2025-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar: Rektor kubogi” ko‘rik-tanlovining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi, ishtirokchilarni ijodiy faoliyatga ilhomlantirdi va tanlovning qoidalari bilan tanishtirdi.
Mazkur bosqichda quyidagi jamoalar ishtirok etdi:
1. Sharq filologiyasi fakulteti – “Kosmonavtlar”
2. Roman-german fakulteti – “TTQ”
3. Xalqaro jurnalistika fakulteti – “Aligarx”
4. Filologiya fakulteti – “Milliard”
5. Ingliz tili 2-fakulteti – “Jo‘ralar”
Jamoalar o‘z chiqishlarini uch asosiy shart bo‘yicha namoyish etdilar:
• Tanishtiruv: “Hammaning davri keladi, biznikichi”
• Biatlon
• Musiqiy chiqish: “Talabalarning bo‘sh vaqti, tyutorlarning ish vaqti”
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥3👍1
Faol ishtirok uchun taqdirlangan jamoalar:
• Filologiya fakulteti – “Milliard”
• Ingliz tili 2-fakulteti – “Jo‘ralar”
Tadbir talabalar ijodiy salohiyati, sahnadagi ishonchli chiqishlar va hazil bilan boyitilgan mazmunli ko‘rinishlar bilan o‘tkazildi.
Tadbir yakunida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan g‘olib jamoalarga Rektor kubogi va pul mukofotlari topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥4👍1🤩1
“Sun’iy intellekt davrida til ta’limini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan “Sun’iy intellekt davrida til ta’limini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Mazkur nufuzli anjuman til ta’limi sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, innovatsion yondashuvlarni ommalashtirish hamda xalqaro tajriba almashish masalalariga bag‘ishlandi.
Konferensiyada mahalliy va xalqaro muassasalar vakillari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, soha ekspertlari va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbir doirasida quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:
• Sun’iy intellekt asosida til o‘rgatish modellari
• Raqamli ta’lim platformalari, baholash va fidbek mexanizmlari
• Inklyuziv va gibrid ta’lim formatlarini rivojlantirish
• Til kompetensiyalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni
Ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan tavsiyalar va takliflar til ta’limi tizimini raqamlashtirish va xalqaro standartlar asosida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Konferensiya yakunida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman til ta’limining istiqboldagi rivojiga xizmat qiluvchi muhim ilmiy platforma sifatida e’tirof etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥7👍3