O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.5K photos
3.02K videos
323 files
9.74K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Ismoilova)
🇺🇿O‘zDJTU😊 Ingliz tili Ikkinchi fakultetida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida yoshlar orasida giyohvandlik illatiga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida targ'ibotchilar tomonidan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z. Xasanov boshchiligida, Fakultet yoshlar yetakchisi I. Ismoilova hamkorligida tashkil etildi.

Talabalarga giyohvandlikning ijtimoiy, ma’naviy va huquqiy xavflari haqida batafsil ma’lumot berilib, bu illatning oqibatlari jamiyat va yoshlar kelajagi uchun naqadar xavfli ekanini ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalarga giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishning muhim jihatlari tushuntirildi hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
🇺🇿 O‘zDJTU da “Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” mavzusida ijodiy tanlov va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Bugun 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊 Ingliz tili Ikkinchi fakulteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan “Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” mavzusiga bag‘ishlangan ijodiy ishlar tanlovi hamda ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

💚 Tadbir ta’lim muassasalarida Konstitutsiyamizni keng targ‘ib qilish, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularni ijodga jalb etish maqsadida tashkil etildi.

💚Ushbu tadbirda fakultet dekani Z.M. Bazarov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z. Xasanov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi Z. Ibragimova, fakultet yoshlar yetakchisi I. Ismoilova hamda tyutor Nodira Murodova ishtirok etishdi.

💚Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan milliy ramzlar, qo‘l mehnatlari, Konstitutsiyaga oid fikr va ijodiy ishlardan iborat ko‘rgazma namoyish etildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘z ijod namunalarini taqdim qilib, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi ahamiyati borasida fikrlar bildirishdi.

💚Tashrif buyurganlar tomonidan mazkur ko‘rgazma yuqori baholanib, eng yaxshi ijodiy ishlar alohida rag‘batlantirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – talabalarni giyohvandlikning zararli ta’sirlari haqida xabardor qilish, ularni sog‘lom hayot tarziga rag‘batlantirish edi.

Tadbirga mehmon sifatida Uchtepa tumani IIOFMB Tezkor Qidiruv Xizmati, Jinoyat Qidiruv Bo‘limi tezkor vakili leytenant A. Rejabov va O‘zDJTU profilaktika inspektori, kapitan M. Nurmuxammedova taklif etildi. Mehmonlar o‘z ma’ruzalarida giyohvandlikning jamiyat va shaxs hayotiga salbiy ta’sirlari, uning oldini olish yo‘llari hamda profilaktika choralari haqida so‘zladilar.

🔮 Tadbir davomida talabalar faol ishtirok etib, mehmonlarga o‘z savol va fikrlarini bildirishdi. Shu bilan birga, ijtimoiy videoroliklar namoyish etilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida mehmonlar ishtirokchilarga o‘z tavsiyalari va rag‘batlantiruvchi so‘zlarini aytib, ular bilan samimiy suhbat o‘tkazdilar.

Biz bilan birga boʻling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi F–60-son farmoyishi, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”, 1-ilovasining 48-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti bayroq va sharlar bilan bezatildi. Bu tadbir fakultet xodimlari va talabalari tomonidan katta ishtiyoq bilan amalga oshirildi.

Shuningdek, Konstitutsiya kunini munosib nishonlash maqsadida “Konstitutsiya talabalar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov doirasida talabalar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyish etib, Konstitutsiyaning ahamiyati va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida fikrlarini ifoda etdilar.

🖐 Ushbu tadbirlar orqali talabalar huquqiy ongini oshirish, Konstitutsiya kunining ahamiyatini yoritish va universitet hamjamiyatida ijobiy ruhiy muhit yaratish maqsad qilingan.

Biz bilan birga boʻling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
0️⃣0️⃣0️⃣🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

OʻzDJTU ustozlari VII Madaniyatlararo Muloqot kunida ishtirok etishdi


O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi o’qituvchilari Gulnoz Tolibova va Shaxnoza Parpiyeva joriy yilning 3-dekabr kuni Polshaning Silesiya universitetida tashkil etilgan VII Madaniyatlararo Muloqot kunida o'zbek milliy oshxonasini tamsil etishdi.

"Milliy taomlar — madaniy kod sifatida" shiori ostida o’tkazilgan tadbirda turli xalq vakillari o’z milliy oshxonalari taomlari bilan qatnashishdi. Oʻzbekistonlik ustozlar tuzagan o'zbek milliy dasturxoni qatnashchilarga manzur kelib, ularda mamlakatimizga tashrif uyushtirish va bu taomlarni asl vatanida tatib ko'rish ishtiyoqini uyg'otdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1👏1