O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.9K subscribers
40.4K photos
2.52K videos
317 files
8.24K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦

Xorijiy tillar fan olimpiadasining to‘rtinchi bosqichi boshlandi

2025-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Xorijiy tillar fan olimpiadasi Respublika bosqichining ikkinchi kuni davom etmoqda.

Bugun olimpiadaning to‘rtinchi sharti — suhbat (intervyu) bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Soat 9:00 dan 13:00 gacha davom etadigan ushbu bosqichda ishtirokchilar til o‘rganilayotgan mamlakatning davlat tizimi, iqtisodiyoti, san’ati, buyuk siymolari va yoshlar hayoti kabi mavzularda suhbat olib bormoqdalar.

Suhbat jarayonlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek, to‘rtinchi bosqich jarayonini o‘tkazish, qayd varaqalari va dalolatnomalarni imzolangan holatda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupovga taqdim etish nazorat ostida amalga oshirilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Milliy qadriyatlar — millat faxri!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetining 2517-guruh talabalari tyutor Mavluda Allamova mas’ulligida “Milliy qadriyatlar kuni”ni yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashdi.

Tadbir davomida talabalar bir xil milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlariga bo‘lgan hurmatlarini iftixor bilan namoyon etishdi. Ularning samimiy chiqishlari, milliy liboslar uyg‘unligi hamda faxr bilan kiyinish madaniyati tadbirga o‘ziga xos ruh va go‘zallik bag‘ishladi.

Milliy liboslar — xalqimizning bebaho merosi, milliy o‘zligimiz va or-nomusimiz timsolidir. Talabalar o‘z chiqishlarida ajdodlardan meros qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirish va yosh avlodga yetkazish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🎉4🔥3👏2🤩2👍1
“Motivatsion kun” — talabalarga ruhiy turtki bag‘ishladi!

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixolog Z.T. Xayrullayeva, qizlar koordinatori H. Rafiqova, hamda “Qizlarjon & Lider qizlar” klubi koordinatorlari tashabbusi bilan “Motivatsion kun” shiori ostida motivatsion-psixologik aksiyasi (chellenj) tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning psixoemotsional muvozanatini mustahkamlash, ichki motivatsiyasini kuchaytirish va ijtimoiy-emotsional qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida amalga oshirilgan faoliyatlar:
“Issiq qahva kabi hayotingiz ham jo‘shqin bo‘lsin” — bu shior orqali talabalar ongida hayotiy energiya va ijobiy ruhni kuchaytiruvchi metaforik motivatsion yondashuv qo‘llandi.
“Shirinliklar ila mehrimizni ulashdik” — ishtirokchilar o‘rtasida emotsional yaqinlik va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlovchi interfaol almashinuv tashkil etildi.
“Bugungi kun shiori” — talabalarning hayotiy qadriyatlarini anglash va o‘z-o‘zini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan self-motivation mashg‘uloti tarzida o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar empatik tinglash, pozitiv muloqot, interaktiv hamkorlik va emotsional qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Jarayon natijasida ularning sotsial intellekti, emotsional savodxonligi va ichki resurslardan foydalanish qobiliyati yanada faollashgani kuzatildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
E’LON

Hurmatli talabalar!

Universitetimizda ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida https://survey.hemis.uz/
platformasi orqali so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Sizlardan iltimos qilamiz, Registrator ofisi faoliyatini baholashda faol ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring.
So‘rovnoma sizning fikringiz asosida xizmat sifatini yanada yaxshilashga yordam beradi.
Iltimos, baholashda xolis va ijobiy fikr bildirishingizni so‘raymiz.


📍 Havola: https://survey.hemis.uz/

Sizning faol ishtirokingiz — biz uchun muhim! 🙌
Registrator ofisi jamoasi sizning e’tiboringiz va faol ishtirokingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.
7👍2
📢 E’LON!

Hurmatli talabalar! 🎓

Endilikda Registrator ofisi faoliyati, muhim e’lonlar, hujjatlar topshirish muddatlari va barcha yangiliklar haqida birinchi bo‘lib xabardor bo‘lish imkoniyati sizda!

👉 Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling:
🔗 https://t.me/ofisregistratoruzswlu

Bu yerda siz uchun:
Rasmiy e’lonlar
Muhim yangiliklar
Foydali ma’lumotlar

Hech narsani o‘tkazib yubormang — hoziroq a’zo bo‘ling!
👍52
Forwarded from Ibrat Farzandlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔 learnuzbek.ai platformasi ommalashmoqda

"Ibrat farzandlari" jamoasi O'zDJTU qoshidagi Respublika til o'qitish markazida xitoylik o'zbek tili o'rganuvchilari bilan uchrashib, platforma haqida ma'lumot berishdi.

🎤 Markaz direktori Gulnora Akilovaning aytishicha, hozirda o'zbek tilini o'rganuvchi xorijlik fuqarolar soni ortib bormoqda va learnuzbek.ai platformasi bu soha rivojida ayni muddaodir.


🎁 Markaz rahbar va xoriik til o'rganivchilarga maxsus kartochkalar topshirildi.

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU Ingliz tili birinchi fakultetida “Dekan kubogi – 2025” futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi

11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti maydonida haqiqiy bayramona kayfiyat hukm surdi!
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “5 Muhim Tashabbus” doirasida tashkil etilgan Dekan Kubogi futbol musobaqasi sport va do‘stlik bayramiga aylandi!

Har bir o‘yin — mehnat, har bir g‘alaba — sabr, har bir zarba — yurakdan edi. Maydonda shunchaki futbol emas, orzu, g‘ayrat va jamoaviylik ruhi aks etdi.

Amaldagi Chempionlar o‘z nomiga munosib tarzda yana shon-shuhrat cho‘qqisida!
Manchester United — har bir pasda uyg‘unlik, har bir daqiqada jamoaviylik namunasi!
United — oxirigacha kurashgan, hech qachon taslim bo‘lmagan haqiqiy jangchilar!

Bu musobaqa nafaqat g‘alaba haqida, balki do‘stlik, sog‘lom hayot va bir maqsad yo‘lida birlashish haqida ham edi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥4