Xorijiy tillar fan olimpiadasining to‘rtinchi bosqichi boshlandi
2025-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Xorijiy tillar fan olimpiadasi Respublika bosqichining ikkinchi kuni davom etmoqda.
Bugun olimpiadaning to‘rtinchi sharti — suhbat (intervyu) bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Soat 9:00 dan 13:00 gacha davom etadigan ushbu bosqichda ishtirokchilar til o‘rganilayotgan mamlakatning davlat tizimi, iqtisodiyoti, san’ati, buyuk siymolari va yoshlar hayoti kabi mavzularda suhbat olib bormoqdalar.
Suhbat jarayonlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek, to‘rtinchi bosqich jarayonini o‘tkazish, qayd varaqalari va dalolatnomalarni imzolangan holatda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupovga taqdim etish nazorat ostida amalga oshirilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
Milliy qadriyatlar — millat faxri!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetining 2517-guruh talabalari tyutor Mavluda Allamova mas’ulligida “Milliy qadriyatlar kuni”ni yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashdi.
Tadbir davomida talabalar bir xil milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlariga bo‘lgan hurmatlarini iftixor bilan namoyon etishdi. Ularning samimiy chiqishlari, milliy liboslar uyg‘unligi hamda faxr bilan kiyinish madaniyati tadbirga o‘ziga xos ruh va go‘zallik bag‘ishladi.
Milliy liboslar — xalqimizning bebaho merosi, milliy o‘zligimiz va or-nomusimiz timsolidir. Talabalar o‘z chiqishlarida ajdodlardan meros qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirish va yosh avlodga yetkazish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🎉4🔥3👏2🤩2👍1
“Motivatsion kun” — talabalarga ruhiy turtki bag‘ishladi!
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixolog Z.T. Xayrullayeva, qizlar koordinatori H. Rafiqova, hamda “Qizlarjon & Lider qizlar” klubi koordinatorlari tashabbusi bilan “Motivatsion kun” shiori ostida motivatsion-psixologik aksiyasi (chellenj) tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning psixoemotsional muvozanatini mustahkamlash, ichki motivatsiyasini kuchaytirish va ijtimoiy-emotsional qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida amalga oshirilgan faoliyatlar:
• “Issiq qahva kabi hayotingiz ham jo‘shqin bo‘lsin” — bu shior orqali talabalar ongida hayotiy energiya va ijobiy ruhni kuchaytiruvchi metaforik motivatsion yondashuv qo‘llandi.
• “Shirinliklar ila mehrimizni ulashdik” — ishtirokchilar o‘rtasida emotsional yaqinlik va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlovchi interfaol almashinuv tashkil etildi.
• “Bugungi kun shiori” — talabalarning hayotiy qadriyatlarini anglash va o‘z-o‘zini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan self-motivation mashg‘uloti tarzida o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar empatik tinglash, pozitiv muloqot, interaktiv hamkorlik va emotsional qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Jarayon natijasida ularning sotsial intellekti, emotsional savodxonligi va ichki resurslardan foydalanish qobiliyati yanada faollashgani kuzatildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

👍6❤2