O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48.2K photos
2.99K videos
323 files
9.7K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – talabalarni giyohvandlikning zararli ta’sirlari haqida xabardor qilish, ularni sog‘lom hayot tarziga rag‘batlantirish edi.

Tadbirga mehmon sifatida Uchtepa tumani IIOFMB Tezkor Qidiruv Xizmati, Jinoyat Qidiruv Bo‘limi tezkor vakili leytenant A. Rejabov va O‘zDJTU profilaktika inspektori, kapitan M. Nurmuxammedova taklif etildi. Mehmonlar o‘z ma’ruzalarida giyohvandlikning jamiyat va shaxs hayotiga salbiy ta’sirlari, uning oldini olish yo‘llari hamda profilaktika choralari haqida so‘zladilar.

🔮 Tadbir davomida talabalar faol ishtirok etib, mehmonlarga o‘z savol va fikrlarini bildirishdi. Shu bilan birga, ijtimoiy videoroliklar namoyish etilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida mehmonlar ishtirokchilarga o‘z tavsiyalari va rag‘batlantiruvchi so‘zlarini aytib, ular bilan samimiy suhbat o‘tkazdilar.

Biz bilan birga boʻling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi F–60-son farmoyishi, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”, 1-ilovasining 48-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti bayroq va sharlar bilan bezatildi. Bu tadbir fakultet xodimlari va talabalari tomonidan katta ishtiyoq bilan amalga oshirildi.

Shuningdek, Konstitutsiya kunini munosib nishonlash maqsadida “Konstitutsiya talabalar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov doirasida talabalar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyish etib, Konstitutsiyaning ahamiyati va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida fikrlarini ifoda etdilar.

🖐 Ushbu tadbirlar orqali talabalar huquqiy ongini oshirish, Konstitutsiya kunining ahamiyatini yoritish va universitet hamjamiyatida ijobiy ruhiy muhit yaratish maqsad qilingan.

Biz bilan birga boʻling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
0️⃣0️⃣0️⃣🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

OʻzDJTU ustozlari VII Madaniyatlararo Muloqot kunida ishtirok etishdi


O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi o’qituvchilari Gulnoz Tolibova va Shaxnoza Parpiyeva joriy yilning 3-dekabr kuni Polshaning Silesiya universitetida tashkil etilgan VII Madaniyatlararo Muloqot kunida o'zbek milliy oshxonasini tamsil etishdi.

"Milliy taomlar — madaniy kod sifatida" shiori ostida o’tkazilgan tadbirda turli xalq vakillari o’z milliy oshxonalari taomlari bilan qatnashishdi. Oʻzbekistonlik ustozlar tuzagan o'zbek milliy dasturxoni qatnashchilarga manzur kelib, ularda mamlakatimizga tashrif uyushtirish va bu taomlarni asl vatanida tatib ko'rish ishtiyoqini uyg'otdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1👏1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
📢 DIQQAT, E’LON❗️
Hurmatli professor-o'qituvchi va talabalar,
sizni “Zakovat” intellektual o‘yinini kuzatishga taklif qilamiz! 🧠🏛
🏛 Tashkilotchi:
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o'qituvchilari
📚 Tadbir mavzusi:
“Konstitutsiya – davlatimiz qomusi”
Tadbir tafsilotlari:
📆 Sana: 5-dekabr 2025-yil
⏱️ Vaqt: 11:00
📍 Joy: Ingliz filologiyasi fakulteti 3‑qavat
🧩 O‘yin davomida sinovdan o‘tadi:
Konstitutsiyaga oid bilimlar 🇺🇿
Tezkor savol–javoblar
Mantiqiy masalalar va jamoaviy muhokama
Strategik fikrlash va intellektual jamoa ruhi
🏆 G‘olib jamoalar sovg'alar bilan taqdirlanadi
🎓 Bilimingizni sinab ko‘ring, jamoangizni g‘alabaga yetaklang!
Barchangizni kutamiz!
✍️ Hurmat bilan,
Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o'qituvchilari
“Konstitutsiya – davlatimiz timsoli, bilimimiz esa kuchimiz!”
5👍1🔥1
🟦🟦🟦

🇺🇿 3-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni fakultet dekani Dilshod Djurayev tabrik so‘zi bilan ochib, barcha talaba-yoshlar hamda ustozlarni bayram bilan qutladi.

Shuningdek, tadbirda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Nazarov, kechki taʼlim shakli bo‘yicha o‘quv dekan o‘rinbosari Jahongir Turobov ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan she’rlar va musiqiy chiqishlar ijro etildi. Shuningdek, mashhur oʻzbek adabiyoti vakili Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” asari Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga moslashtirilgan holda sahnalashtirildi. Ushbu sahna ko‘rinishi orqali oiladagi turli ijtimoiy munosabatlar, Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati yorqin aks ettirildi.

Tadbir mobaynida talabalar tomonidan oʻzbek milliy raqslari ham ijro etilib, milliy madaniyatimizning betakrorligi namoyish etildi.

Tadbir yakunida esa barcha ishtirokchilar tomonidan “Ulug‘imsan, Vatanim!” qo‘shig‘i ijro etildi va tadbir yuqori ruhda nihoyalandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥2👍1