Koreya–O‘zbekiston universitet rektorlari forumi davom etmoqda
Forum dasturiga binoan ishtirokchilar 2025-yil 5-dekabr kuni Koreyaning Ajou universitetiga tashrif buyurdilar.
Ma’lumot uchun: Ajou universiteti 1973-yilda tashkil etilgan xususiy tadqiqot universiteti hisoblanadi. Universitet muhandislik, axborot texnologiyalari, biznes, tibbiyot, gumanitar, filologik, jamiyatshunoslik va boshqa ko‘plab sohalarda ta’lim va tadqiqot ishlarini olib boradi. Bakalavriat, magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan talabalar soni 14 000 ga yaqin.
Ajou universiteti 330 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Universitet xalqaro talabalar almashinuv dasturlari, xalqaro summer-school, koreys tili va madaniyat dasturlarini taklif qiladi.
Ajou universitetining O‘zbekistondagi filiali 2020-yildan faoliyat boshlagan. Unda arxitektura, qurilish muhandisligi, elektr va kompyuter injiniringi, IT biznes, til va boshqa yo‘nalishlarda bakalavr darajasida ta’lim beriladi.
Ajou universiteti — Janubiy Koreyada tan olingan va xalqaro darajadagi reytinglarda faol ishtirok etadi. Universitetda ta’lim sifati, ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlikka katta e’tibor qaratiladi. Yangi “Vision 4.0” strategiyasi doirasida ta’lim, tadqiqot va sanoat bilan hamkorlik kuchaytirilgan. Garvard, Yel, Stenford kabi dunyoning nufuzli universitetlari va yirik kompaniyalar bilan turli
loyihalarni amalga oshiradi.
Ajou universitetining 17-prezidenti, transport tizimlari muhandisligi professori Choi Ki-Ju universitetning “innovatsiya va kelajakga yo‘naltirilgan” rivojlanish strategiyasi — xalqaro aloqalarni kengaytirish, yangi fakultet va dasturlar ochish, sanoat bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi sa’y-harakatlarni faol amalga oshirmoqda. U mehmonlar uchun universitetda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, bunda sun’iy intellektdan foydalanish borasidagi ishlar haqida taqdimot o‘tkazdi. So‘ngra ishtirokchilar Ajou universiteti infratuzilmasi, zamonaviy laboratoriyalari va tadqiqot markazlari bilan tanishdilar hamda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan almashdilar.
Navbatdagi manzil Samsung kompaniyasi muzeyi bo‘ldi. Muzeyda kompaniya tarixi va hozirgi kunini aks ettiruvchi eksponatlar, mahsulotlar va erishilgan natijalarga oid materiallar taqdim etilgan. Forum ishtirokchilariga ushbu mashhur kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda erishilayotgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan va ta’lim jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar va qurilmalar namoyish etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1👏1
“Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” ijodiy tanlovi o‘tkazildi
Shayxontohur tumani 84-maktabining 4-“A” sinfida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan “Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” mavzusidagi ijodiy tanlov va ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbir O‘zDJTU Ingliz tili 2 fakulteti o‘qituvchilari Muxammedova Nafisa va Maxsimova Umida tomonidan olib borildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar Konstitutsiya va davlat ramzlariga bag‘ishlangan turli ijodiy ishlar – bayroq, ramziy kompozitsiyalar, yasama o‘yinchoqlar va bezaklarni tayyorlab, ko‘rgazmada namoyish etdilar. Ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi va faolligi hakamlar tomonidan baholanib, g‘olib o‘quvchilar taqdirlandi hamda ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Maktab hududi davlat ramzlari, bayroqlar va sharlar bilan bezatilib, bayramona muhit yaratildi. Tadbir o‘quvchilarda yurtimiz Konstitutsiyasiga hurmat, huquqiy savodxonlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤4🔥1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
Bizni kuzatib boring ;
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2🔥1👏1🎉1