O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48.3K photos
2.99K videos
323 files
9.71K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
#konstitutsiyam_faxrim

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Angren fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda fakultet rahbariyati hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir jarayonida talaba-yoshlar tomonidan Konstitutsiyaga bagʻishlangan she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari va raqs chiqishlari namoyish etildi, mamlakatimiz Konstitutsiyasiga oid muhim va qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

Ushbu tadbir talabalarning huquqiy ongini yuksaltirish, Konstitutsiyaga bo‘lgan hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora)
❗️❗️❗️

🎉 Rektor stipendiyasiga erishmoqchimisiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Unda bu webinar aynan siz uchun!

🗓 10-dekabr kuni, 2-Ingliz fakultetida Rektor stipendiyasiga tayyorlanish va muvaffaqiyatli nomzod bo‘lish yo‘llari haqida maxsus tadbir o‘tkaziladi.

📚 Seminar davomida siz:
• Rektor stipendiyasi nima, uning talablari va tanlov jarayoni haqida aniq, tushunarli ma’lumot olasiz.
• Kuchli portfolioni qanday yaratish, arizani to‘g‘ri to‘ldirish va e’tibor tortadigan nomzod bo‘lish bo‘yicha amaliy strategiyalarni o‘rganasiz.

🎤 Tadbirni Rektor stipendiyasi sohibasi — Aziza Xujaqulova olib boradi. U o‘z tajribasi, qilgan xatolari, foydali usullari va muvaffaqiyatgacha bo‘lgan aniq bosqichlari bilan o‘rtoqlashadi. Barcha savollaringizga batafsil javob beriladi.

🏅 Faol ishtirokchilar uchun maxsus sertifikatlar taqdim etiladi!

📆Sana:2025 yil. 10 dekabr.

📍 Manzil: O'zDJTU, xorijiy til va adabiyoti 2-fakulteti, 201-xona

Soat: 13:00

📩 Ro'yxatdan o'tish uchun: @Erudite_0708
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍4
4️⃣4️⃣4️⃣

OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI – INGLIZ TILI IKINCHI FAKULTETIDA ALEKSANDR FAYNBERG IJODIGA BAG‘ISHLANGAN VIDEO TANLOVI

Ingliz tili ikkinchi fakulteti tomonidan shoir Aleksandr Faynbergning boy adabiy merosini keng ommaga yetkazish maqsadida videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi!

📌 Tanlov sharti:
Ishtirokchi tayyorlagan videorolikda:
— Aleksandr Faynberg hayoti yoki ijodi haqida qisqa ma’lumot beradi;
— Videoning ovozli qismida Faynbergning bir she’rini ifodali tarzda o‘qib eshittiradi.

G‘olib qanday aniqlanadi?
Baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
• She’rning ifodaliligi — ohang, urg‘u va his-tuyg‘ularni yetkazish mahorati;
• Ma’lumotlarning to‘g‘riligi — Faynberg haqida berilgan faktlarning aniq va asosli bo‘lishi;
• Videorolik sifati — tasvir tozaligi, montaj va umumiy vizual ko‘rinish.
🔼Qo‘shimcha imkoniyat:
Ishingizda o‘ziga xoslik, kreativ g‘oya yoki noodatiy yondashuv bo‘lsa — g‘oliblik ehtimoli yanada yuqori bo‘ladi.

G‘oliblar:
1-, 2- va 3-o‘rin egalari sertifikat bilan taqdirlanadi.

📅 Topshirish muddati: 14-dekabr
🏆Taqdirlash sanasi: 15-dekabr

📨 Murojaat uchun:
Telegram: @Charos1401

➡️Barcha videoroliklar ushbu kanalda joylab boriladi: https://t.me/a_faynberg_ijodi

👥 Tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
🟥🟥🟥 E’LON! IJOD SEVAR TALABALAR UCHUN AJOYIB IMKON! 🟥🟥🟥

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti yoshlar yetakchisi Sh.Matlabxonova
sizni mashhur o‘zbek shoirlaridan biri — ALEKSANDR FAYNBERGning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus davra suhbatiga
taklif qiladi!

📚 11-dekabr, payshanba kuni soat 14:00 da
📍 6-bino, 209-xonada
O‘zbek adabiyotining yorqin vakili A. Faynbergning she’rlari, ijodiy yo‘li, adabiyotimizdagi o‘rni va o‘ziga xos badiiy uslubi keng yoritiladi.

Davra suhbati davomida:
— Faynbergning hayotiy yo‘li, ijodiy izlanishlari va poetik dunyosi haqida fikrlar almashiladi;
— Uning she’rlaridagi ruhiyat, falsafa va sevgi ohanglari tahlil qilinadi;
— Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar namoyish etiladi.

🏆 Eng hayajonli qism:
Ushbu munozarada o‘tkazilgan Ijodiy tanlov g‘oliblari munosib taqdirlanadi!


🔗 Murojaat uchun: @matlabxonovaa

📣 Barchangizni taklif qilamiz!
Faynberg ijodi bilan qiziqasizmi? Unda bu davra suhbati aynan siz uchun!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥1👏1
18👍6🎉3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📣 Faynberg ijodi muxlislari hamda qadrli talabalar diqqatiga!

