Maktablar bilan hamkorlik davom etmoqda
OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti oʻqituvchilari Nafisa Muxammedova hamda Umida Maxsimova tomonidan Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 84-maktab oʻqivchilari ishtirokida “Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” ijodiy tanlovi oʻtkazildi.
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur koʻrgazmali dasturda oʻquvchilar o‘z qo‘llari bilan yasalgan ijodiy ishlar bilan ishtirok etishdi.
Dastur davomida ta’lim muassasasi bayroqlar, sharlar va ramzlar bilan bezatilib, bayramona kayfiyat yaratildi. Yakunda gʻolib va faol ishtirokchilar taqdirlanib, ularga sovg‘alar topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasi doirasida seminar oʻtkazildi
4-dekabr kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakultetining FING-2315, FING-2316-guruh talabalari uchun Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi Nazokat Sadullayeva tomonidan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" loyihasini amalga oshirish boʻyicha seminar tashkil etildi.
Talaba-yoshlarning ijodiy, intellektual fikrlashini qo'llab-quvvatlash maqsadida boʻlib oʻtgan mazkur dasturda quyidagi mavzularga alohida e’tibor berildi:
Bugun biz shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo oldida turibmiz. Raqamli innovatsiyalar, ilm-fanning yangi yutuqlari, zamonaviy kasblar — bularning barchasi yoshlardan yangicha fikrlashni, tez moslashishni va tashabbuskor bo‘lishni talab etadi. Shu bois “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasi bizni faollikka, ijodkorlikka, o‘z fikrini dadil ayta olishga undaydi. Chunki Vatanga hissa qo‘shish — bu faqat katta kashfiyotlar yoki ulkan loyihalar emas. Ba’zida kichik g‘oya, oddiy tashabbus, ammo chin dildan qilingan mehnat ham yurtimiz rivoji uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Eng muhimi — O‘zbekiston kelajagiga befarq bo‘lmaslik va o‘z imkoniyatlarimizni aynan shu yo‘lga yo‘naltirishdir.
Uchrashuv davomida talabalar faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar va muhim ma’lumotlarga ega boʻldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥5👍3👏1🎉1🤩1
Кonstitutsiya kuni — birlik, tinchlik va qonuniylik bayrami!
OʻzDJTU Rus filologiyasi fakulteti kechki ta’lim tyutori Xusniddin Sharobiddinov rahbarligidagi “Konstitutsiya — farovonligimiz asosi” shiori doirasida kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar o‘rtasida yorqin va mazmunli devoriy gazeta hamda video-challenge tanlovlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, Konstitutsiyaga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdir.
Tanlovda 170 nafar talaba faol ishtirok etdi. Har bir jamoa o‘zining ijodkorlik yondashuvi, bilimi va faolligi bilan ajralib turdi. Eng yaxshi ishlar alohida e’tirof etildi, g‘oliblar esa munosib taqdirlandi.
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin! Asosiy qonunimiz barqarorlik, adolat va yorqin kelajak ramzi bo‘lib qolaversin. Barchaga tinchlik, birlik va Vatan ravnaqi yo‘lida yangi yutuqlar tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2👏2🔥1
“Ilm yulduzlari” tanlovida O‘zDJTU tayanch doktoranti muvaffaqiyat qozondi
OʻzDJTU 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich tayanch doktoranti, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sotvoldiyeva Mohinur Xazratullo qizi (ilmiy rahbar – filologiya fanlari doktori, professor G.I. Xalliyeva) “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida "Eng innovatsion gʻoya sohibasi" nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston xotin-qizlar “Olimа” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, iqtidorli yosh olimalarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan.
🎉 Universitet jamoasi Mohinur Sotvoldiyevani ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi hamda unga yangi ilmiy izlanishlar, ijodiy g‘oyalar va yuksak muvaffaqiyatlar tilaydi!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🎉2