Ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabalari Xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etdilar
2025-yil 15-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Global Future Expo Xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetining 1-bosqich talabalari Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi mudiri Isaqulova Baxtigul Xo‘jamovna boshchiligida ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalar xorijda o‘qish imkoniyatlari, xalqaro grant dasturlari hamda turli ta’lim loyihalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ko‘rgazma jarayonida ular bir qator davlatlardan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, talabalarga o‘zlarining kelajak ta’lim rejalari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur xalqaro ko‘rgazma universitet talabalari uchun xorijiy ta’lim bozorida kuzatilayotgan dolzarb tendensiyalar bilan yaqindan tanishish, professional aloqalar o‘rnatish hamda o‘z ustida ishlash motivatsiyasini oshirishga xizmat qildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍1
Joriy yilning 14–16-noyabr kunlari davom etadigan “17th International Conference on Intelligent Human-Computer Interaction (IHCI-2025)” xalqaro konferensiyasi Hindistonning Jaypur shahri, Banastali universitetida o‘z ishini boshladi.
Mazkur konferensiyada O‘zDJTUning 5 nafar professor-o‘qituvchilari hamda Tarjimonlik fakultetining 6 nafar talabalaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda. Jumladan:
— Tarjimonlik fakulteti dekani U. R. Yo‘ldoshev;
— Roman-german tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi N. Q. Ro‘ziboyeva;
— universitetning 2-bosqich doktoranti A. N. Axmedova;
— Registrator ofisi ma’lumotlar bazasi bo‘limi boshlig‘i A. N. Erkayev;
— Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori S. A. Tuychiyev
hamda fakultetning iqtidorli talabalari mazkur anjumanda faol ishtirok etishmoqda.
O‘zDJTU delegatsiyasi xorijiy tilni o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanish, AI texnologiyalarini turli sohalarga tatbiq etish va zamonaviy AI instrumentlaridan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlarda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar bilan fikr almashmoqda. Ushbu muloqot jarayoni delegatsiya a’zolariga sun’iy intellekt bo‘yicha yangi tajribalarni o‘rganish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash imkonini bermoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3🔥1🤩1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun dunyoda nogironligi bo‘lgan qariyb 1 milliardga yaqin inson yashaydi. Bu esa, inklyuziv ta’lim masalasi naqadar dolzarb ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.
Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan talabalar uchun:
• to‘siqsiz, qulay va moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish,
• maxsus pedagoglar hamda zamonaviy metodlarni qo‘llash,
• ularning jamiyatga to‘laqonli integratsiyasini ta’minlashdir.
Bizni kuzatib boring ;
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
Joriy yilning 14- noyabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Zokirov Sherzod Noʻmonjonivich va fakultet tyutori S. Fozilova hamda 1- kurs talabalari R. Ahmadjonova va B.Arapataliyeva tashabbusi bilan talabalar kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda bir nechta guruh jamoalari faol ishtirok etishdi.
🥇1- oʻrinni " Espada"
🥈2- oʻrinni "SmartX"
🥉3-oʻrinni "Oraliqlarga tayyorlanmaysanmi" jamoalari qoʻlga kiritdi.
Tadbirning asosiy maqsadi
1. Talabalar o‘rtasida do‘stlik va birdamlikni mustahkamlash.
(Bir-birini yanada yaxshi tanishi va jamoaviy muhitni kuchaytirish.)
2. Ijodkor, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iste’dodini namoyish qilish.
3. Talabalar faolligini oshirish va ijtimoiy hayotga jalb qilish.

👍6❤3🎉1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🌿✨ Ingliz filologiyasi fakultetidan unutilmas kun! ✨🌿
Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori K. Asqarova o‘ziga biriktirilgan talabalari bilan birgalikda bugun Kumushkonga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirdi.
Tabiatning osoyishtaligi, toza havoda o‘tkazilgan suhbatlar va iliq muhit — barchasi talabalar uchun chinakam ruhiy yangilanish bo‘ldi. 🌤💚
👣 Sayohat davomida talabalar:
— bir-birlari bilan yanada yaqinroq bo‘lishdi;
— ochiq va samimiy muloqot qilishdi;
— jamoaviylikning haqiqiy qiymatini his etishdi;
— yangi motivatsiya va kuchli ijobiy energiya bilan to‘lishdi.

❤13👍1