O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.1K photos
2.5K videos
317 files
8.17K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori Xamidova Shaxnoza Sirojiddinovna tashabbusi bilan 1-kurs 2545-guruh talabalari Toshkent shahridagi Tabiat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Muzeyda hayvonlar, qushlar, hasharotlar, toshlar, minerallar va o‘simliklarning minglab namunalarini ko‘rish mumkin. Har bir bo‘limda tabiatning turli jihatlari — hayot evolyutsiyasi, o‘simlik va hayvonot dunyosining xilma-xilligi, shuningdek, O‘zbekistonning tabiiy boyliklari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Tashrif davomida talabalar tabiatning boy va rang-barang dunyosi bilan yaqindan tanishdilar. Ular hayvonot va o‘simlik olamining turlari, ularning yashash muhiti hamda tabiatni asrashning muhimligi haqida ko‘plab foydali bilimlarga ega bo‘ldilar.

Eng asosiysi, ushbu tashrif talabalar qalbida tabiatga mehr, uni asrash va qadrlash tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtadinov ochib berdi. Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Xoshimov Elmurod Abdusattorovich ishtirok etdi.

Davra suhbatida talabalar uchun quyidagi faoliyatlar o‘tkazildi:
“O‘zmilliybank” AJ tizimidagi kredit mahsulotlari va startap loyihalarni taqdimoti, bo‘lim boshlig‘i Ostonov Bexruz tomonidan.
• Talabalar uchun motivatsion biznes-trening va seminar-treninglar, jumladan karyera rivoji, shaxsiy brending, soft skills va professional tarmoqlarga qo‘shilish bo‘yicha “Invest book” MCHJ rahbari Ismoilova Dildora Sadriddinovna ishtirokida.
• Tadbir oxirida savol-javoblar va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida bitiruvchi talabalar o‘z startap g‘oyalari, ilmiy izlanishlari va ijtimoiy tashabbuslarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarni ishga joylashuv, tadbirkorlik va kasbiy rivojlanish yo‘lida qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va tashabbuskorligini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3😢1
🎉KUTGANMIDINGIZ???🎉

🚂17-NOYABR KUNI TALABALAR EXPRESSIGA SAYOHAT QILAMIZ! 🎓

🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan birgalikda quvonchga to’la sayohatni boshlaymiz! 💫

📣 Har bir bekatda sizni yangi tajriba, raqobat va iliq muhit kutadi!💥

🚩G’alabalar maydoni bekati
Kim chempion bo’ladi? 💪
Sport (futbol, voleybol, shaxmat-shashka )
🕖09:00
📍Asosiy bino sport majmuasi
📥Murojaat uchun: Fakultet yetakchingiz bilan bog’laning.


🎮Cyber arena bekati
Komputer va video o’yinlar olamida jamoangiz bilan raqobat qiling!
📍Asosiy bino futbol maydoni
🕖09:00
📥Murojaat uchun:@just_me_vs_mee


👠Go’zallik sahnasi bekati
Usul, go’zallik va ishonch - sahnada bellashadi! 💃
📍Rektorat binosi
🕖09:00
📥Murojaat uchun: @Lolome2201

🔍Quest bekati
Topshiriqlarni yeching, jamoangiz bilan sarguzashtni yuting!
📍Asosiy bino hovlisi
🕖09:00
📥Murojaat uchun: @wayfareronotherside

⁉️Aql sinov bekati
Eng zukko, eng tezkor va eng topqir talabalar shu yerda aniqlanadi.
📍Asosiy bino — faollar zali
🕖09:00
📥Murojaat uchun: @Just_Khumoyun

📚Ma’rifat bekati
Bilim, fikr va zukkolik sinovidan o‘ting!
Sevimli kitoblardan savollar, qiziqarli viktorinalar va aqlni charxlovchi o‘yinlar sizni kutmoqda!🧠
📍Axborot resurslar markazi
🕖09:00
📥Murojaat uchun: @Zebiniso_Rustamova

🎙SIZ KUTGAN MANZIL GALA KONSERT BEKATI!
🎶Bu bekatda sizni raqslar, kuylar, shodlik va g’oliblarni taqdirlash marosimi kutmoqda!
📍Asosiy bino 2-ingliz hovlisi
🕖17:00


🎉Keling bu kunni shunchaki kun emas super shov-shuv bilan nishonlaymiz!

Bizni kuzatib boring
📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉108👍4🔥2👏1
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

🇺🇿🇷🇺 Qo‘shma malaka oshirish kursining Rossiya Federasiyasi, Sankt-Peterburg davlat universiteti bosqichi boshlandi.

📅 2025-yil noyabr oyining boshida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti (SPbDU) hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursining Rossiya bosqichi o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu bosqich doirasida Sankt-Peterburg davlat universitetining yetakchi mutaxassislari Farraxova Margarita Vladimirovna va Aleksandrova Taisiya Igorevna Toshkent shahriga tashrif buyurib, 13- noyabrdan boshlab “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” yo‘nalishidagi tinglovchilar uchun dars mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar.

Tashrif davomida SPbDU vakillari Tarmoq markazi rahbariyati bilan uchrashib, markazning faoliyati, infratuzilmasi hamda o‘quv sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv chog‘ida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, kelgusidagi ilmiy-metodik loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

SPbDU mutaxassislari tomonidan olib boriladigan mashg‘ulotlar 10 kun davom etib, ular maxsus modullar – rus tili o'qitishning ilg‘or metodlari, rus tilini xorijiy til sifatida o'qitish bo‘yicha amaliy yondashuvlar, ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish hamda zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashuvlarga bag‘ishlangan.

Mazkur qo‘shma malaka oshirish kursi Memorandum asosida amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik loyihalaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o‘rtasidagi ta’limiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, rus tili professor-o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini xalqaro darajada rivojlantirishga xizmat qilada.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👏1