O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.1K photos
2.5K videos
317 files
8.18K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora)
🟦🟦🟦

“Aleksandr Faynberg izdoshlari” ijodiy seminari – Ingliz tili 2 fakultetida

Bugun 🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili ikkinchi fakultetida Aleksandr Faynberg stipendiyasi sohibasi Mirag‘zamova Oysha tomonidan “Aleksandr Faynberg izdoshlari” nomli ijodiy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida talabalarga Aleksandr Faynbergning hayoti, ijodi va o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, stipendiya sohibasi sifatida Oysha Mirag‘zamova o‘zining ijodiy izlanishlari, ilmiy yondashuvlari hamda mazkur stipendiyaga munosib bo‘lish jarayonidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir interfaol ruhda o‘tib, talabalar o‘z ijodiy ishlari, she’rlari va tarjimalarini taqdim etishdi. Seminar ishtirokchilari Aleksandr Faynberg ijodidan namunalar keltirishdi, adibning ijodiy ishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishdi hamda ijodiy mahoratni oshirish bo‘yicha foydali tavsiyalar bilan bo'lishishdi.

📜 Seminarda faol ishtirok etgan talabalarga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

💚Tadbir yakunida fakultet rahbariyati tomonidan Mirag‘zamova Oyshaga faol ijodiy ishlari va talabalar uchun ilhom manbai bo‘layotgani uchun minnatdorchilik bildirildi.

🎖Bizning ishtimoiy tarmoqlarga obuna bo'ling!

📝Telegram 💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1🤩1
📌1-Talabalar turar joyida stipendiyantlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xalqaro jurnalistika fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan 1-Talabalar turar joyida talabalarga ilhom va motivatsiya bag‘ishlagan muhim uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Faynberg stipendiyasi va Rektor stipendiyasi sovrindorlari, shuningdek, faol talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida stipendiya sohiblari o‘z o‘quv jarayonidagi tajribalari, erishgan yutuqlari va muvaffaqiyat sirlari bilan bo‘lishdilar. Rektorlik vakillari esa talabalarga motivatsion tavsiyalar berib, ularga kelgusidagi yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot taqdim etdilar.

💬Ushbu uchrashuv nafaqat samimiy muloqot maydoni, balki talabalarda o‘z maqsadlari sari yanada qat’iy intilish hissini uyg‘otgan kuchli turtki bo‘ldi.


🇺🇿
Bizni kuzating:

Xalqaro jurnalistika fakulteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌎 "1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan 1-Talabalar turar joyi talabalari o‘rtasida mazkur kasallik bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma tashkil etildi.

🔮 So‘rovnomaning maqsadi — talabalar orasida OITS (VICh) haqida xabardorlik darajasi, kasallikning oldini olish bo‘yicha bilim va munosabatlarni o‘rganish hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirishga xizmat qiluvchi takliflarni yig‘ishdir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍5🔥2👏1🤩1
0️⃣0️⃣0️⃣

Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazlari faoliyati samarali tashkil etilmoqda

2025-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva, o‘qituvchi F. Ashurova hamda XT2-2214 guruhi talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirokida navbatdagi qiziqarli ingliz tili to‘garagi tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulot “Speaking skills: Enhancing students’ speaking skills through discussion and communication. Learning linking words” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Dars 10-sinflardan shakllantirilgan variativ guruhda sinov tarzida olib borildi. Variativ guruhlarni tashkil etishdan asosiy maqsad — o‘quvchilarning ingliz tili fanining to‘rt asosiy ko‘nikmasi (Reading, Writing, Listening, Speaking) bo‘yicha bilim va malakalarini mustahkamlash, shuningdek, o‘quv yili yakuniga qadar B2 darajadagi til sertifikatini olishlariga ko‘maklashishdan iborat.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga “and”, “but”, “however”, “in addition”, “therefore”, “as a result” kabi keng qo‘llaniladigan linking wordslarning ma’nosi, ularning gaplar o‘rtasida mazmuniy bog‘liqlik yaratishdagi o‘rni hamda nutqni ravon va mantiqiy ifodalashdagi ahamiyati batafsil tushuntirildi. Shundan so‘ng kichik guruhlar bilan munozara (discussion), juftlikda suhbat (pair-work), rol o‘ynash (role-play) va qisqa matnlarni muloqot orqali tahlil qilish kabi mashqlar bajarildi. Ushbu jarayon orqali o‘quvchilarda linking wordslardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ko‘nikmalari shakllantirildi.

Dars yakunida o‘quvchilar berilgan mavzular asosida vaziyatli topshiriqlarni bajarib, o‘z fikrini erkin va mantiqiy tarzda bayon qildilar. Suhbat davomida yangi bog‘lovchi so‘zlardan faol foydalanish natijasida ularning nutq ravonligi yanada yaxshilandi. Mashg‘ulot jarayonidagi muloqot, fikr almashish va munozaralar esa o‘quvchilarning kommunikativ salohiyatini mustahkamladi.

Ushbu to‘garak o‘quvchilarda ingliz tilida erkin suhbatlashish ko‘nikmasini rivojlantirish, fikrni aniq va mantiqiy ifodalash kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qildi hamda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿 O’zDJTU tarjimonlik fakulteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi Sayed Korayem Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Til va adabiyot davlat universitetida boʻlib oʻtgan qiyosiy filologiya va tarjima boʻyicha konferensiyada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti nomidan ishtirok etish sharafiga muyassar boʻldi. Uning maqolasi "Qiyosiy lingvistik tadqiqotlarni rivojlantirish tamoyillari" deb nomlangan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!


https://t.me/arab_tili_kafedrasi

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram. Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1