O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.2K photos
2.51K videos
317 files
8.21K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTU rahbariyati ikkinchi sonli talabalar turar joyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Bugun, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxom Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda ikkinchi sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida rahbariyat vakillari talabalarning yashash sharoitlari, isitish tizimi, sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik holatini o‘rganishdi. Shuningdek, talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning o‘quv jarayoni, darsga qatnashish holati hamda ma’naviy muhit bo‘yicha fikrlari tinglandi.

Talabalar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, turar joydagi qulayliklar hamda mavjud muammolar haqida ma’lumot berishdi.
Rektor Ilxom Tuxtasinov esa o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — kuz–qish mavsumida talabalar uchun xavfsiz, qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratish, shuningdek, ularning ta’lim va tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
0️⃣0️⃣0️⃣

8-noyabr kuni Sergeli tumani 104-umumta’lim maktabida Ingliz tili birinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi N1 kafedrasi o‘qituvchisi Juraboyeva Gulmira hamda 4-bosqich iqtidorli talabalari tomonidan navbatdagi Ingliz tili to‘garagi tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar bilan qiziqarli o‘yinlar va interaktiv mashqlar o‘tkazildi.
Vizual imkoniyatlarni ta’minlash hamda yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida video materiallardan foydalanildi.

O‘quvchilar dars davomida faol ishtirok etdi, va mashg‘ulot juda samarali o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
🏡 Ijara xonadonlariga tashrif

🇺🇿 10-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan o‘rinbosari U. Nazarov hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi G. Odilova tashabbusi bilan talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida talabalarning qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilib, ularning yashash joylaridagi isitish tizimlari tekshirildi. Bu esa talabalarning xavfsiz va qulay sharoitda yashashini ta’minlaydi.

Shuningdek, talabalar bilan samimiy suhbat olib borilib, ularning o‘qish jarayoni va kundalik hayotidagi muammolari tinglandi.

Shu kabi tashriflar talabalarning muammolarini hal etishda va o‘quv jarayoniga yanada ko‘proq e’tibor qaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTU olimlari Dushanbedagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

2025-yil 10-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi dotsenti O.V. Shevtsova, katta o‘qituvchilar N.R. Madaminova, Sh.A. Alimardanova va A.R. Galyamova “Markaziy Osiyo mamlakatlarida rus tili va adabiyoti” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar.

Tadbir Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan Tojikiston milliy universitetining Rus markazi (professor M.B. Nagzibekova rahbarligida) hamda Rossiyaning “Russkiy mir” fondi hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiya ochilish marosimida MDH mamlakatlarining favqulodda va muxtor elchilari tabrik so‘zi bilan chiqish qildilar.

Mazkur xalqaro anjuman olimlar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni rus tili va adabiyotining ko‘p millatli mintaqadagi o‘rni hamda o‘qitilishiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilmiy tajriba almashish uchun birlashtirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Хorijiy tillar fan olimpiadasining Respublika bosqichi boshlanish arafasida.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20👍3👏1
💻👩‍💻👨‍💻

“Corpus-Based Language Pedagogy: Resources and Application” mavzusida xalqaro vebinar bo‘lib o‘tdi


2025-yil 10-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi, Ingliz tili 3-fakulteti tarkibidagi Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №3 kafedrasi hamda Universitas Gunadarma (Indoneziya) hamkorligida “Corpus-Based Language Pedagogy: Resources and Application” mavzusida xalqaro vebinar tashkil etildi.

Vebinarni Tarmoq markazi direktori J.R. Abduganiyeva ochib berib, so‘zni ma’ruzachi — Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №3 kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD) Gulnoza Giyasiddinovna Radjabovaga berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar:

Korpus lingvistikasining ta’limdagi qo‘llanilishi bilan tanishdilar;
Lingvistik korpuslardan o‘quv jarayonida foydalanish usullari bo‘yicha bilimga ega bo‘ldilar;
Amaliy misollar asosida korpusga asoslangan dars jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi;
Xalqaro tajriba almashinuvi orqali metodik yondashuvlarini boyitdilar.


Gunadarma universiteti ekspertlari Dr. Made Wiryana, Annisa Lyanzahra va Koko Bahrudin vebinar yakunida ma’ruzachi bilan savol-javob shaklida muloqot olib bordilar.

Mazkur vebinar ishtirokchilarga korpus lingvistikasidan samarali foydalanish, zamonaviy ilmiy-texnologik yondashuvlarni o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha yangi bilim va amaliy ko‘nikmalar berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏4🎉1