O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.2K photos
2.51K videos
317 files
8.21K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦

Xorijiy tillar fan olimpiadasining Respublika bosqichining ochilish marosimi OʻzDJTUda bo‘lib o‘tdi

11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimi oldidan mehmonlar va ishtirokchilar kutib olindi va ro‘yxatdan o‘tkazildi. Marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili A. Xoliqov va OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov kirish so‘zlari bilan ochib berdi. Shuningdek, OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov fan olimpiadasi jarayonini tushuntirib, ishtirokchilarni 1-bosqichga yo‘naltirdi.

Olimpiada doirasida talabalarga bilim va mahoratlarini namoyish etish uchun test, yozma ish, tarjima va suhbat bosqichlari o‘tkaziladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5
🟦🟦🟦

Xorijiy tillar fan olimpiasining birinchi test sinovi bosqichi boshlandi


Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025–2026 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Хorijiy tillar fan olimpiadasi Respublika bosqichining test sinovlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli tanlov ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon hamda arab yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, Respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan eng iqtidorli yoshlar unda o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.

Talabalar uchun test sinovlarini bajarishda zarur boʻlgan barcha sharoit yaratilgan. Shuningdek, jarayon OʻzDJTU mas’ullari nazoratida boʻlib oʻtmoqda.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Olimpiadaning maqsadi talabalarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, xorijiy tilni o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, tarjimonlik mahoratini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishni kuchaytirishdan iborat.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏3👍1
📺📺

OʻzDJTU хalqaro aloqalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori (DSc), professor Abdurahim Nasirovning “Oʻzbekistonda fransuz tilining oʻqitilishi” mavzusida yozgan maqolasi “Oʻzbekistonda oliy ta’lim” nomli ilmiy, oʻquv-uslubiy, tahliliy jurnalning 2025-yildagi 2-sonida chop etildi.

ℹ️ Batafsil: https://t.me/edujournal_uz/97

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍124😢3👏1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (HOJIAKBAR)
🇺🇿 Ingliz tili Ikkinchi fakulteti tyutori D. Burxonova o‘ziga biriktirilgan 2519-guruh talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etdi. 📸🎨

🌿 Tadbir davomida talabalar o‘zbek xalqining do‘stlik, tinchlik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini aks ettirgan betakror suratlar orqali yurtimizdagi bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini his etishdi. 🤍🕊

💬 Uchrashuv jarayonida ishtirokchilar san’at asarlari orqali turli millat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari tobora mustahkamlanib borayotgani haqida fikr almashishdi. 🤝

🌟 Bunday tashriflar yoshlar uchun ruhiy ozuqa, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, shuningdek estetik tafakkurni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. 💫
3👍1