O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.8K photos
3.02K videos
323 files
9.78K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ijodiy uchrashuv

🇺🇿 7-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Nazarov hamda tyutorlar “Maʼrifat ulashib” nomli ijodiy uchrashuvda ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuv Uchtepa tumanidagi 238-maktabda boʻlib oʻtib, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi F. Jabborov talaba-yoshlar bilan ijodiy-uchrashuv oʻtkazdi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Birlik” mahallasi raisi Alisher Sayqalovich, 238-maktab direktori S. Talipova hamda oʻqituvchi-professorlar tomonidan daraxt ekish marosimi tashkil etildi.

Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan turli raqslar, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodidan namunalar ijro etildi.

Ushbu tadbir mahalla, maktab va OʻzDJTU oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga yordam beradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
🇮🇩🇺🇿 GUNADARMA UNIVERSITETI (INDONEZIYA) VA O'ZDJTU TARMOQ MARKAZ HAMKORLIGIDA NAVBATDAGI QO'SHMA MALAKA OSHIRISH KURSI!

📅Kurs muddati: Dekabr oyida
📍Joylar:
2 hafta — O‘zbekiston, Toshkent (Tarmoq markazida)
2 hafta — Indoneziya

💼Kurs yakunida:

Gunadarma universitetining xalqaro sertifikati
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Tarmoq markazining sertifikati
Rasmiy malaka attestati beriladi.

Mashg‘ulotlar davomida xalqaro ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar va akademik almashinuv tajribalari o‘rganiladi.
📢GRANT asosida qatnashish imkoniyati!
Bu kurs uchun Gunadarma Universiteti tomonidan grant ajratilgan.

So‘rovlar 8-noyabrgacha qabul qilinadi.
📩 Joylar soni cheklangan!

📌Manzil: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Tarmoq markazi
📞Qo‘shimcha ma’lumot: +998 90 977 49 07 https://t.me/narimanbekovna

💡Bir kurs — ikki davlat tajribasi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
0️⃣0️⃣0️⃣

Rus filologiyasi fakultetida isitish tizimlari holati o‘rganildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rus filologiyasi fakulteti va o‘quv binolarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida auditoriyalar, issiqlik tizimlari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Rektor fakultet jamoasiga isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, o‘quv jarayonida qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻📺📺

7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shaxriyor Shavkatov, Guljahon Mardonova va Fozil Jabborov ishtirokida talaba-yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuvdan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1👏1
🤩 HOGWARTS HAFTALIGI — MUHTASHAM YAKUN🌟

Bir hafta davomida🇺🇿O‘zDJTU 😮Ingliz tili Ikkinchi fakulteti 🇺🇿Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan tashkil etilgan🤩 “Hogwarts haftaligi” sehr, raqobat va do‘stlik ruhi bilan o‘tdi hamda bugun o‘z nihoyasiga yetdi!

🤩 Yakuniy taqdirlash marosimida haftalik davomida faol ishtirok etgan talabalar e’tirof etildi, g‘olib jamoalar esa faxrli o‘rinlar bilan taqdirlandilar.

Umumiy natijalarga ko‘ra:
🤩 Slytherin — 1-o‘rin
🤩 Gryffindor — 2-o‘rin
🤩 Hufflepuff — 3-o‘rin
🤩 Ravenclaw — 4-o‘rin

🤩 Haftalik davomida faollik, ijobiy kayfiyat va jamoaviy ruh bilan qatnashgan barcha talabalarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz! Sizlar tufayli bu hafta haqiqiy sehrli muhitga aylandi.

🤩Bu haftalik nafaqat raqobat, balki do‘stlik, birlik va iliqlikni o‘zida mujassam etgan unutilmas lahzalar bilan yodda qoladi.

Shu tariqa,🤩 “Hogwarts haftaligi” o‘z yakuniga yetdi!
Ammo uning iliq hissiyotlari, quvonchli onlari va mehrga to‘la muhitini har bir ishtirokchi qalbida uzoq vaqt saqlaydi.🌟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🎉3👍2🤩2
#IlmStart_Marafoni

🔺“Ilm-Start” marafonida ishtirok etyapsizmi?

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda “Parvoz” loyihasi tomonidan startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ilm-Start” marafoni o‘tkazilmoqda.

