O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.2K photos
2.51K videos
317 files
8.21K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣5️⃣5️⃣5️⃣

“Eng yaxshi video rolik” tanlovi e’lon qilinadi!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan 2024–2025 o‘quv yilida erishilgan yutuqlar, xalqaro loyihalardagi ishtirok hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi faoliyatni keng yorituvchi “Eng yaxshi video rolik” tanlovi e’lon qilinadi.

🎯 Tanlovning maqsadi:

Universitet faoliyati va yutuqlarini keng auditoriyaga yetkazish;
Talabalar ijodkorligi va kreativ fikrlashini rivojlantirish;
O‘zDJTU brendini ijtimoiy tarmoqlarda samarali targ‘ib qilish.

🎥 Video rolik mazmuni:
Tanlovga taqdim etiladigan bitta video rolik quyidagi yo‘nalishlarning barchasini qamrab olishi shart:
• Universitet tarixi va rivojlanish bosqichlari;
• Fakultetlar va kafedralar faoliyati;
• Talabalar hayoti, to‘garaklar, madaniy va sport tadbirlari;
• Xalqaro hamkorlik va loyihalar;
• Ilmiy-amaliy konferensiyalar va innovatsion tashabbuslar;
• Iqtidorli talabalar va ularning yutuqlari;
• O‘qituvchilar faoliyati hamda ta’lim sifati;
• Universitet infratuzilmasi va yaratilgan zamonaviy sharoitlar.

📁Texnik talablar:

• Format: .MP4
• Sifat: kamida 1080p (tavsiya etiladi 4K)
• Davomiylik: 2–5 daqiqa
• Titr yoki matn: o‘zbek yoki ingliz tilida

🕐 Tanlov muddati:

• Video roliklarni topshirish uchun so‘nggi sana: 12-dekabr 2025-yil
• Ishlar @mirjalol_tgm Telegram manzili orqali qabul qilinadi.

🏆🏆🏆

🥇1-o‘rin — o‘quv stipendiyasining 5 baravari
🥈2-o‘rin — o‘quv stipendiyasining 4 baravari
🥉3-o‘rin — o‘quv stipendiyasining 3 baravari

G‘oliblar universitetning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi hamda sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

✍️ Ijod, g‘oya va sifat — sizning g‘alabangiz garovi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
🟦🟦

Xorijiy tillar fan olimpiadasining Respublika bosqichining ochilish marosimi OʻzDJTUda bo‘lib o‘tdi

11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimi oldidan mehmonlar va ishtirokchilar kutib olindi va ro‘yxatdan o‘tkazildi. Marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili A. Xoliqov va OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov kirish so‘zlari bilan ochib berdi. Shuningdek, OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov fan olimpiadasi jarayonini tushuntirib, ishtirokchilarni 1-bosqichga yo‘naltirdi.

Olimpiada doirasida talabalarga bilim va mahoratlarini namoyish etish uchun test, yozma ish, tarjima va suhbat bosqichlari o‘tkaziladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5
🟦🟦🟦

Xorijiy tillar fan olimpiasining birinchi test sinovi bosqichi boshlandi


Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025–2026 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Хorijiy tillar fan olimpiadasi Respublika bosqichining test sinovlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli tanlov ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon hamda arab yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, Respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan eng iqtidorli yoshlar unda o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.

Talabalar uchun test sinovlarini bajarishda zarur boʻlgan barcha sharoit yaratilgan. Shuningdek, jarayon OʻzDJTU mas’ullari nazoratida boʻlib oʻtmoqda.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Olimpiadaning maqsadi talabalarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, xorijiy tilni o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, tarjimonlik mahoratini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishni kuchaytirishdan iborat.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏3👍1