O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.3K photos
2.51K videos
317 files
8.23K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

2025-yil 31-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professor-o‘qituvchilari — p.f.d. (PhD) Nishonbekova S.U., f.f.d. (PhD) Umarova F.B., stajyor-o‘qituvchi Ikramova R.B. hamda stajyor-o‘qituvchi Anarkulova G. tomonidan Sergeli tumanidagi 277-IDUMdaIqtidorli, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan o‘quvchilarga doimiy metodik yordam ko‘rsatish” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda o‘qituvchilar iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilar bilan ishlashda individual yondashuvning ahamiyati, o‘quvchilarni aniqlash, ularning qobiliyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos individual o‘quv dasturlari tuzish, ularni qo‘shimcha o‘quv resurslari bilan ta’minlash, psixolog-pedagogik maslahatlar berish va ota-onalar bilan muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦🟦

Xorijiy tillar fan olimpiadasining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Xorijiy tillar fan olimpiadasi Respublika bosqichining uchinchi sharti — matn tarjimasi sinovi bo‘lib o‘tdi.

Soat 15:30 dan 16:00 gacha davom etgan ushbu bosqichda ishtirokchilar o‘zbek yoki rus tilidagi matnni xorijiy tilga tarjima qilish topshirig‘ini bajardilar.

Ishtirokchilar 1-, 2-, 3- va 4-ma’ruza zallariga joylashtirilib, test jarayonlari tashkil etildi. Shuningdek, uchinchi bosqich jarayonini o‘tkazish, qayd varaqalari va dalolatnomalarni imzolangan holda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorga taqdim etish nazorat ostida amalga oshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
👨‍💻👩‍💻🧠

“Biz baxtli hayotni tanlaymiz” seminar-treningi o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova, Sharq filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Gulnoza Odilova, Ulug‘bek Nazarov hamda tyutor Xurramova Lobar hamkorligida 5-TTJda istiqomat qiluvchi talabalar uchun “Biz baxtli hayotni tanlaymiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningning maqsadi — baxtli hayotga to‘sqinlik qiluvchi psixologik to‘siqlar haqida ma’lumot berish, jamoada ijobiy ruhiyatni mustahkamlash, shuningdek, talabalarga stress holatlarini anglash va ularni boshqarishning samarali usullarini o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida talabalar stressni tan olish va uni boshqarish bo‘yicha turli psixologik texnikalar bilan tanishdilar hamda o‘zlarini yanada ishonchli va barqaror his qilish uchun foydali tavsiyalar oldilar.

Bu kabi treninglar talabalarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotga ijobiy qarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, kasaba uyushmasi faollari va faxriy a’zolar ishtirok etdilar. Tadbir doirasida ishtirokchilarni kasaba uyushmalari tizimi tarixining 120 yilligi bilan tabriklab, tashkilotning mamlakat ijtimoiy hayotidagi o‘rni va xodimlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati ta’kidlandi.

Shuningdek, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” g‘oyasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar namoyish etildi. Universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan faol xodimlar va faxriylar taqdirlandi.

Tadbirda universitet rektori I. Tuxtasinov, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D. Matyakubov va Yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor V. Sadiyev so‘zga chiqib, kasaba uyushmalari tizimi tarixining 120 yilligi bilan ishtirokchilarni tabrikladilar hamda uning ijtimoiy ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6