4-dekabr kuni Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ikkinchi Koreya-O‘zbekiston oliygohlari rektorlari forumi doirasida ushbu davlatning Jeonbuk milliy universiteti, Kangwon milliy universiteti va Honam universiteti bilan anglashuv memorandumlari va shartnoma imzolandi.
Memorandumlarda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, universitet rektorlari kelgusida ushbu memorandum bandlarini amalga oshirish bo‘yicha alohida shartnomalar imzolashga kelishib oldilar.
Koreyaning Jeonbuk milliy universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Jeonbuk milliy universiteti prezidenti O-Bong Yang janoblari mazkur shartnoma imzolanishi o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish uchun asos bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, kelishuvlarni ilk bosqichida O‘zDJTU talabalari uchun 30–40 ta grant ajratilishi ma’lum qilindi.
Jeonbuk milliy universitetining koreys tili va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan intilishi va ishtiyoqi inobatga olgan holda, ushbu oliygoh prezidenti O-Bong Yangga “O‘zDJTU Faxriy professori” unvoni va sertifikati topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2
4-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi O‘zbekistondagi milliy ofisi tashabbusi bilan “Inklyuziv xalkarolashtirish: Oliy ta’lim dasturlarida imkoniyat va tenglikni kengaytirish” mavzusida Texnik yordam missiyasi seminari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov hamda Tarjimonlik fakulteti, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L. Xoliyarovlar ishtirok etdi.
Seminarda shuningdek, xalqaro xorijlik ta’lim ekspertlari va xalqaro tashkilot vakillari ham faol qatnashdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
2025-yil 3-dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti (O‘zDJTU) Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Z. Ibragimova, F. Ashurova va D. Sulaymonova tomonidan 11-sinf o‘quvchilari uchun “The Role of English Language in Global Communication” mavzusida mahorat darslari tashkil etildi.
Mazkur mahorat darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilarda ingliz tilining zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni, xalqaro aloqalar, ilm-fan, texnologiyalar va madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyatini kengroq yoritish, shuningdek ularda mustaqil fikrlash, muloqot qilish va global kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
O‘quvchilar ingliz tilining xalqaro diplomatiya, turizm, biznes va oliy ta’lim sohalarida asosiy aloqa vositasi sifatida qo‘llanilishi haqida real misollar asosida fikr almashishdi. Shuningdek, global tendensiyalar, internet resurslari va axborot almashinuvida ingliz tilining ustunliklari ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yoshlarning xorijiy top-universitetlarda tahsil olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ham qo‘shimcha ma’lumot berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ularga kichik taqdimotlar tayyorlash, shaxsiy va tanqidiy fikrni asoslash, jamoa oldida fikr bildirish qobiliyatini oshirish topshiriqlari berildi. Bu esa ularning til kompetensiyasini amaliy sinovdan o‘tkazish imkonini yaratdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora)
📚Tadbirda yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi qonunlar va ularning xalqqa qanday imkoniyatlar yaratishi haqida savollar berildi . Yutgan talabalarga estalik sovg’alar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1