O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.5K photos
3.02K videos
323 files
9.75K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti “Nemis tili nazariy fanlar” kafedrasi tomonidan Uchtepa tumanidagi umumta’lim maktablarida navbatdagi nemis tili to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Sh. Jumanazarova boshchiligida 283-maktabda „Die Kleidungsstücke“ (Kiyim-kechaklar) mavzusida dars bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar mavzuga oid yangi so‘zlar, ularning talaffuzi va qo‘llanilishini mustahkamlab, interaktiv mashg‘ulotlar orqali kiyim nomlarini nemis tilida aytish, tasvirlash va kichik suhbatlar qurish bo‘yicha mashq qilishdi.

Shuningdek, 92-maktabda 3-bosqich talabalari Sh. Nazarbayeva va F. Faxriddinova tomonidan “Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish” markazi doirasida “Das deutsche Alphabet und Begrüßungen” (Nemis tili alifbosi va salomlashish) mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi. O‘quvchilar nemis alifbosidagi harflarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgandilar, nemis tilida salomlashish, xayrlashish va o‘zini tanishtirishni amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi.

Darslar davomida o‘quvchilar talaffuz, tinglab tushunish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar. To‘garak mashg‘ulotlari jonli, qiziqarli va samarali o‘tdi, o‘quvchilarning faolligi esa yanada ruhlantirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
Imtihon natijalari

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonini topshirishga ruxsat etilgan talabgorlarning natijalari

10.00.04 –Yevropa,Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonini topshirishga ruxsat etilgan talabgorlarning natijalari

10.00.11 –Til nazariyasi.Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonini topshirishga ruxsat etilgan talabgorlarning natijalari

10.00.06 –Qiyosiy adabiyotshunoslik,chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonini topshirishga ruxsat etilgan talabgorlarning natijalari

10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonini topshirishga ruxsat etilgan talabgorlarning natijalari

13.00.01 –Pedagogika nazariyasi.Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonini topshirishga ruxsat etilgan talabgorlarning natijalari

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5👍2
Bugun Ingliz tili 1-fakulteti dekani Guli Ergasheva universitet mehmonxonasida istiqomat qiluvchi Ozarbayjon tillar universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar holidan xabar oldi

📍Ma’lumki, hozirda Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi 1 kafedrasi hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasida xalqaro hamkorlik dasturi doirasida Ozarbayjon tillar universitetidan kelgan tajribali mutaxassislar faoliyat yuritib kelmoqda.

Uchrashuv davomida fakultet dekani professor-o‘qituvchilar pedagogika fanlari doktori, dotsent Elmira Aliyeva va pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Sevinch Musayeva bilan samimiy suhbat qurdilar. Muloqotda ustozlarning universitetdagi o‘quv jarayoni, ilmiy muhit, talabalar bilan ishlash tajribalari hamda kuzatuvlari haqida fikrlar tinglandi.

Bir piyola choy atrofida kechgan suhbat iliq va do‘stona ruhda o‘tib, xorijlik ustozlar o‘zlarining istiqboldagi rejalari, ilmiy izlanishlari va qo‘shma loyihalar borasidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.
👍51🤩1
🏠 1-Talabalar turar joyida talabalar holidan xabar oldindi

Ingliz tili 1-fakulteti dekani Guli Ergasheva, dekan muovini Nizomiddin Lapasov bugun 1-talabalar turar joyda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida xonalar holati, turar joydagi qulayliklar, gigiyena talablariga rioya etilishi, shuningdek, xavfsizlik tizimlari o‘rganib chiqildi. Mavjud imkoniyatlar bilan bir qatorda, e’tibor talab qiladigan jihatlar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilandi.

Talabalar bilan suhbatlashib, ularning kundalik yashash jarayonidagi muammolari, takliflari va ehtiyojlari tinglandi. Har bir murojaat alohida qayd etilib, tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Guli Ergasheva talabalarga yaratilgan sharoitni yanada yaxshilash fakultet rahbariyati uchun muhim vazifa ekanini ta’kidlab o‘tdi. Unga ko‘ra, talabalar xavfsizligi, qulay yashash muhiti va farovonligi doimiy nazoratda bo‘lib, bu boradagi ishlar uzluksiz davom ettiriladi.
4👍2
📚 “Kitob mening do‘stim” — ma’rifiy suhbat 2–4-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazildi

17-noyabr kuni Umumiy tilshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchilari N.R. Madaminova, Sh.A. Alimardanova va A.R. Galyamova O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro QTD bo‘limining 2–4-kurs talabalariga “Kitob mening do‘stim” mavzusida ma’rifiy suhbat tashkil etdilar.

Uchrashuv davomida talabalarga kitobning tarixiy taraqqiyoti — qadimgi qo‘lyozmalar shaklidan tortib, bugungi zamonaviy elektron kitoblargacha bo‘lgan yo‘li aks etgan qiziqarli taqdimot namoyish etildi. Mazkur jarayon kitobning insoniyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rnini yana bir bor yoritib berdi.

O‘qituvchilar turli hajm va shakldagi kitoblar bilan tanishtirib, ularning o‘ziga xos jihatlari, yaratilish tarixi hamda madaniy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Talabalar suhbat davomida faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kitob o‘qish madaniyati va uning shaxs kamolotidagi o‘rniga oid fikr almashdilar.
👍5🤩32
Forwarded from O'zDJTU - Ingliz filologiyasi - Yoshlar Ittifoqi (Shahzoda Melikuzieva)
🎉 "TALABALAR KUNI" TADBIRIDAN YAKUNIY LAVHALAR! 🎉

Bugun, 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakultetida faoliyat olib borayotgan "Aleksandr Faynberg izdoshlari" klubining tashkilotchisi Murodova Nigora tomonidan tadbir tashkil qilindi.
Unda Fakultet yoshlar ishlari bo‘yicha dekan muovini Sherzodbek Zokirov, tyutor Afzalbek Namozaliyev hamda ko'plab tomoshabinlar ishtirok etdilar.

Talabalar yana bir bor isbotladiki — eng kreativ, shijoatli va kulgili hayot aynan ularning hayoti! 😎

📌 Tadbir davomida talabalar o'zlarini 3ta shart bo'yicha sinab ko'rishdi va 4-shartda ular o'zlari tasodifiy tanlagan sovg'alarga ega bo'lishdi, ya'ni

📍 Lucky Box — Omad qutisi
Kimdir sertifikat, kimdir esa shirinlik bilan taqdirlandi 🍬

Talabalik — bu stress + kulgi + orzu + qiziq sarguzashtlar aralashmasi 🎭

Barchaga ishtiroki uchun katta rahmat! Siz bilan yana kuchli loyihalarda uchrashamiz! 🚀

https://t.me/englishphilologyfaculty
https://t.me/aleksandrfaynbergizdoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🤩1