O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14.1K subscribers
40K photos
2.5K videos
317 files
8.16K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Toshkent shahrida “QS Eurasia Forum – 2025” bo‘lib o‘tmoqda


Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “QS Eurasia Forum – 2025” anjumanida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya, Vengriya, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Yaqin Sharq mamlakatlaridan 300 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, hukumat idoralari va xalqaro tuzilmalar vakillari ishtirok etmoqda.

Forumning ochilish marosimida QS (Quacquarelli Symonds) prezidenti va Direktorlar kengashi raisi Nuntsio Kvakarelli nutq so‘zlab, Yevroosiyo mintaqasida oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning yangi strategik yo‘nalishlari, xalqaro integratsiya va ta’lim sifatini oshirish borasidagi global jarayonlarni ta’kidladi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi ham mazkur nufuzli anjumanda ishtirok etib, oliy ta’lim sohasidagi yangi tendensiyalar, reytinglar metodologiyasidagi o‘zgarishlar hamda xalqaro hamkorlikning kengayishi bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Forum davomida universitetimiz vakillari qator xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordi.


Uchrashuvlar jarayonida akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar, xorijiy professorlar ishtirokida mahorat darslari va xalqaro ta’lim dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Ma`lumot uchun, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “QS Eurasia Forum – 2025” Yevroosiyo ta’lim makonida oliy ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va dunyo universitetlari o‘rtasida yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Forum 26 noyabrgacha davom etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
0️⃣0️⃣0️⃣

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalar yashash sharoitini nazorat qildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida rektor talabalarning kundalik hayoti, ehtiyojlari va duch kelayotgan muammolarini tingladi. Talabalarning fikr va takliflari e’tiborga olindi, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Talabalarga elektr, gaz va dazmoldan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, yotoqxona va ijara uylarni toza saqlash, shuningdek, ozodalik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Rektor talabalar xavfsizligi va ularning qulay yashash sharoitlariga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥3👍1
📷 📺📺

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish jarayonidan fotolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥82👍2
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🚀 27-NOYABR — “SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA RASM YARATISHNI O‘RGANAMIZ” DARSIGA MARHAMAT!

Zamonaviy ijod endi yangi bosqichda — AI yordamida rasm yaratish siz o‘ylagandan ham oson va nihoyatda qiziqarli!

📅 Sana: 27-noyabr
Davomiyligi: 1 kunlik intensiv dars
🌐 Format: Online, soat 21:00 da
📍 Manzil: @AI_master_N1

Dars davomida siz:
AI rasm generatorlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishni o‘rganasiz
Kuchli va aniq prompt yozish sirlarini o‘zlashtirasiz
Kino darajasidagi, realistik, komiks, 3D yoki kreativ uslublarda rasm yaratishni sinab ko‘rasiz
O‘zingizning birinchi AI asaringizni yaratasiz!

📌 DIQQAT:
Online darsga qatnashish uchun har bir ishtirokchiga alohida raqam beriladi.

Agar siz ham ijodkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishni istasangiz, ushbu darsni albatta boy bermang! 🎨🤖
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31