Angren Xorijiy tillar fakultetida ijodiy harakatlar avjida!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren filiali Xorijiy tillar fakultetida buyuk shoir Usmon Nosir hayotiga bag‘ishlangan teatr namoyishini sahnalashtirish maqsadida “Yosh ijodkorlar” klubi tashabbusi doirasida jadal tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ushbu sahna asari orqali talabalarda milliy g‘urur, adabiyotga muhabbat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Teatr namoyishi — ijod va ilhom uyg‘unlashgan sahna bo‘lib, unda yosh iste’dodlarning yangi qirralari namoyon bo‘ladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍3
13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori Xamidova Shaxnoza Sirojiddinovna tashabbusi bilan 1-kurs 2545-guruh talabalari Toshkent shahridagi Tabiat muzeyiga tashrif buyurishdi.
Muzeyda hayvonlar, qushlar, hasharotlar, toshlar, minerallar va o‘simliklarning minglab namunalarini ko‘rish mumkin. Har bir bo‘limda tabiatning turli jihatlari — hayot evolyutsiyasi, o‘simlik va hayvonot dunyosining xilma-xilligi, shuningdek, O‘zbekistonning tabiiy boyliklari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Tashrif davomida talabalar tabiatning boy va rang-barang dunyosi bilan yaqindan tanishdilar. Ular hayvonot va o‘simlik olamining turlari, ularning yashash muhiti hamda tabiatni asrashning muhimligi haqida ko‘plab foydali bilimlarga ega bo‘ldilar.
Eng asosiysi, ushbu tashrif talabalar qalbida tabiatga mehr, uni asrash va qadrlash tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtadinov ochib berdi. Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Xoshimov Elmurod Abdusattorovich ishtirok etdi.
Davra suhbatida talabalar uchun quyidagi faoliyatlar o‘tkazildi:
• “O‘zmilliybank” AJ tizimidagi kredit mahsulotlari va startap loyihalarni taqdimoti, bo‘lim boshlig‘i Ostonov Bexruz tomonidan.
• Talabalar uchun motivatsion biznes-trening va seminar-treninglar, jumladan karyera rivoji, shaxsiy brending, soft skills va professional tarmoqlarga qo‘shilish bo‘yicha “Invest book” MCHJ rahbari Ismoilova Dildora Sadriddinovna ishtirokida.
• Tadbir oxirida savol-javoblar va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida bitiruvchi talabalar o‘z startap g‘oyalari, ilmiy izlanishlari va ijtimoiy tashabbuslarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarni ishga joylashuv, tadbirkorlik va kasbiy rivojlanish yo‘lida qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va tashabbuskorligini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3😢1
Forwarded from Yoshlar Ittifoqi | OʻzDJTU
Kim chempion bo’ladi?
Sport (futbol, voleybol, shaxmat-shashka )🕖 09:00📍 Asosiy bino sport majmuasi📥 Murojaat uchun: Fakultet yetakchingiz bilan bog’laning.
Komputer va video o’yinlar olamida jamoangiz bilan raqobat qiling!
📍 Asosiy bino futbol maydoni🕖 09:00📥 Murojaat uchun:@just_me_vs_mee
Usul, go’zallik va ishonch - sahnada bellashadi!
📍 Rektorat binosi🕖 09:00📥 Murojaat uchun: @Lolome2201🔍 Quest bekati
Topshiriqlarni yeching, jamoangiz bilan sarguzashtni yuting!✨ 📍 Asosiy bino hovlisi🕖 09:00📥 Murojaat uchun: @wayfareronotherside⁉️ Aql sinov bekati
Eng zukko, eng tezkor va eng topqir talabalar shu yerda aniqlanadi.📍 Asosiy bino — faollar zali🕖 09:00📥 Murojaat uchun: @Just_Khumoyun📚 Ma’rifat bekati
Bilim, fikr va zukkolik sinovidan o‘ting!
Sevimli kitoblardan savollar, qiziqarli viktorinalar va aqlni charxlovchi o‘yinlar sizni kutmoqda!🧠 📍 Axborot resurslar markazi🕖 09:00📥 Murojaat uchun: @Zebiniso_Rustamova🎙 SIZ KUTGAN MANZIL —GALA KONSERT BEKATI! 🎶 Bu bekatda sizni raqslar, kuylar, shodlik va g’oliblarni taqdirlash marosimi kutmoqda!📍 Asosiy bino 2-ingliz hovlisi🕖 17:00
Bizni kuzatib boring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉10❤8👍4🔥2👏1