O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14.1K subscribers
40.1K photos
2.5K videos
317 files
8.17K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
📆 Bugun Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqod faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan O’zbek milliy musiqamiz rivojiga dutor chalib sezilarli hissa qo’shayotgan Universitetimiz “Dutorim-sozim” dutorchi qizlar klubi a’zolari taqdirlanishdi.

Ushbu klub qizlari universitetimizning turli-xil Forum va tadbirlarida o'z chiqishlari bilan faol ishtirok etib kelishayotgani maqtovga sazovordir.

🔹Iste’dodli qizlarga kelgusidagi o’qishlariga, ijodlariga va Universitetimiz ma’naviy - ma’rifiy tadbirlariga yanada faol bo’lishlariga omad tilab qolamiz.
5👍1🔥1
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Biz va rus so‘zi” ilmiy-ijodiy loyihasi doirasida “XXI asr yoshlar ilmida jahon filologiyasi innovatsiyalari: natijalar va istiqbollar” mavzusidagi an’anaviy yoshlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori Ilhomjon Tuxtasinov ochib berib, bunday ilmiy uchrashuvlarning ta’lim maskani hayotidagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Konferensiya ishida yetakchi adabiyotshunoslar, shuningdek, O‘zbekistonning taniqli shoir va yozuvchilari ishtirok etdilar. Plenar yig‘ilish va ilmiy-ijodiy sessiyalar davomida quyidagi ma’ruzachilarning chiqishlari tinglandi:
• O‘zbekistondagi Rus madaniyati markazi raisi o‘rinbosari T.S. Alimxodjayev,
• filologiya fanlari doktori, O‘zDJTU professori N.M. Petruhina,
• filologiya fanlari doktori, O‘zDJTU professori A.S. Lixodzievskiy,
• filologiya fanlari doktori, Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti Yu.U. Matenova,
• O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari: shoir, adabiyotshunos va tarjimon N.D. Ilin, bolalar yozuvchisi L.A. Polonskaya, shoir, prozachi va adabiy tanqidchi A.V. Pavlyuk.

Ma’ruzalar yakunida talabalar va spikerlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Tadbir so‘ngida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi:
“Eng yaxshi proza asari”,
“Eng yaxshi she’r”,
“Rus tiliga eng yaxshi tarjima”,
“Rus tili bo‘yicha eng yaxshi maqola”,
“Adabiyot bo‘yicha eng yaxshi maqola”.

Konferensiya rus filologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun nafaqat yangi bilimlar manbai, balki ijodiy salohiyatini namoyon etish va rivojlantirish imkonini bergan muhim maydonga aylandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1🔥1
🟦🟦🟦

🇺🇿 27-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida “Konstitutsiya bilimdoni – 2025” tanlovi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Tanlov test shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga 15 daqiqa ichida 30 ta savolga javob berish imkoniyati yaratildi.


Mazkur tanlov natijalari 8-dekabr kuni Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirida eʼlon qilinadi. Gʻolib ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantiriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Maʼnaviyat va maʼrifat soati

🇺🇿 28-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Nazarov hamda tyutor S. Ochilova tomonidan 2-bosqich Xitoy tili yoʻnalishi talabalari ishtirokida “Maʼnaviyat va maʼrifat soati” darsi oʻtkazildi.

Mazkur dars davomida talabalarga hafta davomida yurtimiz va dunyoda roʻy bergan eng muhim hamda dolzarb yangiliklar haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega videoroliklar namoyish etilib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Bu esa talabalarning dunyoqarashini va fikrlash doirasini yanada kengaytirishga yordam beradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2