Xorijiy tillar fan olimpiasining birinchi test sinovi bosqichi boshlandi
Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025–2026 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Хorijiy tillar fan olimpiadasi Respublika bosqichining test sinovlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli tanlov ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon hamda arab yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, Respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan eng iqtidorli yoshlar unda o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.
Talabalar uchun test sinovlarini bajarishda zarur boʻlgan barcha sharoit yaratilgan. Shuningdek, jarayon OʻzDJTU mas’ullari nazoratida boʻlib oʻtmoqda.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Olimpiadaning maqsadi talabalarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, xorijiy tilni o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, tarjimonlik mahoratini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishni kuchaytirishdan iborat.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👏3👍1
OʻzDJTU хalqaro aloqalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori (DSc), professor Abdurahim Nasirovning “Oʻzbekistonda fransuz tilining oʻqitilishi” mavzusida yozgan maqolasi “Oʻzbekistonda oliy ta’lim” nomli ilmiy, oʻquv-uslubiy, tahliliy jurnalning 2025-yildagi 2-sonida chop etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤4😢3👏1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (HOJIAKBAR)
🇺🇿✨ Ingliz tili Ikkinchi fakulteti tyutori D. Burxonova o‘ziga biriktirilgan 2519-guruh talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etdi. 📸🎨
🌿 Tadbir davomida talabalar o‘zbek xalqining do‘stlik, tinchlik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini aks ettirgan betakror suratlar orqali yurtimizdagi bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini his etishdi. 🤍🕊
💬 Uchrashuv jarayonida ishtirokchilar san’at asarlari orqali turli millat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari tobora mustahkamlanib borayotgani haqida fikr almashishdi. 🤝
🌟 Bunday tashriflar yoshlar uchun ruhiy ozuqa, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, shuningdek estetik tafakkurni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. 💫

❤3👍1
O‘zDJTU o‘qituvchisi Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi
Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahrida 2025-yil 8–9-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan 8-Xalqaro Ko‘p tarmoqli tadqiqotlardagi so‘nggi yo‘nalishlar konferensiyasi (ICRTMDR-25) jahon miqyosidagi ilmiy ziyolilarni birlashtirgan nufuzli intellektual uchrashuv bo‘ldi.
IFERP Academy tomonidan tashkil etilgan mazkur konferensiya “Integratsiyalashgan tadqiqotlar orqali barqaror kelajakni barpo etish” mavzusiga bag‘ishlanib, an’anaviy va onlayn formatlarda o‘tkazildi.
Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari ishtirok etib, ilm-fanning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydilar.
Mazkur xalqaro ilmiy forumda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Amaliy fanlar 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Saodat Agzamxodjaeva ham faol ishtirok etdi. U “Teachers’ Attitudes and Competencies in Implementing Inclusive Education” (“Inklyuziv ta’limni joriy etishda o‘qituvchilarning munosabati va kompetensiyalari”) mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan taqdimot qildi.
Konferensiya ilmiy g‘oyalarni almashish, barqaror taraqqiyot yo‘lida fanlararo hamkorlikni mustahkamlash va tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda taqdim etilgan maqolalar ISBN 978-93-92104-14-5 raqami ostida nashr qilinadi.
Zamonaviy ilm-fanning jadal sur’atlarda rivojlanayotgan davrida bu kabi xalqaro uchrashuvlar O‘zbekiston olimlarining ilmiy salohiyatini jahon miqyosida namoyish etish, yangi ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2🤩1
“Ilm-Start” marafoni: innovatsion g‘oyalarni haqiqatga aylantiring!
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda “Parvoz” loyihasi hamkorligida startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ilm-Start” marafoni boshlandi.
Marafon davomida ishtirokchilar startap yaratish, jamoa shakllantirish, innovatsion fikrlash, investor jalb etish va muvaffaqiyat sari yo‘l ochuvchi amaliy bilimlarni bepul o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar.
⌛ Marafon sanalari: 10–17 noyabr.
Bu bir haftalik bilim marafoni davomida siz startap sohasida katta tajriba orttirgan mutaxassislar bilan birga bo‘lasiz. Ular o‘z tajribasi orqali sizga g‘oyangizni to‘g‘ri yo‘naltirish, uni amaliy loyihaga aylantirish va rivojlantirish bo‘yicha foydali maslahatlar beradilar.
Spikerlar ro‘yxati tez orada e’lon qilinadi.
➡️ https://t.me/ilm_start_marafon_bot?start=1191983
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)
+998 71-230-13-73
O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
+998 71-230-13-73
O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
❤3
Iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi
2025-yil 31-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professor-o‘qituvchilari — p.f.d. (PhD) Nishonbekova S.U., f.f.d. (PhD) Umarova F.B., stajyor-o‘qituvchi Ikramova R.B. hamda stajyor-o‘qituvchi Anarkulova G. tomonidan Sergeli tumanidagi 277-IDUMda “Iqtidorli, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan o‘quvchilarga doimiy metodik yordam ko‘rsatish” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o‘qituvchilar iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilar bilan ishlashda individual yondashuvning ahamiyati, o‘quvchilarni aniqlash, ularning qobiliyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos individual o‘quv dasturlari tuzish, ularni qo‘shimcha o‘quv resurslari bilan ta’minlash, psixolog-pedagogik maslahatlar berish va ota-onalar bilan muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤6
Xorijiy tillar fan olimpiadasining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Xorijiy tillar fan olimpiadasi Respublika bosqichining uchinchi sharti — matn tarjimasi sinovi bo‘lib o‘tdi.
Soat 15:30 dan 16:00 gacha davom etgan ushbu bosqichda ishtirokchilar o‘zbek yoki rus tilidagi matnni xorijiy tilga tarjima qilish topshirig‘ini bajardilar.
Ishtirokchilar 1-, 2-, 3- va 4-ma’ruza zallariga joylashtirilib, test jarayonlari tashkil etildi. Shuningdek, uchinchi bosqich jarayonini o‘tkazish, qayd varaqalari va dalolatnomalarni imzolangan holda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorga taqdim etish nazorat ostida amalga oshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7