O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.1K photos
2.5K videos
317 files
8.17K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
O‘zDJTU Registrator ofisi xodimlari tomondan navbatdagi uchrashuv

2-dekabr kuni O‘zDJTU Registrator ofisi xodimlari Angren xorijiy tillar fakulteti talabalari bilan tanishtiruv uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuvda Registrator ofisi Xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i A.A.Mashrabovich Registrator ofisining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng menejerlar:

✔️ Asosiy xizmatlar
✔️ Arizalar qabul qilish tartibi
✔️ Elektron xizmatlardan foydalanish
✔️ Ma’lumotnomalar olish jarayoni bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishdi.
🔹 Talabalarga 64 dan ortiq xizmat yagona markaz orqali ko‘rsatilayotgani,
🔹 Kontrakt to‘lov tartibi,
🔹 kontrakt.edu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar ham taqdim etildi.


Uchrashuv talabalarga o‘qish jarayonida zarur xizmatlardan tez va to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5👍1
0️⃣0️⃣0️⃣

2025-yil 4-5-dekabr kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida Ikkinchi Koreya-O‘zbekiston oliygohlari rektorlari forumi
(The 2nd Korea-­Uzbekistan University Presidents’ Forum) bo‘lib o‘tadi.

Forum mavzusi: “Global Sun’iy intellekt iste’dodlari va ta’lim forumi 2025 (2025 Global AI Talent & Education Forum)”.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Koreya Ta’lim vazirligi va Ajou universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur nufuzli anjumanda har ikki mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etadi. Forum ishida Koreya ta’lim vaziri, Koreya Milliy assambleyasi Ta’lim boshqarmasi rahbari, Koreyaning yetakchi tashkilot va kompaniyalar rahbarlari qatnashadi.

Ushbu forumda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtiroki hamda Koreyaning Chonbuk milliy universiteti (Jeonbuk National University), Kangvon milliy universiteti (Kangwon National University), Xonam universiteti (Honam University), Soyong universiteti (Seoyoung University) va boshqa oliygohlari prezident hamda vise-prezidentlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borishi, hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar va shartnomalar imzolashi rejalashtirilgan.  

I. Tuxtasinov “
Ta’limni globallashtirish jarayonida sun’iy intellektning roli
” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etib, Koreyalik hamkasblariga mamlakatimizda raqamlashtirish va ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt elementlarini tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beradi.


🖥 Forum tafsilotlari haqida tezkor axborotga ega bo‘lish uchun bizni kuzatib boring!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2👏2
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
🎭 OUVERTURE DE L’ATELIER THÉÂTRE

Chers étudiants,

Nous avons le plaisir de vous inviter à participer à l’« Atelier Théâtre » animé par Alex Cormanski, maître de conférences au Département des sciences théoriques de la langue française, Faculté de philologie romane et germanique de l’Université d’État ouzbèke des Langues du Monde.

Venez pratiquer votre français à travers le jeu : avec les mots, l’espace, le mouvement et le plaisir de créer ensemble.
Atelier ouvert à tous les niveaux !

🗓 Tous les jeudis : 14h30 – 15h30
⚠️ Attention : nombre de places limité — 20 participants maximum

🗓 Date : 04.12.2025
Horaire : 14h30 – 15h30
📍 Lieu : Salle de l’Amphithéâtre, bâtiment “Literatouri”, Université d’État ouzbèke des Langues du Monde
📞 Inscriptions : +998 97 452 29 99


🎭 TEATR TO‘GARAGI OCHILDI!

Hurmatli talabalar!

Sizni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Aleks Kormanskiy tomonidan tashkil etilayotgan “Teatr to‘garagi”ga taklif etamiz.

Bu to‘garak sizning fransuz tilidagi nutqingizni, sahnadagi erkinligingizni va ijodiy qobiliyatingizni rivojlantirishga yordam beradi.
To‘garak barcha darajadagi talabalar uchun ochiq!

🗓 Har payshanba: 14:30 – 15:30
⚠️ E’tibor bering: qatnashchilar soni cheklangan — maksimal 20 nafar

🗓 Sana: 04.12.2025
Vaqt: 14:30 – 15:30
📍 Manzil: O‘zDJTU, “Literaturniy” binosi, Ma’naviyat va ma’rifat zali
📞 Murojaat uchun: +998 97 452 29 99


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿“Biz tabiatga befarq emasmiz!”

🇺🇿🇺🇿Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda TITA-2316 guruh talabalari tomonidan navbatdagi mazmunli videorolik tayyorlandi.

🎥Ushbu videorolikda tabiatni asrash, ekologik muammolarga loqayd bo‘lmaslik, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish g‘oyalari keng yoritildi. Chunki nafas olib turgan havomizdan tortib, ichadigan suvimizning tozaligigacha — har birimiz shaxsan mas’ulmiz!

🌍Ona tabiat – bizning bebaho boyligimiz. Uni asrash esa har birimizning burchimiz!

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram. Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥4👍2
0️⃣0️⃣0️⃣1️⃣1️⃣1️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich talabalari oʻrtasida sportning futbol, voleybol hamda basketbol turlari boʻyicha "Talabalar spartakiadasi" musobaqalari start oldi.


Ushbu musobaqalardan maqsad, quyi kurslar kesimida seleksiya ishlarini olib borish orqali universitet terma jamoalari uchun sportchilar zahirasini shakllantirishdan iborat.

Talabalarimizga musobaqa davomida omad yor boʻlishini tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻📺📺

O'zDJTU Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda TITA-2317 guruh talabalari tomonidan "Biz tabiatga befarq emasmiz!" shiori ostida videorolik tayyorlandi.

Tabiat bu meros, uni avlodlar uchun asraylik!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍7🔥1👏1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

👉3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi.

🇺🇿🇺🇿3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Tarjimonlik fakulteti tyutori Islamova Nodira va unga biriktirilgan talabalar tashabbusi bilan 199-maktab ixtisoslashgan ta’lim muassasasida xayriya tadbiri tashkil etildi.

📌Tadbirning asosiy maqsadi mehr-muruvvat, hamjihatlik va ijtimoiy faollik qadriyatlarini yoshlar ongida mustahkamlash, shuningdek, ehtiyojmand bolalarga e’tibor va ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

💡Tadbir davomida talabalar bolajonlar uchun turli sovg‘alar, kitoblar va zaruriy o‘quv anjomlarini topshirishdi. Shuningdek, ular bilan samimiy suhbatlar, kichik sahna ko‘rinishlari va quvonchli o‘yinlar uyushtirib, bolalarga bayramona kayfiyat bag‘ishladilar.

🔴Ushbu ezgu tashabbus o‘quvchilar qalbida mehr va e’tibor uyg‘otishga, talabalarda esa ijtimoiy mas’uliyat hamda insonparvarlik fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilari uchun mazmunli, iliq va unutilmas bo‘ldi.

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram. Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3