O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.5K photos
3.02K videos
323 files
9.74K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Али🪐)
🇬🇧 Fakultetimizda yana bir ma’naviy-ma’rifiy tadbir!

Bugun tyutor Sh. Xamdamova boshchiligida 2315–2316-guruhlar bilan “Termiziylar — avlodlarimiz faxri” mavzusida mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

➡️Tadbir davomida Termiziylar avlodining ilmiy-ma’naviy merosi, ularning tariximizdagi o‘rni va bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati keng yoritib berildi. Talabalar mavzu yuzasidan fikr almashishdi, o‘z bilim va qarashlarini namoyon qilishdi.

➡️Tadbirda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Sh. Zokirov ham ishtirok etib, talabalar bilan suhbatlashdi va ularni bunday ma’rifiy jarayonlarda faol bo‘lishga undadi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda, ma’naviy saboqlarga boy tarzda o‘tdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1
Forwarded from Edu.uz
#rasmiy #qishki_taʼtil

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.

Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😢24👏84🔥1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan universitet fakultetlarining barcha Axborot-resurs markazlari o‘quv zallarida maxsus ko‘rgazmalar tashkil etildi. 📚

Ushbu ko‘rgazmalar talabalar uchun Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur anglashga xizmat qiladi. 📘
Ko‘rgazma materiallari asosida talabalar o‘z fikrlarini erkin bayon etish, tahlil qilish va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini shakllantiradilar. 💬📝

Bunday ko‘rgazmalar nafaqat huquqiy madaniyatni oshirishga, balki Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalashga, shuningdek, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. 🤝🇺🇿
5👍4
📅🇺🇿 5-dekabr kuni Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri M. Muxamedjonova boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-yilligi munosabati bilan talabalar ishtirokida📘 “Konstitutsiyamiz — huquq va erkinliklarimiz kafolati” nomli tadbir tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning jamiyatimiz taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

💬👥 Tadbirda talabalar ham faol ishtirok etib, Konstitutsiya haqidagi o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Ular Konstitutsiyaning — har bir fuqaroning huquqiy himoyasi, ⚖️ tenglik va adolat poydevori ekanini ta’kidlab, asosiy qonunni chuqur o‘rganishning muhimligini qayd etdilar. 📚
4👍2🤩1
5-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kechki va sirtqi ta’lim fakultetida 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Qonunlarni dildan tuymoq istadim” mavzusidagi ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir fakultet o‘qituvchisi Nilufar Mannonova tomonidan 2-kurs talabalar ishtirokida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talabalar Konstitutsiyaning ahamiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda asosiy huquq va erkinliklarni ta’minlashdagi roli haqida batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, davlatimizning konstitutsiyaviy islohotlari, yangilangan huquqiy normalarning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur ma’rifiy tadbir talabalar ongida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish, konstitutsiyaviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👍1
Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazlari faoliyati samarali tashkil etilmoqda

2025-yil 3-dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva, o‘qituvchi F. Ashurova hamda XT2-2214 guruhi talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirokida navbatdagi ingliz tili to‘garagi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot “Climate change: learning essential vocabularies related to global warming” mavzusiga bag‘ishlanib, 10-sinflardan shakllantirilgan variativ guruhda sinov tariqasida olib borildi. Variativ guruhlarni tashkil etishdan maqsad — o‘quvchilarning ingliz tilining to‘rt asosiy ko‘nikmasi (Reading, Writing, Listening, Speaking) bo‘yicha bilim va malakalarini mustahkamlash va o‘quv yili yakuniga qadar B2 darajadagi til sertifikatini olishlariga ko‘maklashishdir.

Dars davomida o‘quvchilarga climate change, global warming, greenhouse gases, carbon footprint, renewable energy, deforestation, pollution, sustainability kabi global isish bilan bog‘liq asosiy atamalar mazmuni batafsil tushuntirildi hamda ularning ilmiy matnlar va muloqotda qo‘llanilishi amaliy misollar orqali ko‘rsatib berildi.

O‘quvchilar kichik guruhlarda muhokama, juftlikda suhbat, rol o‘ynash va iqlim o‘zgarishiga oid matnlarni tahlil qilish mashqlarini bajarib, yangi so‘zlardan to‘g‘ri va ravon foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq real vaziyatlar asosida o‘z fikrlarini mustaqil bayon etdilar hamda ekologik atamalardan faol foydalanib, ilmiy va muloqot kompetensiyalarini sezilarli darajada rivojlantirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
“Giyohvandlikka qarshimiz!”

Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani muovini D. Xoshimova hamda tyutor S. Xolmurodov boshchiligida 1- va 2-TTJlarda yashovchi talabalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish, uning jamiyat va inson salomatligiga yetkazadigan zararli oqibatlari, shuningdek, bunday illatlarga qarshi kurashishda har bir yoshning mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalarga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri muhitni tanlash va ogoh bo‘lishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shu bilan birga, 1-2 TTJlarda yashovchi talabalar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi. Mavjud muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Ushbu profilaktik suhbatlar yoshlar ongida hushyorlik, ogohlik va salbiy illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qildi. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar o‘rtasida sog‘lom va xavfsiz muhitni mustahkamlashdir.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram|📸Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1👏1