Tadbirni fakultet dekani Dilshod Djurayev tabrik so‘zi bilan ochib, barcha talaba-yoshlar hamda ustozlarni bayram bilan qutladi.
Shuningdek, tadbirda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Nazarov, kechki taʼlim shakli bo‘yicha o‘quv dekan o‘rinbosari Jahongir Turobov ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan she’rlar va musiqiy chiqishlar ijro etildi. Shuningdek, mashhur oʻzbek adabiyoti vakili Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” asari Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga moslashtirilgan holda sahnalashtirildi. Ushbu sahna ko‘rinishi orqali oiladagi turli ijtimoiy munosabatlar, Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati yorqin aks ettirildi.
Tadbir mobaynida talabalar tomonidan oʻzbek milliy raqslari ham ijro etilib, milliy madaniyatimizning betakrorligi namoyish etildi.
Tadbir yakunida esa barcha ishtirokchilar tomonidan “Ulug‘imsan, Vatanim!” qo‘shig‘i ijro etildi va tadbir yuqori ruhda nihoyalandi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥2👍1
Mazkur tadbir davomida talabalar oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub “Shum bola” asari asosida sahna ko‘rinishi taqdim etishdi. Sahnadagi ijrolar orqali oʻtgan asr hayoti, oʻsha davrning turmush tarzi hamda milliy qadriyatlar badiiy talqin asosida yorqin aks ettirildi.
Shuningdek, talabalar oʻz chiqishlari orqali asarning mazmun-mohiyatini ko‘tarinki ruhda yetkazib, tomoshabinlarda ijobiy taassurot qoldirdilar.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥1
Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Fuqarolik jamiyati haftaligi o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu haftalik jamiyatda fuqarolik institutlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur o‘rganish, erishilgan natijalarni tahlil qilish, mavjud muammolarni muhokama qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha yangi taklif hamda tashabbuslarni ishlab chiqish uchun muhim muloqot maydoni sifatida tashkil etildi.
Tadbir davomida davlat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, ekspertlar, yoshlar va jamoatchilik faollari o‘zaro fikr almashib, fuqarolik jamiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan g‘oyalarni muhokama qilmoqdalar.
OʻzDJTU Xalqaro jurnalisika fakulteti Siyosiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, siyosatshunoslik yo‘nalishi 4-bosqich hamda Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 3-bosqich talabalari ushbu yirik tadbirda mehmon va volontyor sifatida qatnashib, tashkiliy jarayonlarda faollik ko‘rsatmoqda.
Ularning ishtiroki nafaqat amaliy tajriba orttirish, balki fuqarolik jamiyati rivojiga o‘z hissasini qo‘shish imkonini ham bermoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2🔥1👏1🤩1
OʻzDJTU talabasi xalqaro dasturda qatnashdi
Xalqaro jurnalistika fakulteti, Siyosatshunoslik ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Zilolaxon Komilova 2025-yil 19–22-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Saratov shahridagi Psixologik-iqtisodiy tadqiqotlar instituti (ИПЭИ)da bo‘lib o‘tgan Xalqaro qishki maktabning “Noma’lum va ma’lum Lotin Amerika” dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi.
Talabamiz mazkur dasturda qatnashish huquqini xalqaro grant asosida qo‘lga kiritgan edi.
Dastur davomida qishki maktab davomida Lotin Amerikasining siyosiy tizimlari, iqtisodiy rivojlanish modeli, mintaqaning global jarayonlardagi o‘rni va zamonaviy geosiyosiy chaqiriqlar kabi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi. Ishtirokchilar yetakchi tadqiqotchilar, ekspertlar hamda turli davlatlardan kelgan talabalar bilan fikralmashish, amaliy seminarlar va muhokamalarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Zilolaxon Komilovaning ushbu xalqaro akademik loyihada ishtiroki uning ilmiy qiziqishlarini kengaytirishga, xorijiy tajriba orttirishga hamda universitetimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2👏2🔥1
OʻzDJTU vakili xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Siyosiy fanlar kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Shohjahon Ahadov 2025-yil 26–29-noyabr kunlari Olmaota shahrida (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan “O‘zgarayotgan dunyoda Markaziy Osiyo: tinchlik, xavfsizlik va nizolar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi.
Konferensiya Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlar, mintaqaviy xavfsizlik, geosiyosiy tahdidlar va ularni bartaraf etish mexanizmlari yuzasidan xalqaro ekspertlar, olimlar va amaliyotchi mutaxassislar o‘rtasida fikr almashish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Tadbir davomida Shohjahon Ahadov panel muhokamalarida ishtirok etib, mintaqadagi dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z ilmiy qarashlarini bildirdi hamda xorijiy universitet vakillari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamladi. Ushbu ishtirok kelgusida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va kafedra o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🔥2👏1🤩1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli g‘oya yoki tashabbusingiz bormi?
Unda “Kelajak uchun” forumida ishtirok eting!
Eng ilg‘or tashabbuslar rag‘batlantiriladi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
➡️ Batafsil: kelajakuchun.gov.uz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Unda “Kelajak uchun” forumida ishtirok eting!
Eng ilg‘or tashabbuslar rag‘batlantiriladi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
➡️ Batafsil: kelajakuchun.gov.uz
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3
Forwarded from Beruniy Alimov | Rasmiy kanal
#mediasaboq_karvoni
#bemediasmart
Ajoyib yangilik, do‘stlar!
O‘zbekistonning eng yirik — qariyb 1 million folloverga ega onlayn o‘quv platformasida 12 ta darsdan iborat maxsus kursimiz e’lon qilindi. Mavzu: Mediasavodxonlik. Albatta kiringlar!
***
Отличная новость, друзья!
На крупнейшей онлайн-образовательной платформе Узбекистана — почти с 1 миллионом подписчиков — опубликован наш специальный курс из 12 уроков. Тема: Медиаграмотность. Обязательно заходите!
***
Great news, friends!
Our special 12-lesson course has just been launched on Uzbekistan’s largest online learning platform with nearly 1 million followers. Topic: Media Literacy. Don’t miss it!
https://t.me/ustozai/1732
🧑🏻🏫 Mediasavodxonlik kursi ustozi | Beruniy Alimov
— Jurnalist, media tadqiqotchisi va xalqaro tajribaga ega ekspert.
— Bu dars sizni ongli, tanqidiy fikrlovchi va axborotga nisbatan immunitetga ega boʻlishga tayyorlaydi.
🔥Ustozimiz barcha sirlarini siz bilan boʻlishishga tayyor.
👉 Darsni koʻrish uchun
😎 Telegram | 😎 Instagram | 😎 You Tube |

❤2🔥1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🇬🇧Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi oʻqituvchilari: Joʻrayeva Guljahon, Xushboqova Sevinch,Sultanbayeva Oltinoy,Xolmatova Maxbuba tomonidan
🇺🇿“Konstitutsiya – davlatimiz qomusi” nomli Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Bunda fakultetning iqtidorli talabalaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bilim va zukkolikda bellashdilar.
🏆G‘olib jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilar talabalarga muvaffaqiyat va bilim yo‘lida muntazam izlanish tiladilar.
✨ Bunday intellektual tashabbuslar yoshlarning huquqiy dunyoqarashini kengaytirish, bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom musobaqa ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

❤2👍2🎉1