“Motivatsion kun” — talabalarga ruhiy turtki bag‘ishladi!
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixolog Z.T. Xayrullayeva, qizlar koordinatori H. Rafiqova, hamda “Qizlarjon & Lider qizlar” klubi koordinatorlari tashabbusi bilan “Motivatsion kun” shiori ostida motivatsion-psixologik aksiyasi (chellenj) tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning psixoemotsional muvozanatini mustahkamlash, ichki motivatsiyasini kuchaytirish va ijtimoiy-emotsional qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida amalga oshirilgan faoliyatlar:
• “Issiq qahva kabi hayotingiz ham jo‘shqin bo‘lsin” — bu shior orqali talabalar ongida hayotiy energiya va ijobiy ruhni kuchaytiruvchi metaforik motivatsion yondashuv qo‘llandi.
• “Shirinliklar ila mehrimizni ulashdik” — ishtirokchilar o‘rtasida emotsional yaqinlik va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlovchi interfaol almashinuv tashkil etildi.
• “Bugungi kun shiori” — talabalarning hayotiy qadriyatlarini anglash va o‘z-o‘zini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan self-motivation mashg‘uloti tarzida o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar empatik tinglash, pozitiv muloqot, interaktiv hamkorlik va emotsional qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Jarayon natijasida ularning sotsial intellekti, emotsional savodxonligi va ichki resurslardan foydalanish qobiliyati yanada faollashgani kuzatildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2
Forwarded from O'zDJTU “REGISTRATOR OFISI” XIZMATLARI
E’LON
Hurmatli talabalar!
Universitetimizda ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida https://survey.hemis.uz/
platformasi orqali so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Sizlardan iltimos qilamiz, Registrator ofisi faoliyatini baholashda faol ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring.
✅ So‘rovnoma sizning fikringiz asosida xizmat sifatini yanada yaxshilashga yordam beradi.
✅ Iltimos, baholashda xolis va ijobiy fikr bildirishingizni so‘raymiz.
📍 Havola: https://survey.hemis.uz/
Sizning faol ishtirokingiz — biz uchun muhim! 🙌
Registrator ofisi jamoasi sizning e’tiboringiz va faol ishtirokingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.

❤7👍2
Forwarded from O'zDJTU “REGISTRATOR OFISI” XIZMATLARI
📢 E’LON!
Hurmatli talabalar! 🎓
Endilikda Registrator ofisi faoliyati, muhim e’lonlar, hujjatlar topshirish muddatlari va barcha yangiliklar haqida birinchi bo‘lib xabardor bo‘lish imkoniyati sizda!
👉 Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling:
🔗 https://t.me/ofisregistratoruzswlu
Bu yerda siz uchun:
✅ Rasmiy e’lonlar
✅ Muhim yangiliklar
✅ Foydali ma’lumotlar
Hech narsani o‘tkazib yubormang — hoziroq a’zo bo‘ling!

👍5❤2
Forwarded from Ibrat Farzandlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ibrat farzandlari" jamoasi O'zDJTU qoshidagi Respublika til o'qitish markazida xitoylik o'zbek tili o'rganuvchilari bilan uchrashib, platforma haqida ma'lumot berishdi.
🎤 Markaz direktori Gulnora Akilovaning aytishicha, hozirda o'zbek tilini o'rganuvchi xorijlik fuqarolar soni ortib bormoqda va learnuzbek.ai platformasi bu soha rivojida ayni muddaodir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2🔥1
O‘zDJTU Ingliz tili birinchi fakultetida “Dekan kubogi – 2025” futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti maydonida haqiqiy bayramona kayfiyat hukm surdi!
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “5 Muhim Tashabbus” doirasida tashkil etilgan Dekan Kubogi futbol musobaqasi sport va do‘stlik bayramiga aylandi!
Har bir o‘yin — mehnat, har bir g‘alaba — sabr, har bir zarba — yurakdan edi. Maydonda shunchaki futbol emas, orzu, g‘ayrat va jamoaviylik ruhi aks etdi.
Amaldagi Chempionlar o‘z nomiga munosib tarzda yana shon-shuhrat cho‘qqisida!
Manchester United — har bir pasda uyg‘unlik, har bir daqiqada jamoaviylik namunasi!
United — oxirigacha kurashgan, hech qachon taslim bo‘lmagan haqiqiy jangchilar!
Bu musobaqa nafaqat g‘alaba haqida, balki do‘stlik, sog‘lom hayot va bir maqsad yo‘lida birlashish haqida ham edi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥4
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilarining 4-shart (suhbat sinov) natijalari bilan tanishish uchun quyidagi linklarga o‘ting:
• Arab tili: Natijalar
• Italyan tili: Natijalar
• Nemis tili: Natijalar
• Yapon tili: Natijalar
• Xitoy tili: Natijalar
• Koreys tili: Natijalar
• Fransuz tili: Natijalar
• Ispan tili: Natijalar
• Ingliz tili: Natijalar
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UzSWLU.Uz
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichi…
🤩8❤6👏3👍1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🇬🇧 OʻzDJTU — Universitet va maktab hamkorligi doirasida yangi tashabbuslar
OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sh. Qosimova, N. Sodiqova hamda 2-kurs iqtidorli talabalari tashabbusi bilan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 280-umumtaʼlim maktabida ingliz tili fani boʻyicha o‘quv to‘garagi tashkil etildi.
🎯 To‘garakning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.
📘 Mashg‘ulot davomida 11-sinf o‘quvchilari uchun Conditionals mavzusi tushuntirilib, turli interaktiv mashg'ulotlar o‘tkazildi. O‘quvchilar “Phone Ring” hamda Kahoot platformasidagi viktorinalarda faol va qiziqish bilan ishtirok etishdi.
Maktab ma’muriyati ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, kelgusida o‘quvchilar uchun interaktiv darsdan tashqari mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

👍5❤1