O‘ZDJTUda “Ma’rifat maydoni” ko‘rik–tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 9-oktabrdagi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik–tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur bosqichda universitetning barcha fakultetlaridan saralangan jamoalar ishtirok etib, o‘zining ma’rifiy bilimlari, badiiy tafakkuri va notiqlik mahoratini namoyish etdilar.
Universitet bosqichining yakuniy natijalari:
1-o‘rin — Ingliz tili 1-fakultetining “Ko‘hinur” jamoasi
2-o‘rin — Ingliz filologiyasi fakultetining “Avloniy” jamoasi
3-o‘rin — Roman-german fakultetining “Turon” jamoasi
Nomenatsiya g‘oliblari:
• Eng yaxshi ayol roli: Axmadaliyeva Xuvaydo, Ingliz filologiyasi fakulteti
• Eng yaxshi erkak roli: Turg‘unaliyev Samandar, Ingliz filologiyasi fakulteti
“Ko‘hinur” jamoasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti nomidan tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍2🎉2🔥1👏1🤩1
Angren Xorijiy tillar fakultetida ijodiy harakatlar avjida!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren filiali Xorijiy tillar fakultetida buyuk shoir Usmon Nosir hayotiga bag‘ishlangan teatr namoyishini sahnalashtirish maqsadida “Yosh ijodkorlar” klubi tashabbusi doirasida jadal tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ushbu sahna asari orqali talabalarda milliy g‘urur, adabiyotga muhabbat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Teatr namoyishi — ijod va ilhom uyg‘unlashgan sahna bo‘lib, unda yosh iste’dodlarning yangi qirralari namoyon bo‘ladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍3
13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori Xamidova Shaxnoza Sirojiddinovna tashabbusi bilan 1-kurs 2545-guruh talabalari Toshkent shahridagi Tabiat muzeyiga tashrif buyurishdi.
Muzeyda hayvonlar, qushlar, hasharotlar, toshlar, minerallar va o‘simliklarning minglab namunalarini ko‘rish mumkin. Har bir bo‘limda tabiatning turli jihatlari — hayot evolyutsiyasi, o‘simlik va hayvonot dunyosining xilma-xilligi, shuningdek, O‘zbekistonning tabiiy boyliklari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Tashrif davomida talabalar tabiatning boy va rang-barang dunyosi bilan yaqindan tanishdilar. Ular hayvonot va o‘simlik olamining turlari, ularning yashash muhiti hamda tabiatni asrashning muhimligi haqida ko‘plab foydali bilimlarga ega bo‘ldilar.
Eng asosiysi, ushbu tashrif talabalar qalbida tabiatga mehr, uni asrash va qadrlash tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtadinov ochib berdi. Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Xoshimov Elmurod Abdusattorovich ishtirok etdi.
Davra suhbatida talabalar uchun quyidagi faoliyatlar o‘tkazildi:
• “O‘zmilliybank” AJ tizimidagi kredit mahsulotlari va startap loyihalarni taqdimoti, bo‘lim boshlig‘i Ostonov Bexruz tomonidan.
• Talabalar uchun motivatsion biznes-trening va seminar-treninglar, jumladan karyera rivoji, shaxsiy brending, soft skills va professional tarmoqlarga qo‘shilish bo‘yicha “Invest book” MCHJ rahbari Ismoilova Dildora Sadriddinovna ishtirokida.
• Tadbir oxirida savol-javoblar va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida bitiruvchi talabalar o‘z startap g‘oyalari, ilmiy izlanishlari va ijtimoiy tashabbuslarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarni ishga joylashuv, tadbirkorlik va kasbiy rivojlanish yo‘lida qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va tashabbuskorligini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍3😢1