O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14.1K subscribers
39.9K photos
2.49K videos
317 files
8.14K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurash – yoshlar va OAV vakillari ishtirokida ochiq muloqot” mavzusida “Yoshlar press-klubi” maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir 2025-yil 28-noyabr kuni universitetda tashkil etildi.

Sessiyada universitetning barcha fakultetlaridan tayinlangan kordinator talabalar ishtirok etdi va korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, halollik madaniyati hamda fuqarolik mas’uliyati haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuvni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Hoshimov Bahodir Rustamovich olib bordi. Tadbir doirasida talabalar o‘z amaliy takliflari va loyihalarini taqdim etdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Barchamizga ma’lumki, har juma kuni mamlakatimizda “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash hamda milliy liboslarning kundalik hayotimizdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.


⭐️ Mazkur tashabbus doirasida 2025-yil 28-noyabr kuni O‘zDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Z. B. Davronova boshchiligida 2-bosqich FFRA-2401-guruh talaba-qizlari ishtirokida navbatdagi “Milliy liboslar chelendji " tashkil etildi.

🇺🇿 Atlas, adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslar nafaqat estetik go‘zalligi bilan ajralib turdi, balki xalqimizning boy madaniy merosini ifodalab, ish muhitiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

🌎 Milliy liboslar – bu faqat tashqi ko‘rinish emas, balki milliy o‘zlikni anglash, o‘zbekona qadriyatlarni e’zozlash va ulug‘ ajdodlarimiz merosini yosh avlodga yetkazishdek yuksak maqsadga xizmat qiluvchi ramzdir.

Biz bilan birga boʻling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1🎉1🤩1
0️⃣0️⃣0️⃣

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati bilan birga 1-talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

U yerda talabalarning yashash sharoitlari, bo‘sh vaqtlarini qanday mazmunli o‘tkazayotganliklari bilan yaqindan tanishdi, ular bilan samimiy suhbat o‘tkazdi va qiziqishlari borasida fikr almashdi.

Shuningdek, TTJda yaratilgan sharoitlar, binoning isitish tizimi, tozalik va boshqa qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Talabalar o‘zlari uchun yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirib, bo‘sh vaqtlarida amalga oshirayotgan ijodiy mashg‘ulotlari va badiiy chiqishlaridan namunalar taqdim etdilar.

Rektor Talabalar turar joyi atrofi va ichki hududlarini ham ko‘zdan kechirib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar va tavsiyalar berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3😢1🤩1
📆 Bugun Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqod faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan O’zbek milliy musiqamiz rivojiga dutor chalib sezilarli hissa qo’shayotgan Universitetimiz “Dutorim-sozim” dutorchi qizlar klubi a’zolari taqdirlanishdi.

Ushbu klub qizlari universitetimizning turli-xil Forum va tadbirlarida o'z chiqishlari bilan faol ishtirok etib kelishayotgani maqtovga sazovordir.

🔹Iste’dodli qizlarga kelgusidagi o’qishlariga, ijodlariga va Universitetimiz ma’naviy - ma’rifiy tadbirlariga yanada faol bo’lishlariga omad tilab qolamiz.
5👍1🔥1