Forwarded from 3rd English faculty (MUSOXON Pulotovich Jakbarov)
📌 17.11.2025 yil Ingliz tili 3-fakulteti dekani I.Xaydarov, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov hamda tyutor Xolmurodova Zebiniso kuz - qish mavsumiga tayyorgarlikni o'rganish va talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishish maqsadida Uchtepa tumanida ijarada turuvchi talabalar xonadonlariga tashrif amalga oshirishdi.
👍8❤4
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Angren filialida 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari tantanali ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir filial rahbariyati — B. Baxriddinovich va Sh. Mamataliyev boshchiligida tashkil etilib, talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Bayram doirasida ustozlar tashabbusi bilan mehr-oqibat ramzi sifatida talabalar uchun mazali milliy plov tayyorlandi.
Filial tyutorlari va mas’ul jamoa tomonidan bayramona shukuh yaratilib, tadbirga tashrif buyurgan har bir talaba samimiyat bilan kutib olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1
Tadbir boshlandi!
Tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Nazarov, xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi G. Odilova hamda tyutorlar tomonidan faol tashkillashtirilib, talabalarni kutib olishmoqda.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
Milliy qadriyatlar va kitobxonlik
🇺🇿 17-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari G. Odilova va X. Qurbanova tashabbusi bilan FYAP-2508 hamda FYAP-2510 guruhlari talabalari ishtirokida “Milliy qadriyatlar va kitobxonlik” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida kitobxonlikka oid turli savol-javoblar tashkil etildi. Shuningdek, talabalar tomonidan sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi.
Shu kabi tadbirlar talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, milliy qadriyatlarimizga doir tushunchalarini boyitishga yordam beradi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar tyutorlar tomonidan rag‘batlantirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Tadbir davomida kitobxonlikka oid turli savol-javoblar tashkil etildi. Shuningdek, talabalar tomonidan sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi.
Shu kabi tadbirlar talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, milliy qadriyatlarimizga doir tushunchalarini boyitishga yordam beradi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar tyutorlar tomonidan rag‘batlantirildi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3
13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar-3 kafedrasi professor-o‘qituvchilari Z.R. Bobojonova, D.M. Kambarova va A.D. Kulmatova tomonidan Toshkent shahridagi 168-umumta’lim maktabida “Vazifaga asoslangan til o‘qitish (Task-Based Language Teaching — TBLT)” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mazkur tashrif O‘zDJTU va poytaxtdagi umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or pedagogik tajribalarni almashish hamda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy metodlardan — xususan, TBLT yondashuvidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratildi.
Mahorat darsi davomida o‘qituvchilar Task-Based Language Teaching metodining nazariy asoslari, bosqichlari (pre-task, task cycle, post-task) va ularning amaliy dars jarayonida qo‘llanilishi bilan tanishdilar. TBLT uslubining asosiy afzalliklari — o‘quvchilarning muloqotga yo‘naltirilgan fikrlashini rivojlantirish, tilni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, hamkorlikda o‘rganish va kommunikativ kompetensiyani shakllantirish — misollar orqali ko‘rsatib berildi.
Amaliy qismda ishtirokchilar uchun interfaol mashqlar tashkil etildi. Ular o‘zlari dars jarayonida qo‘llashi mumkin bo‘lgan TBLT topshiriqlarini ishlab chiqdilar: “Information Gap”, “Problem Solving” va “Role Play” kabi vazifalar asosida kichik guruh mashg‘ulotlari bajarildi.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarga metodik taklif va tavsiyalar berildi, dars samaradorligini oshirish yo‘llari muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤5👍1