O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.7K photos
3.02K videos
323 files
9.77K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

2025 yil 14-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til: ingliz tili” yo‘nalishidagi kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda tinglovchilar o‘z ilmiy-amaliy loyihalarini attestatsiya komissiyasi oldida taqdim etib, malakaviy ishlarini himoya qilishdi.

Tinglovchilar o‘z loyihalarida zamonaviy ta’lim jarayonlariga moslashgan g‘oyalar va pedagogik metodlarni qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rsatdilar.

Attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov, tinglovchilarni samimiy tabriklab, kurs davomida erishilgan yutuqlar va o‘zlashtirilgan bilimlar pedagogik faoliyatda samarali qo‘llanilishi muhimligini ta’kidladi.

Mazkur yakuniy bosqich tinglovchilarning kasbiy mahoratini mustahkamlash, ilmiy-uslubiy faoliyatga tayyorlash va pedagog sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥3👏2🎉2👍1
Forwarded from UzSWLU sports club
🏆🏆🏆
⚽️ Joriy yilning 13-14-noyabr kunlari Oʻzbekiston milliy universiteti sport maydonida talabalar oʻrtasida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada poytaxtimizning eng sara jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

🥈 Quvonarlisi, ushbu musobaqaning kumush medallari OʻzDJTU terma jamoasiga nasib etdi. Respublika final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun OʻzDJTU hamda OʻzMU jamoalari maydonda bor kuch va mahoratlarini namoyish etishdi.

🛡Yakunda gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥
Tarjimonlik fakultetida “Yosh tadqiqotchilar” ilmiy to‘garagi o'z faoliyatini boshladi!

O‘zDJTU 🇺🇿Tarjimonlik fakulteti Arab tili kafedrasi rahbarligida talabalar o‘rtasida ilmiy izlanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Yosh tadqiqotchilar” nomli ilmiy maqola yozish to‘garagi tashkil etildi.

To‘garak davomida talabalar:
1️⃣Maqola va uning turlari haqida ma'lumotga ega bo'ldilar;
2️⃣Ilmiy maqola yozishning bosqichlari bilan tanishdilar;
3️⃣Ilmiy maqolaning xususiyatlarini o'rgandilar;
4️⃣Ilmiy konferensiya va jurnallar haqida ma'lumotga ega bo'ldilar;


🔍Ilmiy rahbar talabalar uchun ilmiy maqola yozishda zarur bo‘lgan yo‘l-yo‘riq va amaliy ko‘rsatmalar berib, ularning ilmiy tafakkurini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi.

💡To‘garakda yoshlar o‘z ilmiy qiziqishlarini aniqlab, tadqiqot olib borishning ilk qadamlari bilan tanishdilar. Ular o‘z g‘oyalari asosida kichik ilmiy loyihalar yaratish, maqola yozish hamda taqdimot tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar oldilar.

💡To’garak iliq va ilmiy muhitda o‘tdi. Bunday mashg‘ulotlar ularning mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va ilmiy yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi

📌To‘garak ilmiy rahbari: Qodirova Kamala Salihovna
📌Toʻgarak mas'uli: Oʻktamova Mehribonu

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Alimardonova hamda 2416-guruh talabalari 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab ushbu videorolikni tayyorladilar.

Ushbu bayram – Vatanimiz timsoli bo‘lgan muqaddas davlat bayrog‘ining mustaqil O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rnini, uning yuksak ma’no va qadrini yodga soladi.

Ko‘k rang – tinchlik va osuda hayot timsoli,
Oq rang – poklik va ezgulik belgisi,
Yashil rang – yangilanish va hayot ramzi,
Qizil chiziqlar – yuragimizdagi jo‘shqinlik va qat’iyatni ifodalaydi.

Hilpirayotgan bayrog‘imiz – orzu-intilishlarimiz, g‘urur va sha’nimizning abadiy timsolidir.
12👍7
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ma’naviyat darsi

🇺🇿 14-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti dekani Djurayev Dilshod tomonidan 2-bosqich korey va xitoy filologiyasi yoʻnalishi talabalari uchun maʼnaviyat darsi o‘tkazildi.

Mazkur dars “Bagʻrikenglik” mavzusi ostida bo‘lib, unda talabalar o‘rtasida o‘zaro hurmat, hamjihatlik va mehr-oqibat tamoyillari haqida so‘z yuritildi. Dars davomida talabalar bag‘rikenglikning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shuningdek, ularga mazkur mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar berilib, ma’naviy ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun zarur masalalar muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Taekwondo toʻgaragi

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Taekwondo toʻgaragi olib borilmoqda.

Ushbu toʻgarakda "KOICA" tashkiloti tomonidan kelgan volontyorlar Woo Yejin va Seungjin tomonidan Taekwondo darslari oʻtkaziladi. Dars davomida talabalarga taekwondoga oid zarur mashqlar oʻrgatiladi.

🗓 Chorshanba va Juma
🕰 14.00 da

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥4👍3
Forwarded from Edu.uz
#BeshTashabbusOlimpiadasi
#Guliston_2025

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning final bosqichi – Gulistonda!

Joriy yilning 17–20-noyabr kunlari Guliston davlat universiteti hamda Guliston shahridagi boshqa oliy ta’lim muassasalari va markaziy sport maydonlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalar davomida butun respublika bo‘ylab saralangan iqtidorli talabalar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, sportning mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

📍 Manzil: Guliston shahri, Guliston davlat universiteti va markaziy sport maydonlari
📅 Sana: 17–20-noyabr

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7