Marafon davomida siz startap yaratish, jamoa shakllantirish, innovatsion fikrlash, investor jalb etish va muvaffaqiyat sari yo‘l ochuvchi amaliy bilimlarni bepul o‘rganasiz.

🗒 Marafon speakerlari:

1. Olimjon To‘ychiyev — O‘zbekistonlik texnolog va jamoat arbobi, Turin politexnika universiteti rektori
Dars mavzusi: “Texnoparklar, universitetlar va davlat: innovatsion loyihalar uchun yagona ekotizim qurish”;

2. Asadbek Urunov — Founder of Cosmos Innovation, “Mard o‘g‘lon” mukofoti sovrindori, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohibi
Dars mavzusi: “Kuchli jamoa tuzish va startap yaratishda jamoaning o‘rni”;

3. Azizbek Ilkhamov — Innovatsion rivojlanish agentligi, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i
Dars mavzusi: “Startap ekotizimidagi yangiliklar”;

4. Akbarxon Sobirxonov — Yoshlar akademiyasi rahbari
Dars mavzusi: “O‘zbekiston innovatsion taraqqiyotida talabalarning o‘rni: yangi imkoniyatlar va chaqiriqlar”;

5. Bobir Zokirov — Biznesmen, innovator
Dars mavzusi: “Global Business Startup”;

6. Abdulaziz Yakubov — “Yoshlar Ventures” rahbari
Dars mavzusi: “Venchur fondlardan investitsiya jalb qilish”;

7. Barnoxon Artikxodjayeva — BMT Taraqqiyot dasturi “Startup Tashabbuslar” loyihasi treneri
Dars mavzusi: “Ilmiy loyihalarni startapga aylantirish”;

8. Xulkar Atayeva — Innovatsion rivojlanish agentligi bosh mutaxassisi
Dars mavzusi: “Ijtimoiy tarmoqlar orqali brendga maqsadli auditoriyani jalb qilish”;

9. Shahzod Umrzoqov — “TASS Vision” startap kompaniyasi asoschisi va bosh direktori
Dars mavzusi: Startap loyihalar doirasida yaratilgan mahsulot hamda ishlanmalarni xalqaro bozorlarga olib chiqish hamda eksportni yo'lga qo'yish.

🗓 Marafon sanalari: 10–17-noyabr.
🎤 Format: Onlayn.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: @ilm_start_marafon_bot

🚀 Endi sizning navbatingiz — g‘oyangizni kuchaytiring, jamoangizni shakllantiring va uni parvoz ettiring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
0️⃣0️⃣0️⃣

🎞 Shoir xotirasiga bag‘ishlov

Adiblar xiyobonida shoir, tarjimon va adabiyot arbobi Aleksandr Faynberg xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-ma’naviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir taniqli shoir A. Faynberg ijodi va hayotini xotirlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish, yosh avlodda badiiy-estetik didni shakllantirish hamda tarjimonlik maktabi an’analarini davom ettirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zDJTU Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Do‘stmuhammedova Aziza, 2025–2026 o‘quv yili uchun Aleksandr Faynberg nomidagi stipendiya sohibalari:
• Shukurilloyeva Lazzatoy
• Qurolboyeva Maftuna
• Keldiyorova Sevinch
• Yuldosheva Elmira
• Matmuradova Sarbinaz
• Shukurova Sevinch
• Muhammadiyeva Sevinch
• Miragramova Oysha
• Mardonova Niginabonu

shuningdek, fakultetning faol talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari Rustam Musurmon, shuningdek, Aleksandr Faynbergning rafiqasi Ina Glebovna Koval mehmon sifatida qatnashdilar. Ular o‘z chiqishlarida Faynberg ijodining o‘zbek va rus adabiyoti o‘rtasidagi madaniy ko‘prik sifatidagi ahamiyatini, tarjimon sifatida uning mahorati va insoniy fazilatlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir davomida talabalarga Aleksandr Faynbergning hayoti, ijodiy merosi hamda tarjima maktabi haqidagi qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi. Bo‘lajak stipendiatlar uchun mazkur uchrashuv nafaqat faxr, balki o‘z ijodiy izlanishlariga ilhom manbai bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥3