O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48.3K photos
2.99K videos
323 files
9.72K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from UzSWLU sports club
🇺🇿 💼 🥋 Joriy yilning 9-10-dekabr kunlari Toshkent shahar Olimpiya shaharchasida joylashgan yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport majmuasida bo'lib o'tgan Kurash bo‘yicha Davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o’rtasida “O‘zbek polvoni” Respublika birinchiligining g'olib va sovrindorlari aniqlandi.

🏆 Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada ayollar oʻrtasida -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan OʻzDJTU magistratura boʻlimi 1-bosqich talabasi MIRZAJONOVA SADOQATXON bronza medalini qoʻlga kiritdi.
3👍2
Forwarded from UzSWLU sports club
1️⃣1️⃣1️⃣ 🏆🏆🏆

Joriy yilning 12-14-dekabr kunlari poytaxtimiz mezbonligida KARATE WKF boʻyicha kattalar oʻrtasida "OʻZBEKISTON CHEMPIONATI" boʻlib oʻtdi.

💪 Olimpiya sport turlari turkumiga kiruvchi mazkur nufuzli musobaqada respublikamizning eng sara sportchilari gʻoliblik uchun kurashishdi.

🏆 Quvonarlisi, ushbu chempionatda universitetimizning Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Jandullaeva Gùljamal Qonisbay qizi bronza medaliga sazovor boʻldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2
Create With Music & Sound” — 283-maktabda ingliz tili va musiqani uyg‘unlashtirgan ijodiy mashg‘ulot

2025-yil 15-dekabr kuni Toshkent shahridagi 283-sonli umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagi doirasida navbatdagi mazmunli va ijodiy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot kafedra o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova tomonidan olib borildi.

“Create With Music & Sound” mavzusiga bag‘ishlangan dars o‘quvchilarning ingliz tilida eshitish, talaffuz va erkin fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularning ijodiy salohiyatini ochishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar musiqa va tovushlarga oid yangi so‘z va iboralarni o‘rgandilar, turli tovushlar asosida qisqa matnlar va dialoglar tuzdilar.

Dars jarayonida interaktiv o‘yinlar, guruhli ishlanmalar hamda musiqiy topshiriqlardan samarali foydalanildi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning mavzuga qiziqishini oshirib, ingliz tilida fikr yuritish jarayonini yanada jonlantirdi.

Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar musiqa va til uyg‘unligi orqali o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, ijodiy yondashuv asosida muloqot qilish bo‘yicha amaliy tajriba orttirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
Hamkorlik davom etmoqda!

195-sonli umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulotlar muntazam ravishda o‘tkazilib, har gal o‘quvchilar uchun qiziqarli va samarali tarzda tashkil etilmoqda.

Dars jarayonida o‘quvchilar ingliz tili alifbosini mustahkamlab, turli mavzular doirasida yangi so‘z va iboralarni o‘rgandilar. Interaktiv o‘yinlar, rangli topshiriqlar hamda amaliy mashqlar orqali ularning tilga bo‘lgan qiziqishi va faolligi sezilarli darajada oshdi.

To‘garak mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan o‘quvchilar sonining ortib borayotgani mazkur faoliyatga bo‘lgan yuqori qiziqishni yaqqol namoyon etmoqda. Mashg‘ulotlarni sifatli va samarali tashkil etishda Baxtiyorova M., Raxmatullayeva G., Yangiboyeva R. va Mirzakarimova M. faol ishtirok etib kelmoqda.

To‘garak mashg‘ulotlari yosh o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlash va dastlabki til ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1👏1
“Qomusimiz – baxtimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

2025-yil 11-dekabr kuni Toshkent shahridagi 168-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili №3 fakulteti hamda Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi ustozlari D. Radjabova va A. Talibjanova tashabbusi bilan “Qomusimiz – baxtimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda maktab o‘quvchilari, pedagoglar, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari hamda 2524-guruh talabalari ishtirok etdi. Tadbir universitet ustozlarining kirish so‘zi bilan ochilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyat hayotidagi o‘rni, huquqiy davlat qurilishidagi ahamiyati hamda yoshlarning huquq va majburiyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng talabalar tomonidan Konstitutsiyaga bag‘ishlangan badiiy sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Unda huquqiy ong, erkinlik va mas’uliyat kabi tushunchalar badiiy ifoda orqali yoritilib, o‘quvchilarda katta qiziqish va ijobiy taassurot uyg‘otdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar bilan savol-javoblar tashkil etilib, ularning Konstitutsiya bo‘yicha bilimlari mustahkamlandi. Faol qatnashgan o‘quvchilarga O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir yakunida maktab ma’muriyati O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ustozlari va talabalari tomonidan tashkil etilgan mazmunli tadbir uchun minnatdorchilik bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1🔥1👏1
10-dekabr kuni 168-son maktabining ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun “E-mail writing” va “AI in teaching languages” mavzularida master-klass o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o‘qituvchilari L. Ibroximova va D. Radjabova olib bordilar.

Master-klass davomida zamonaviy ta’lim texnologiyalari, elektron xat yozish bo‘yicha amaliy topshiriqlar hamda sun’iy intellektdan samarali foydalanish usullari namoyish etildi.

Maktab ingliz tili o‘qituvchilari mashg‘ulotlardan mamnun bo‘lishdi va mavzularning dolzarbligi hamda amaliy ahamiyatini yuqori baholadilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6