Aleksandr Faynberg hayoti va ijodini yangi talqinda ko‘rsatish tashabbusi bilan Ingliz tili 1- fakulteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi N1 kafedrasi oʻqituvchisi Mohinbonu Mardonova va 2418-guruh iqtidorli talabasi Arofatxon Turgʻunboyeva tomonidan “Faynberg quiz” nomli ko'rik tanlovga start beradi.

Tanlov 3 ta shartdan iborat:
1️⃣Aleksandr Faynberg haqida informatsion videorolik (oldindan tayyorlab kelish kerak);
2️⃣Adib hayoti va ijodiga oid savol-javob sharti;
3️⃣Aleksanr Faynberg ijodiga oid she'rni ifodali tarzda yoddan aytib berish.

🖥 Ishtirok etish shartlari:
Tanlovda O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining har bir fakultetidan 2 nafardan ishtirokchi qatnashishi mumkin.

❗️Ishtirokchilarni ro'yhatga olish 10-dekabrga qadar davom etadi.

🔜 O'tkazilish sanasi: 11-dekabr, soat 12:00

📍 O'tkazilish joyi: Ingliz tili 1-fakultet 1-ma'ruzalar zali

✈️ Murojaat uchun: @Arofatxon12_28

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦 #ilm_trendda #yoshlar_bilimni_tanlaydi

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Universitet mediastudiyalari a’zolari o‘rtasida videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mediastudiyalari a’zolari o‘rtasida 2025-yil davomida milliy qadriyatlar va ma’naviyat, kitobxonlik va ma’rifat, tarixiy merosni anglash, vatanparvarlik va milliy g‘urur, ilm-fan va innovatsiya, sog‘lom turmush tarzi, zararli odatlarga qarshi kurash, universitet hayoti va talaba muvaffaqiyatlari kabi mavzularda tayyorlangan videoroliklar tanlovi o‘tkazildi.

Barcha ishlar quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha baholandi:
• Mavzuni chuqur ochib berish va dolzarbligi
• Ijodiy yondashuv va original g‘oya
• Tasvir va ovoz sifati, professional montaj
• O‘zbek va xorijiy tillarning ravon va ta’sirchan ishlatilishi
• Ma’naviy-axloqiy jihatdan to‘g‘ri yo‘nalish
• Tomoshabinlar faolligi (ko‘rishlar soni, ijobiy izohlar)

Mezonlar asosida yuqori natija qayd etgan quyidagi videomateriallar 1-, 2- va 3-o‘rinlarga munosib deb topildi:

1-o‘rin — Ashurov Javohir Ilhombek o‘g‘li tomonidan tayyorlangan video
Milliy qadriyatlar, ma’naviyat va madaniyat targ‘ibotiga bag‘ishlangan.
Havola: https://youtu.be/mib0Bsnmp1U?si=8aFFAamnhgj0e-fO

2-o‘rin — Azimjonov Azizbek Alisher o‘g‘li tomonidan tayyorlangan video
Kitobxonlik va ma’rifat targ‘ibotiga qaratilgan.
Havola: https://youtu.be/ZLwisXysX2Q?si=qW1sAI01oe6o6Hwk

3-o‘rin — Ochilov Suxrob Narzullo o‘g‘li tomonidan tayyorlangan video
Fakt cheking targ‘ibotiga bag‘ishlangan.
Havola: https://youtu.be/GG8AD6394-A?si=ujn2g9ebNe4zJYOx


Videomateriallarni tayyorlash jarayonida talabalarga universitet Axborot xizmati rahbari tomonidan muntazam ravishda metodik ko‘rsatmalar berib borildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Yangi O‘zbekiston – korrupsiyasiz kelajak!” videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida halollik, adolat va qonun ustuvorligini targ‘ib etishga qaratilgan “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi o‘z yakuniga yetdi. Tanlov doirasida talabalar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlarga korrupsiyaga qarshi kurash mavzusining yoritilishi, mazmuniy aniqlik, badiiy ifoda, texnik sifat hamda g‘oya izchilligi kabi mezonlar asosida baho berildi.

🥇 1-o‘rin
Rus filologiyasi fakulteti, FRUS 24-01 guruhi talabasi Maxmudova Marjona

🥈 2-o‘rin Ingliz tili 1-fakulteti 2426-guruh talabasi Bahodirova Muxlisa Eshmirza qizi va uning media jamoasi

🥉 3-o‘rin
Ingliz tili 3-fakulteti XT3-2517 guruh talabalari:
• Shuhratova Mohigul Farid qizi
• Xalilova Shaxrizoda Baxtiyorovna


Taqdim etilgan videorolikning mazmuniy aniqligi, kreativ yondashuvi va ijtimoiy yo‘nalganligi ushbu ijodni uchinchi o‘ringa munosib deb topdi.

G‘oliblar tanlov nizomiga muvofiq taqdirlanib, ular uchun belgilangan bazaviy stipendiya miqdoridagi pul mukofotlari topshiriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥4🎉4😢3👍2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥 Haftalik dayjest


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
10🔥2👏2🎉2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📸👩‍🏫👨‍🏫

🟥Еженедельный дайджест


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📸👩‍🏫👨‍🏫

🟥 Weekly digest


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3👏2
👨‍🏫👩‍🏫

9-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo’lib o’tdi.

Ilmiy seminar yig’ilishida tadqiqotchi Turakulova Dilafruz Mamatsoli qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan “Ingliz va o’zbek tillarida epistemik modallikning lingvokulturologik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.


Seminar davomida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍4👏2