O‘zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti talabasi Aziza Erkinboyeva tomonidan 163-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Aleksandr Faynberg avlodlari” to'garagi doirasida ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumot berildi. Ularning mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklarini sinash maqsadida test va savol-javob o‘yinlari o‘tkazildi.
Shuningdek, “Kim tezkor?”, “Kim chaqqon?” kabi qiziqarli o‘yinlar orqali jarayon yanada jonli tarzda tashkil etildi.
Dasturda oʻquvchilar faol qatnashishdi va ko‘plab yangi bilimlarga ega bo‘lishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🤩1
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi O‘zbekiston – korrupsiyasiz kelajak!” shiori ostida “Eng yaxshi devoriy gazetalar” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Yakuniy natijalarga koʻra, quyidagi talabalar gʻolib deb topilganini ma’lum qilamiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3🎉3🤩3👏2
Forwarded from Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👏1
4-dekabr kuni Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ikkinchi Koreya-O‘zbekiston oliygohlari rektorlari forumi doirasida ushbu davlatning Jeonbuk milliy universiteti, Kangwon milliy universiteti va Honam universiteti bilan anglashuv memorandumlari va shartnoma imzolandi.
Memorandumlarda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, universitet rektorlari kelgusida ushbu memorandum bandlarini amalga oshirish bo‘yicha alohida shartnomalar imzolashga kelishib oldilar.
Koreyaning Jeonbuk milliy universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Jeonbuk milliy universiteti prezidenti O-Bong Yang janoblari mazkur shartnoma imzolanishi o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish uchun asos bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, kelishuvlarni ilk bosqichida O‘zDJTU talabalari uchun 30–40 ta grant ajratilishi ma’lum qilindi.
Jeonbuk milliy universitetining koreys tili va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan intilishi va ishtiyoqi inobatga olgan holda, ushbu oliygoh prezidenti O-Bong Yangga “O‘zDJTU Faxriy professori” unvoni va sertifikati topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2
4-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi O‘zbekistondagi milliy ofisi tashabbusi bilan “Inklyuziv xalkarolashtirish: Oliy ta’lim dasturlarida imkoniyat va tenglikni kengaytirish” mavzusida Texnik yordam missiyasi seminari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov hamda Tarjimonlik fakulteti, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L. Xoliyarovlar ishtirok etdi.
Seminarda shuningdek, xalqaro xorijlik ta’lim ekspertlari va xalqaro tashkilot vakillari ham faol qatnashdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6