O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.3K photos
2.51K videos
317 files
8.23K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
👨‍💻👩‍💻🧠

“Biz baxtli hayotni tanlaymiz” seminar-treningi o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova, Sharq filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Gulnoza Odilova, Ulug‘bek Nazarov hamda tyutor Xurramova Lobar hamkorligida 5-TTJda istiqomat qiluvchi talabalar uchun “Biz baxtli hayotni tanlaymiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningning maqsadi — baxtli hayotga to‘sqinlik qiluvchi psixologik to‘siqlar haqida ma’lumot berish, jamoada ijobiy ruhiyatni mustahkamlash, shuningdek, talabalarga stress holatlarini anglash va ularni boshqarishning samarali usullarini o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida talabalar stressni tan olish va uni boshqarish bo‘yicha turli psixologik texnikalar bilan tanishdilar hamda o‘zlarini yanada ishonchli va barqaror his qilish uchun foydali tavsiyalar oldilar.

Bu kabi treninglar talabalarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotga ijobiy qarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, kasaba uyushmasi faollari va faxriy a’zolar ishtirok etdilar. Tadbir doirasida ishtirokchilarni kasaba uyushmalari tizimi tarixining 120 yilligi bilan tabriklab, tashkilotning mamlakat ijtimoiy hayotidagi o‘rni va xodimlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati ta’kidlandi.

Shuningdek, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” g‘oyasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar namoyish etildi. Universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan faol xodimlar va faxriylar taqdirlandi.

Tadbirda universitet rektori I. Tuxtasinov, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D. Matyakubov va Yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor V. Sadiyev so‘zga chiqib, kasaba uyushmalari tizimi tarixining 120 yilligi bilan ishtirokchilarni tabrikladilar hamda uning ijtimoiy ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Xorijiy tillar fan olimpiasining birinchi test sinovi bosqichi natijalari e’lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025–2026 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Xorijiy tillar fan olimpiadasi Respublika bosqichining test sinovlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tanlov ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon hamda arab yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, Respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan eng iqtidorli yoshlar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Talabalar uchun test sinovlarini bajarishda zarur sharoitlar yaratilgan va jarayon OʻzDJTU mas’ullari nazoratida bo‘lib o‘tdi.

Test natijalari bilan tanishish uchun quyidagi linklarga o‘ting:

Arab tili: Natijalar
Italyan tili: Natijalar
Nemis tili: Natijalar
Yapon tili: Natijalar
Xitoy tili: Natijalar
Koreys tili: Natijalar
Fransuz tili: Natijalar
Ispan tili: Natijalar
Ingliz tili: Natijalar

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🤩4
Forwarded from UzSWLU sports club
🎉Yutuqlarimiz davom etadi❗️

🏐 2025-yil 11-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida voleybol boʻyicha talaba-qizlar oʻrtasida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" sport musobaqalarning Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

🥉Ushbu musobaqada OʻzDJTU terma jamoasi qizlari faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Yakunda gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥96
“Ilm va ijod” nomli davra suhbati o‘tkazildi

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-sonli talabalar turar joyida “Ilm va ijod” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Isaqulova Baxtigul Xo‘jamovna kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida yoshlarning ilmga va ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘z ustida muntazam ishlash hamda zamonaviy bilimlarni chuqur egallash zarurligi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng 1-kurs 2505-guruh talabasi Intizor Samandarova “Ilm va ijod – yoshlar kamolotining asosi” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi. U ilmiy izlanish va ijodkorlikning yoshlarga beradigan imkoniyatlari, shuningdek, o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Suhbat davomida talabalar faol ishtirok etib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Tadbir jarayonida ilmiy faoliyat, ijodiy tafakkur hamda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

Yakunda Baxtigul Xo‘jamovna suhbatni yakunlab, talabalarni ilm va ijod yo‘lida yanada faol bo‘lishga undadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

ETS Global B.V. tashkiloti bilan O‘zDJTU o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ETS Global B.V. vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Rashidova hamda mehmonlar: Dilmurod Sharifov (ETS Global B.V. O‘zbekistondagi vakili, TOEFL iBT test markazi direktori) va prof. Zeynep Oğul-Akın (ETS Global B.V. Yevropadagi akademik dasturlar va ELT bo‘yicha menejeri) ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ETS Global B.V. (Educational Testing Service) bilan hamkorlikda:
• xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish,
• ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro darajadagi treninglar va sertifikatlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
• soha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlar bilan imzolangan memorandum doirasida:
• o‘qituvchilarning malakasini oshirish,
• metodik hamkorlikni kuchaytirish,
• qo‘shma ta’lim va malaka dasturlarini tashkil etish,
• ToT (Training of Trainers) kurslarini yo‘lga qo‘yish,
• ELT sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish rejalari belgilab olindi.

Tomonlar o‘zaro kelishuvlar asosida har oyda muntazam treninglar tashkil etib, talaba va pedagoglarning metodik salohiyatini oshirib borish bo‘yicha kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63👏1