O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.1K photos
2.5K videos
317 files
8.17K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 13-noyabr kuni soat 12:00 da O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy kengash majlisida Tkachenko Alla Viktorovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha yozilgan “Oybekning “Navoiy” romani va L.G. Batning “Hayot bog‘i” qissasida Alisher Navoiy shaxsiyatining badiiy talqini” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya offline va ZOOM onlayn platformasi orqali o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov, ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar, ilmiy rahbar, soha mutaxassislari hamda doktorantlar ishtirok etdilar.

Dissertatsiya muhokamasi davomida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, Oybek va L.G. Bat asarlarida Alisher Navoiy obrazining o‘ziga xos badiiy talqini, shuningdek, qiyosiy tahlil usullarining ilmiy yangiligi yuzasidan fikr almashildi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan Alla Viktorovnaning tadqiqoti yuqori baholandi va dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilinganligi e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
🟦🟦🟦

O‘ZDJTUda “Ma’rifat maydoni” ko‘rik–tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 9-oktabrdagi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik–tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur bosqichda universitetning barcha fakultetlaridan saralangan jamoalar ishtirok etib, o‘zining ma’rifiy bilimlari, badiiy tafakkuri va notiqlik mahoratini namoyish etdilar.

Universitet bosqichining yakuniy natijalari:
1-o‘rin — Ingliz tili 1-fakultetining “Ko‘hinur” jamoasi
2-o‘rin — Ingliz filologiyasi fakultetining “Avloniy” jamoasi
3-o‘rin — Roman-german fakultetining “Turon” jamoasi

Nomenatsiya g‘oliblari:
Eng yaxshi ayol roli: Axmadaliyeva Xuvaydo, Ingliz filologiyasi fakulteti
Eng yaxshi erkak roli: Turg‘unaliyev Samandar, Ingliz filologiyasi fakulteti

“Ko‘hinur” jamoasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti nomidan tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🎉2🔥1👏1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Angren Xorijiy tillar fakultetida ijodiy harakatlar avjida!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren filiali Xorijiy tillar fakultetida buyuk shoir Usmon Nosir hayotiga bag‘ishlangan teatr namoyishini sahnalashtirish maqsadida “Yosh ijodkorlar” klubi tashabbusi doirasida jadal tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ushbu sahna asari orqali talabalarda milliy g‘urur, adabiyotga muhabbat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Teatr namoyishi — ijod va ilhom uyg‘unlashgan sahna bo‘lib, unda yosh iste’dodlarning yangi qirralari namoyon bo‘ladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori Xamidova Shaxnoza Sirojiddinovna tashabbusi bilan 1-kurs 2545-guruh talabalari Toshkent shahridagi Tabiat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Muzeyda hayvonlar, qushlar, hasharotlar, toshlar, minerallar va o‘simliklarning minglab namunalarini ko‘rish mumkin. Har bir bo‘limda tabiatning turli jihatlari — hayot evolyutsiyasi, o‘simlik va hayvonot dunyosining xilma-xilligi, shuningdek, O‘zbekistonning tabiiy boyliklari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Tashrif davomida talabalar tabiatning boy va rang-barang dunyosi bilan yaqindan tanishdilar. Ular hayvonot va o‘simlik olamining turlari, ularning yashash muhiti hamda tabiatni asrashning muhimligi haqida ko‘plab foydali bilimlarga ega bo‘ldilar.

Eng asosiysi, ushbu tashrif talabalar qalbida tabiatga mehr, uni asrash va qadrlash tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42