, adib avlodlari Xondamir va Sherkon Qodiriy, taniqli adabiyotshunos olimlar va ijodkorlar mazkur nashrlarning adabiy, tarixiy va ma’naviy ahamiyati xususida fikr bildirdilar.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligida, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarining ingliz tiliga tarjimalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda universitetning tajribali tarjimonlari tomonidan amalga oshirildi. Tarjimalarni tayyorlash va tahrir qilish jarayonida Omon Muminov, Nosir Qambarov, Elmira Muratova, Adhambek Alimbekov, Muhammadavaz Irisqulov hamda xorijiy mutaxassislar Elis Brittan va Barsum Peter faol ishtirok etdi. Tarjimalar bir necha bosqichda mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan tahrirdan o‘tkazilib, asarlarning badiiy ruhi va milliy koloritini saqlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida Bosh muharrir Azimboy Babaniyazov kelgusida Oybekning “Navoiy”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” hamda Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlarini ingliz tilida nashr etish rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Taqdimot ishtirokchilariga “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2
#Hamkorlik
#Tadbir
#Masterklas

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi N1 kafedrasi o'qituvchisi f.f.d (PhD) Kuldasheva Sh, kafedra o'qituvchilari Juraboyeva G, Mardonova M tashabbusi bilan chet etillik o'qituvchilar bilan birga Sergeli tumani 104-umumta'lim maktabiga tashrif buyirishdi.

Ozabayjonlik o'qituvchilar Filologiya fanlari doktori Shafiga Tahirova hamdaTürkan Ömərova bilan birgalikda joriy yilning 16-dekabr kuni masterklas tashkil etildi.

Tadbir davomida Shafiga Tahirova Ozarbayjon davlati ta'lim dasturi, baholash tizimi, o'quv jarayonlari haqida o'qituvchi va o'quvchilarga ko'plab ma'lumotlar ulashdi.

Tadbir ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Eng muhimi bu tadbir barcha uchun birdek manfaatli bo'ldi.

Tadbir so'ngida maktab direktori bilan hamkorlik doirasida kelgusi uchrashuv tadbirlari haqida suhbat qilishdi.

https://t.me/first_faculty_official
7👍3
#Yoshlar_akademiyasi_forumi

🗓Joriy yilning 16- dekabr sanasida Renessans ta’lim universitetida Yoshlar akademiyasi forumi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Forum yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy ilm-fan va innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan.

Tadbir Renessans ta’lim universiteti Yoshlar akademiyasi liderlari hamda Yoshlar akademiyasi hamkorligida o‘tkazildi. Ushbu forum doirasi universitetimiz liderlari ham faol ishtirok etishdi.


📌Ishtirokchilar forum doirasidagi muhokamalar, taqdimotlar va amaliy takliflarni yuqori baholab, tadbirning dolzarbligi va samaradorligini alohida e’tirof etishdi.
9👍1🎉1
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi o’qituvchilari hamda "Zulfiyaxonim izdoshiman" to‘garagi a'zolari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyida dastlab, ijodkorlar hayoti va ijodi bilan tanishuv, keyin she'rxonlik kechasi tashkil etildi.

To‘garak a'zolarini "Yoshlik", "Sharq yulduzi" hamda "Jahon adabiyoti" adabiy jurnallari bilan tanishitirib, kelajakda ijodiy hamkorlik olib borish rejalashtirildi.

Umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchilari F.Yuldasheva, M.Nosirova, S.Saloxiddinova, D.Xoliqova, I.Yo‘ldosheva va R.G‘o‘chchiyevalar hamda barcha talabalarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida nashr qilingan kitoblar sovg‘a qilindi.
8👍2