ETS Global B.V. tashkiloti bilan O‘zDJTU o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ETS Global B.V. vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Rashidova hamda mehmonlar: Dilmurod Sharifov (ETS Global B.V. O‘zbekistondagi vakili, TOEFL iBT test markazi direktori) va prof. Zeynep Oğul-Akın (ETS Global B.V. Yevropadagi akademik dasturlar va ELT bo‘yicha menejeri) ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida ETS Global B.V. (Educational Testing Service) bilan hamkorlikda:
• xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish,
• ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro darajadagi treninglar va sertifikatlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
• soha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonlar bilan imzolangan memorandum doirasida:
• o‘qituvchilarning malakasini oshirish,
• metodik hamkorlikni kuchaytirish,
• qo‘shma ta’lim va malaka dasturlarini tashkil etish,
• ToT (Training of Trainers) kurslarini yo‘lga qo‘yish,
• ELT sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish rejalari belgilab olindi.
Tomonlar o‘zaro kelishuvlar asosida har oyda muntazam treninglar tashkil etib, talaba va pedagoglarning metodik salohiyatini oshirib borish bo‘yicha kelishib oldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3👏1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilarining 2-shart (yozma sinov) natijalari bilan tanishish uchun quyidagi linklarga o‘ting:
• Arab tili: Natijalar
• Italyan tili: Natijalar
• Nemis tili: Natijalar
• Yapon tili: Natijalar
• Xitoy tili: Natijalar
• Koreys tili: Natijalar
• Fransuz tili: Natijalar
• Ispan tili: Natijalar
• Ingliz tili: Natijalar
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🎉5🤩3👍2
Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
Ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti 283-maktabda bo‘lib o‘tdi
2025-yil 10-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti o‘qituvchisi S. Mannonova hamda 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova tomonidan Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Dars “Introduction to Stories & Movies” mavzusida tashkil etilib, o‘quvchilar mashhur inglizcha hikoyalar va filmlar haqida suhbatlashdilar, o‘zlari yoqtirgan qahramonlar haqida fikr bildirdilar. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar hikoya tuzish, film haqida so‘zlash va yangi inglizcha so‘zlarni o‘zlashtirish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Dars yakunida esa o‘quvchilar “My Favorite Story or Movie Character” nomli kichik ijodiy loyihalarini taqdim etishdi. Ular sevimli asarlari va qahramonlarini taqqoslab, ingliz tili orqali o‘z fikrlarini ijodiy tarzda ifoda etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2025-yil 10-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti o‘qituvchisi S. Mannonova hamda 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova tomonidan Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Dars “Introduction to Stories & Movies” mavzusida tashkil etilib, o‘quvchilar mashhur inglizcha hikoyalar va filmlar haqida suhbatlashdilar, o‘zlari yoqtirgan qahramonlar haqida fikr bildirdilar. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar hikoya tuzish, film haqida so‘zlash va yangi inglizcha so‘zlarni o‘zlashtirish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Dars yakunida esa o‘quvchilar “My Favorite Story or Movie Character” nomli kichik ijodiy loyihalarini taqdim etishdi. Ular sevimli asarlari va qahramonlarini taqqoslab, ingliz tili orqali o‘z fikrlarini ijodiy tarzda ifoda etdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilarining 3-shart (tarjima sinov) natijalari bilan tanishish uchun quyidagi linklarga o‘ting:
• Arab tili: Natijalar
• Italyan tili:Natijalar
• Nemis tili:Natijalar
• Yapon tili: Natijalar
• Xitoy tili:Natijalar
• Koreys tili: Natijalar
• Fransuz tili: Natijalar
• Ispan tili: Natijalar
• Ingliz tili: Natijalar
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Xorijiy tillar fan olimpiadasining to‘rtinchi bosqichi boshlandi
2025-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Xorijiy tillar fan olimpiadasi Respublika bosqichining ikkinchi kuni davom etmoqda.
Bugun olimpiadaning to‘rtinchi sharti — suhbat (intervyu) bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Soat 9:00 dan 13:00 gacha davom etadigan ushbu bosqichda ishtirokchilar til o‘rganilayotgan mamlakatning davlat tizimi, iqtisodiyoti, san’ati, buyuk siymolari va yoshlar hayoti kabi mavzularda suhbat olib bormoqdalar.
Suhbat jarayonlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek, to‘rtinchi bosqich jarayonini o‘tkazish, qayd varaqalari va dalolatnomalarni imzolangan holatda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupovga taqdim etish nazorat ostida amalga oshirilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
Milliy qadriyatlar — millat faxri!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetining 2517-guruh talabalari tyutor Mavluda Allamova mas’ulligida “Milliy qadriyatlar kuni”ni yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashdi.
Tadbir davomida talabalar bir xil milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlariga bo‘lgan hurmatlarini iftixor bilan namoyon etishdi. Ularning samimiy chiqishlari, milliy liboslar uyg‘unligi hamda faxr bilan kiyinish madaniyati tadbirga o‘ziga xos ruh va go‘zallik bag‘ishladi.
Milliy liboslar — xalqimizning bebaho merosi, milliy o‘zligimiz va or-nomusimiz timsolidir. Talabalar o‘z chiqishlarida ajdodlardan meros qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirish va yosh avlodga yetkazish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🎉4🔥3👏2🤩2👍1