O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.3K photos
2.51K videos
317 files
8.22K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (HOJIAKBAR)
🇺🇿 Ingliz tili Ikkinchi fakulteti tyutori D. Burxonova o‘ziga biriktirilgan 2519-guruh talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etdi. 📸🎨

🌿 Tadbir davomida talabalar o‘zbek xalqining do‘stlik, tinchlik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini aks ettirgan betakror suratlar orqali yurtimizdagi bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini his etishdi. 🤍🕊

💬 Uchrashuv jarayonida ishtirokchilar san’at asarlari orqali turli millat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari tobora mustahkamlanib borayotgani haqida fikr almashishdi. 🤝

🌟 Bunday tashriflar yoshlar uchun ruhiy ozuqa, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, shuningdek estetik tafakkurni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. 💫
3👍1
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTU o‘qituvchisi Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi

Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahrida 2025-yil 8–9-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan 8-Xalqaro Ko‘p tarmoqli tadqiqotlardagi so‘nggi yo‘nalishlar konferensiyasi (ICRTMDR-25) jahon miqyosidagi ilmiy ziyolilarni birlashtirgan nufuzli intellektual uchrashuv bo‘ldi.

IFERP Academy tomonidan tashkil etilgan mazkur konferensiya “Integratsiyalashgan tadqiqotlar orqali barqaror kelajakni barpo etish” mavzusiga bag‘ishlanib, an’anaviy va onlayn formatlarda o‘tkazildi.

Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari ishtirok etib, ilm-fanning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydilar.

Mazkur xalqaro ilmiy forumda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Amaliy fanlar 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Saodat Agzamxodjaeva ham faol ishtirok etdi. U “Teachers’ Attitudes and Competencies in Implementing Inclusive Education” (“Inklyuziv ta’limni joriy etishda o‘qituvchilarning munosabati va kompetensiyalari”) mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan taqdimot qildi.

Konferensiya ilmiy g‘oyalarni almashish, barqaror taraqqiyot yo‘lida fanlararo hamkorlikni mustahkamlash va tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda taqdim etilgan maqolalar ISBN 978-93-92104-14-5 raqami ostida nashr qilinadi.

Zamonaviy ilm-fanning jadal sur’atlarda rivojlanayotgan davrida bu kabi xalqaro uchrashuvlar O‘zbekiston olimlarining ilmiy salohiyatini jahon miqyosida namoyish etish, yangi ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Ilm-Start” marafoni: innovatsion g‘oyalarni haqiqatga aylantiring!

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda “Parvoz” loyihasi hamkorligida startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ilm-Start” marafoni boshlandi.

📆 7 kun — 7 spiker — 7 mavzu.

Marafon davomida ishtirokchilar startap yaratish, jamoa shakllantirish, innovatsion fikrlash, investor jalb etish va muvaffaqiyat sari yo‘l ochuvchi amaliy bilimlarni bepul o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar.

Marafon sanalari: 10–17 noyabr.
🎤 Format: onlayn.

Bu bir haftalik bilim marafoni davomida siz startap sohasida katta tajriba orttirgan mutaxassislar bilan birga bo‘lasiz. Ular o‘z tajribasi orqali sizga g‘oyangizni to‘g‘ri yo‘naltirish, uni amaliy loyihaga aylantirish va rivojlantirish bo‘yicha foydali maslahatlar beradilar.

Spikerlar ro‘yxati tez orada e’lon qilinadi.

Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
➡️ https://t.me/ilm_start_marafon_bot?start=1191983

✈️ Endi navbat sizda — g‘oyangizni kuchaytiring, jamoangizni shakllantiring va uni parvoz ettiring!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

2025-yil 31-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professor-o‘qituvchilari — p.f.d. (PhD) Nishonbekova S.U., f.f.d. (PhD) Umarova F.B., stajyor-o‘qituvchi Ikramova R.B. hamda stajyor-o‘qituvchi Anarkulova G. tomonidan Sergeli tumanidagi 277-IDUMdaIqtidorli, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan o‘quvchilarga doimiy metodik yordam ko‘rsatish” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda o‘qituvchilar iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilar bilan ishlashda individual yondashuvning ahamiyati, o‘quvchilarni aniqlash, ularning qobiliyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos individual o‘quv dasturlari tuzish, ularni qo‘shimcha o‘quv resurslari bilan ta’minlash, psixolog-pedagogik maslahatlar berish va ota-onalar bilan muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦🟦

Xorijiy tillar fan olimpiadasining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Xorijiy tillar fan olimpiadasi Respublika bosqichining uchinchi sharti — matn tarjimasi sinovi bo‘lib o‘tdi.

Soat 15:30 dan 16:00 gacha davom etgan ushbu bosqichda ishtirokchilar o‘zbek yoki rus tilidagi matnni xorijiy tilga tarjima qilish topshirig‘ini bajardilar.

Ishtirokchilar 1-, 2-, 3- va 4-ma’ruza zallariga joylashtirilib, test jarayonlari tashkil etildi. Shuningdek, uchinchi bosqich jarayonini o‘tkazish, qayd varaqalari va dalolatnomalarni imzolangan holda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorga taqdim etish nazorat ostida amalga oshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
👨‍💻👩‍💻🧠

“Biz baxtli hayotni tanlaymiz” seminar-treningi o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova, Sharq filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Gulnoza Odilova, Ulug‘bek Nazarov hamda tyutor Xurramova Lobar hamkorligida 5-TTJda istiqomat qiluvchi talabalar uchun “Biz baxtli hayotni tanlaymiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningning maqsadi — baxtli hayotga to‘sqinlik qiluvchi psixologik to‘siqlar haqida ma’lumot berish, jamoada ijobiy ruhiyatni mustahkamlash, shuningdek, talabalarga stress holatlarini anglash va ularni boshqarishning samarali usullarini o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida talabalar stressni tan olish va uni boshqarish bo‘yicha turli psixologik texnikalar bilan tanishdilar hamda o‘zlarini yanada ishonchli va barqaror his qilish uchun foydali tavsiyalar oldilar.

Bu kabi treninglar talabalarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotga ijobiy qarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4