O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14.1K subscribers
39.9K photos
2.49K videos
317 files
8.14K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣1️⃣1️⃣1️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich talabalari oʻrtasida sportning futbol, voleybol hamda basketbol turlari boʻyicha "Talabalar spartakiadasi" musobaqalari start oldi.


Ushbu musobaqalardan maqsad, quyi kurslar kesimida seleksiya ishlarini olib borish orqali universitet terma jamoalari uchun sportchilar zahirasini shakllantirishdan iborat.

Talabalarimizga musobaqa davomida omad yor boʻlishini tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻📺📺

O'zDJTU Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda TITA-2317 guruh talabalari tomonidan "Biz tabiatga befarq emasmiz!" shiori ostida videorolik tayyorlandi.

Tabiat bu meros, uni avlodlar uchun asraylik!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍7🔥1👏1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

👉3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi.

🇺🇿🇺🇿3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Tarjimonlik fakulteti tyutori Islamova Nodira va unga biriktirilgan talabalar tashabbusi bilan 199-maktab ixtisoslashgan ta’lim muassasasida xayriya tadbiri tashkil etildi.

📌Tadbirning asosiy maqsadi mehr-muruvvat, hamjihatlik va ijtimoiy faollik qadriyatlarini yoshlar ongida mustahkamlash, shuningdek, ehtiyojmand bolalarga e’tibor va ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

💡Tadbir davomida talabalar bolajonlar uchun turli sovg‘alar, kitoblar va zaruriy o‘quv anjomlarini topshirishdi. Shuningdek, ular bilan samimiy suhbatlar, kichik sahna ko‘rinishlari va quvonchli o‘yinlar uyushtirib, bolalarga bayramona kayfiyat bag‘ishladilar.

🔴Ushbu ezgu tashabbus o‘quvchilar qalbida mehr va e’tibor uyg‘otishga, talabalarda esa ijtimoiy mas’uliyat hamda insonparvarlik fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilari uchun mazmunli, iliq va unutilmas bo‘ldi.

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram. Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

👉Tarjimonlik fakultetida “Milliy uslub va liboslar tadbiri” o‘tkazildi!

🇺🇿🇺🇿Tarjimonlik fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Xabiyeva Feruza tashabbusi bilan fakultetda “Milliy uslub va liboslar tadbiri” tashkil etildi. Tadbir bayramona ruhda, milliylik jilosi va rang-barang liboslar go‘zalligi bilan yanada boy bo‘ldi.

📌Tadbir davomida talabalar o‘zbek xalqining azaliy qadriyatlari va madaniy merosini aks ettiruvchi milliy liboslarda ishtirok etdilar. Rasmda ko‘rinib turganidek, yoshlar atlas, adras, beqasam, zardo‘zi va boshqa an’anaviy matolardan tikilgan liboslarda sahnaga chiqib, milliy uslubning betakror jozibasini namoyish etdilar.

💡Uchrashuv jarayonida talabalar milliy liboslarning tarixi, ularning naqshlari, ranglari va ramziy ma’nolari haqida o‘zaro fikr almashdilar. Tadbir nafaqat estetik zavq bag‘ishladi, balki talabalar ongida milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosiga hurmat va uni asrash mas’uliyatini yanada mustahkamladi.

🔴“Milliy uslub va liboslar tadbiri” fakultetda iliq muhit, bir-biriga hurmat va milliy qadriyatlarni ulug‘lash kayfiyatini yaratdi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar bag‘ishladi va milliy merosni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram. Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ekologik madaniyatni keng targ‘ib qilish, yoshlarning atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish hamda ularni ekologik tashabbuslarga jalb etish maqsadida ekologik yo‘nalishdagi tanlovning universitet bosqichi o‘tkazildi.


Tanlov davomida ishtirokchilarning ekologik bilimlari, tashabbuskorligi, ijodkorligi va amaliy loyihalari baholandi.

Tanlov g‘oliblari quyidagilar:

“Ekologiya bilimdoni” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Mirag‘zamova Oysha Mirsherzod qizi
2-o‘rin – Hotamova Maftuna Rauf qizi
3-o‘rin – Rasuljonov Rivojiddin Sherzodovich, Raximboyev Shoxrux Samandar o‘g‘li

“Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Nuraliyeva Mashxura Odil qizi
2-o‘rin – Mustafoyeva Sevinch Bahrom qizi
3-o‘rin – Karimova Barno Ibarat qizi, Tilemisova Sayora Jenisbay qizi

“Eng faol ekovolontyor” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Bozorova Maftuna O‘lmas qizi
2-o‘rin – Qamariddinova Zahro Murodulla qizi
3-o‘rin – Maxanova Sevinch Azamat qizi

“Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Jumaboyeva Zeboxon Muxiddin qizi
2-o‘rin – Hamdullayeva Sevinch Shuhrat qizi, Mamatova Hilola Normurod qizi
3-o‘rin – Xamidova Aziza Sherzod qizi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3
💰SIZNI 1 MILLION SO‘M MUKOFOT KUTYAPTI!

Assalomu alaykum!
Men — Xoshimjonov Xumoyunbek Erkinjon o‘g‘li,
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti IT va dasturlash yo‘nalishi koordinatori sizni AI•IT ZONE jamosiga taklif qilaman.

Agar siz:
⚡️Sun’iy intellekt
💻IT va dasturlash
🚀Startaplar
🎮Kibersport

yo‘nalishlariga qiziqsangiz — unda biz sizni Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan AI·IT ZONE jamoasiga taklif qilamiz!

Bu yerda siz:
🟢Liderlar bilan birga ishlaysiz
🟢Real loyihalarda qatnashasiz
🟢Ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz
Va eng faol ishtirokchilar orasida 1 MILLION SO‘MLIK MUKOFOT sohibi bo‘lish imkoniga ega bo‘lasiz!

📩To‘liq ma’lumot uchun:
👉@AI_master_N1
(faqat lider bo‘lishni istaganlar uchun!)

🕊Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
AI•IT ZONE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
0️⃣0️⃣0️⃣

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir


🇺🇿 Bugun, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Xalqaro nogironlar kuni doirasida “Biz sen bilan bir kuchmiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berdi. Shuningdek, jarayonda universitet rahbariyati vakillari — Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Xamdamov Doniyor, axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Otabek Ibragimov, yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sevinch Islomova ishtirok etishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va insonparvarlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilishdan iborat.

Jahon tillari universiteti kelgusida ham inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ijtimoiy adolatni mustahkamlash hamda teng imkoniyatlar tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram ; 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6