O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14.1K subscribers
40K photos
2.5K videos
317 files
8.16K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🏆🏆🏆

“Ilm yulduzlari” tanlovida O‘zDJTU tayanch doktoranti muvaffaqiyat qozondi


OʻzDJTU 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich tayanch doktoranti, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sotvoldiyeva Mohinur Xazratullo qizi (ilmiy rahbar – filologiya fanlari doktori, professor G.I. Xalliyeva) “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida "Eng innovatsion gʻoya sohibasi" nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston xotin-qizlar “Olimа” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, iqtidorli yosh olimalarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan.

🎉 Universitet jamoasi Mohinur Sotvoldiyevani ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi hamda unga yangi ilmiy izlanishlar, ijodiy g‘oyalar va yuksak muvaffaqiyatlar tilaydi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🎉2
2️⃣2️⃣2️⃣

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan O‘zDJTUda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan keng qamrovli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir mehmonlarni kutib olish va Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. Shundan so‘ng Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi.

Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ch.M. Chutpulatov ochib berib, Konstitutsiyaning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi ahamiyati hamda yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish zarurligini ta’kidladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i, polkovnik, yuridik fanlari doktori A.A. Maxmudov, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i, polkovnik R.T. Saidov hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti kafedra boshlig‘i, podpolkovnik, professor F.F. Xatamov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, Konstitutsiyaning demokratik tamoyillari, amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va jamiyatda adolat hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, O‘zDJTU professori N.Q. Jo‘rayev Konstitutsiyaning ilmiy-huquqiy asoslari, yangi tahrirdagi o‘zgarishlar va ularning amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berdi.

Tadbirning badiiy qismi doirasida milliy raqs ijro etildi, “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” nomli interaktiv dastur o‘tkazildi, sahna ko‘rinishlari hamda san’atkorlar chiqishlari bayramona kayfiyatni yanada oshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3👏1😢1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora)
Fakultetimiz iqtidorli talabasi Mushtariybegim Abdumalikova navbatdagi yutug‘i bilan barchani chin dildan tabriklaymiz! 🎉

🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili ikkinchi fakulteti 2503 guruh talabasi
Mushtariybegim Abdumalikova
maqolasi respublika nashrlardan biri — “Ezgulik” gazetasida chop etildi.

🇺🇿Maqola ,,Konustitutsiya erkin va farovon hayot garovi" nomida 8-dekabr ,,Konustitutsiya qabul qilingan kun'' 33 yilligiga bag'ishlab yozilgan.

🤔 Bu nafaqat talabamiz ijodiy mehnati, balki fakultetimiz uchun ham faxrli natijadir. Bunday muvaffaqiyatlar talabamizning izlanuvchanligi, mehnatsevarligi va ijodga bo‘lgan mehrining yorqin isbotidir.

🤔Ijodkorimizning ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!
Kelgusidagi ijodiy izlanishlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz. 📚

🎖Bizning ijtimoiy tarmoqlarga obuna bo'ling!

📝Telegram 💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥5👍3🤩2👏1
Hamkorlik davom etmoqda

6-dekabr kuni Sergeli tumani 104-umumta’lim maktabida ingliz tili bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Darsni Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tilini oʻqitish metodikasi №1 kafedrasi oʻqituvchisi Mardonova Mohinbonu hamda fakultetning iqtidorli talabasi Turg‘unboyeva Arofatxon mazmunli va samarali tarzda olib bordi. Ular o‘quvchilarga nafaqat yangi bilim, balki esda qoladigan amaliy tajribalarni ham taqdim etdilar.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar ingliz tilida yangi g‘oyalar bilan tanishib, mavjud bilimlarini mustahkamlashdi. Interaktiv o‘yinlar va jonli muloqotlar dars jarayonini yanada qiziqarli va samarali qildi.

Tashriflar davom etar ekan, o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Ishtirokchilar sonining ko‘payib borayotgani ota-onalar tomonidan ham iliq kutib olinmoqda, chunki ular bunday mazmunli mashg‘ulotlarning ahamiyatini qo‘llab-quvvatlaydilar.

O‘quvchilar dars davomida faol qatnashdi va mashg‘ulot yuqori samaradorlik bilan yakunlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4