O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.5K photos
3.02K videos
323 files
9.75K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣

4-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi O‘zbekistondagi milliy ofisi tashabbusi bilan “Inklyuziv xalkarolashtirish: Oliy ta’lim dasturlarida imkoniyat va tenglikni kengaytirish” mavzusida Texnik yordam missiyasi seminari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov hamda Tarjimonlik fakulteti, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L. Xoliyarovlar ishtirok etdi.

Seminarda shuningdek, xalqaro xorijlik ta’lim ekspertlari va xalqaro tashkilot vakillari ham faol qatnashdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
0️⃣0️⃣0️⃣

2025-yil 3-dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti (O‘zDJTU) Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Z. Ibragimova, F. Ashurova va D. Sulaymonova tomonidan 11-sinf o‘quvchilari uchun “The Role of English Language in Global Communication” mavzusida mahorat darslari tashkil etildi.

Mazkur mahorat darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilarda ingliz tilining zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni, xalqaro aloqalar, ilm-fan, texnologiyalar va madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyatini kengroq yoritish, shuningdek ularda mustaqil fikrlash, muloqot qilish va global kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

O‘quvchilar ingliz tilining xalqaro diplomatiya, turizm, biznes va oliy ta’lim sohalarida asosiy aloqa vositasi sifatida qo‘llanilishi haqida real misollar asosida fikr almashishdi. Shuningdek, global tendensiyalar, internet resurslari va axborot almashinuvida ingliz tilining ustunliklari ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yoshlarning xorijiy top-universitetlarda tahsil olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ham qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ularga kichik taqdimotlar tayyorlash, shaxsiy va tanqidiy fikrni asoslash, jamoa oldida fikr bildirish qobiliyatini oshirish topshiriqlari berildi. Bu esa ularning til kompetensiyasini amaliy sinovdan o‘tkazish imkonini yaratdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora)
🧠🧠🧠🧠

🇺🇿 O’zbekiston davlat Jahon tillari universiteti 😊 Joriy yilning 4-dekabr sanasida Ingliz tili 2-fakulteti dekani Z.M.Bazarov, ingliz tili 2-fakulteti tyutori S.B.Muxitdinova o'ziga biriktirlgan guruh talabalari bilan birgalikda "Konstitutsiya - hurriyat ramzi'' shiori ostida 🧠Zakovat intelleltual o’yin tashkil etildi. Qo’ydagi jamoalarga o'rinlar berildi.

1️⃣-o'rin 2415guruh jamoasi
2️⃣-o'rin Mind X jamoasi 3️⃣-o'rin 1314 jamoasi



📚Tadbirda yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi qonunlar va ularning xalqqa qanday imkoniyatlar yaratishi haqida savollar berildi . Yutgan talabalarga estalik sovg’alar berildi.

🔤Bizni rasmiy sahifalarimiz

Telegram Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora)
🗓Joriy yilning 4-dekabr sanasida 🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili ikkinchi fakultetida "Biz giyohvandlikka yoʻq deymiz" shiori ostida "Giyohvandlik umr zavoli" mavzusida tarbiyaviy-profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekani Z. Bazarov, Universitet profilaktika katta inspektori kapitan M.Nurmuxammedova, Uchtepa tumani IIO FMB jinoyat qidiruv boʻlimi "Narkomaniya" boʻlimi xodimi leytenant A. Rejabov hamda fakultet tyutorlari: O. Artiqova, M. Xudayberdiyevalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabalarga Giyohvandlik bugungi kunda jamiyatimiz uchun eng xavfli illat ekanligi, u insonning faqat sogʻlig'iga emas uning kelajagiga, orzu umidlariga, yaqinlariga ham oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatishi takidlab oʻtildi.


🟢Unutmaylik, Giyohvandlik - umr zavoli. Hayot esa bir marta beriladigan neʼmatdir. Uni asrash, qadrlash va toʻgʻri yoʻlda sarflash esa oʻz qoʻlimizda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1