O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.6K photos
3.02K videos
323 files
9.76K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from O'zDJTU - Ingliz filologiyasi - Yoshlar Ittifoqi (Shahzoda Melikuzieva)
🎉 "TALABALAR KUNI" TADBIRIDAN YAKUNIY LAVHALAR! 🎉

Bugun, 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakultetida faoliyat olib borayotgan "Aleksandr Faynberg izdoshlari" klubining tashkilotchisi Murodova Nigora tomonidan tadbir tashkil qilindi.
Unda Fakultet yoshlar ishlari bo‘yicha dekan muovini Sherzodbek Zokirov, tyutor Afzalbek Namozaliyev hamda ko'plab tomoshabinlar ishtirok etdilar.

Talabalar yana bir bor isbotladiki — eng kreativ, shijoatli va kulgili hayot aynan ularning hayoti! 😎

📌 Tadbir davomida talabalar o'zlarini 3ta shart bo'yicha sinab ko'rishdi va 4-shartda ular o'zlari tasodifiy tanlagan sovg'alarga ega bo'lishdi, ya'ni

📍 Lucky Box — Omad qutisi
Kimdir sertifikat, kimdir esa shirinlik bilan taqdirlandi 🍬

Talabalik — bu stress + kulgi + orzu + qiziq sarguzashtlar aralashmasi 🎭

Barchaga ishtiroki uchun katta rahmat! Siz bilan yana kuchli loyihalarda uchrashamiz! 🚀

https://t.me/englishphilologyfaculty
https://t.me/aleksandrfaynbergizdoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🤩1
🟦🟦🟦

🇺🇿 18-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari boshlandi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bayrogʻimiz – faxrimiz, gʻururimiz!

🇺🇿 17-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti tyutori Z. Xojiyeva tashabbusi bilan FTURK-2424 guruh talabalari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 34 yilligi munosabati bilan maxsus videorolik tayyorlandi.

Mazkur videorolikda bayrogʻimizning yurtimiz hayotidagi o‘rni, uning tarixiy va maʼnaviy ahamiyati keng yoritildi.

Tadbir talabalarining Vatan ramzlariga bo‘lgan hurmat va eʼtiborini yanada mustahkamladi.

Vatanimiz timsoli boʻlgan muqaddas bayrogʻimiz doimo baland hilpirab tursin!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍3👏3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan 17-noyabr xalqaro talabalar kuni munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.

▶️Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berdi.

Tadbirimiz yuqori kayfiyat va yorqin taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.

▪️Dastlab, Talabalar Express loyihasida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalarmiz tantanali ravishda taqdirlandi. 🎉 Ularning mehnati va yutug‘i barchaga ilhom bo‘ldi.

▪️Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan ijro etilgan “Popuri” raqsi esa tadbirga yanada joziba bag‘ishlab, tomoshabinlarda ajoyib taassurot qoldirdi. 💃🕺

▪️Shundan so‘ng, qiziqarli qo‘shiqlar, zavqli o‘yinlar va kulgili chiqishlar bilan tadbir yanada qizg‘in ruhda davom etdi. 🎶🎤
Talabalarimizning ijodkorligi, energiyasi va faol ishtiroki tadbirga haqiqiy bayramona muhit yaratdi.

🟢Tadbirimiz ko‘tarinki ruhda bo’lib o‘tib, barchaga unutilmas lahzalar ulashdi. Yakunda talabalarga minnatdorchilik bildirildi va barchaga kelgusidagi faoliyatida omad tilandi.
Tadbir iliq tilaklar, samimiy olqishlar va yorqin taassurotlar bilan nihoyasiga yetdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4🎉2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇫🇷🇺🇿🇺🇿 OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Z. Davronova tashabbusi bilan FFRA-2404-guruh talabalari — Raxmatullayeva Maxfuzar va Azizova Sitora tomonidan Fransiyadan tashrif buyurgan Serji-Pontuaz universiteti professori LUC D’all’Armelina bilan qiziqarli intervyu tashkil etildi.

Suhbat davomida fransiyalik professor Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari, Toshkentning diqqatga sazovor joylari, milliy taomlari va xalqimizning mehmondoʻstligi haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

🇫🇷 LUC D’all’Armelina ta’kidlashicha:
“Oʻzbek xalqi madaniyati — qadimiy an’analar va zamonaviy hayot tarzining uygʻunligi. Mehmondoʻstlik, kattalarni hurmat qilish va oilaviy qadriyatlarga sodiqlik bu xalqning eng goʻzal fazilatlaridir.”


Shuningdek, u oʻzbek milliy oshxonasi — palov, somsa, lagʻmon, chuchvara va non turlarining nafaqat betakror ta’mi, balki xalqning mehnatsevarligi va birlik ramzi ekanini alohida ta’kidladi:

“Oʻzbek taomlari odamlarni bir dasturxon atrofida birlashtiradi. Bu jamiyatdagi hamjihatlik va birlik ruhining ifodasidir,” — dedi u.

Fransiyalik mutaxassisning fikricha, Oʻzbekistonning boy tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari xalqimizning yuksak ma’naviyatini namoyon etadi. Bu diyor nafaqat qadimiy meros, balki zamonaviy madaniyat markazi sifatida ham katta salohiyatga ega.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan tadbir

17-noyabr kuni😊 Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori Sodiqova Durdona Kosimovna tashabbusi bilan 2505-guruh talabalari ishtirokida O‘zbekiston Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalarga Davlat bayrog‘imizning ahamiyati, uning ramziy mazmuni va milliy identitetimizdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Talabalar bayrog‘imizning ranglari, oy va yulduz timsollari xalqimiz tarixi va ma’naviyati bilan qanday bog‘liqligini muhokama qilib, o‘z fikrlarini erkin bayon qildilar.

Bunday tadbirlar yoshlarimizda Vatanga sadoqat tuyg‘usini kuchaytiradi, milliy ramzlarimizni chuqur anglashga yordam beradi va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlaydi. Ularni o‘z yurtiga mehr bilan xizmat qilishga ilhomlantiradi.
10🔥5👍4👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTU Angren filiali Xorijiy tillar fakultetida 17-noyabr kuni talabalar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Tadbir boshidan oxirigacha iliq muhit, do‘stona kayfiyat va yuqori energiya bilan davom etdi.

Talabalar hamda o‘qituvchilar birgalikda turli interaktiv shartlarda ishtirok etib, o‘z bilim va topqirliklarini, shuningdek jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon qilishdi. O‘qituvchilarning faol qatnashuvi tadbirga yanada qiziqarli ruh va samimiy tus berdi.

Tadbir jarayonida kulgu, motivatsiya va ijodiy fikrlar uyg‘unlashib, ishtirokchilarda yorqin taassurot qoldirdi. Bayram yakuni esa barcha talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, yangi o‘quv haftasini yaxshi ruhda boshlashga turtki bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3