O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.7K photos
3.02K videos
323 files
9.77K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣

Oliy ta’lim tizimida nazorat topshiriqlarini samarali bajarish masalalari muhokama qilindi

2025-yil 7-noyabr kuni
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.

Unda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat vakillari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

Iqtisodiy o‘qish mavzusi:
Ijro.gov.uz tizimida 2025-yil yanvar–oktyabr oylaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari va Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining ijrosi yakunlari hamda 2025-yilning noyabr–dekabr oylarida barcha topshiriqlarni samarali va to‘liq hajmda bajarish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risida.”


Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ijro intizomi va nazorati bo‘limi boshlig‘i Yakubov Azizjon Tojiboyevich olib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Rajabov Sardor Baxtiyorovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Alijonov Utkir Maxamadaliyevich esa dasturni kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir davomida ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, tizim tashkilotlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, 2025-yilning noyabr–dekabr oylarida bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlarni to‘liq hajmda ado etish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar va amaliy takliflar muhokama qilindi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, ijro intizomini yanada kuchaytirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍2👏2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ijodiy uchrashuv

🇺🇿 7-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Nazarov hamda tyutorlar “Maʼrifat ulashib” nomli ijodiy uchrashuvda ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuv Uchtepa tumanidagi 238-maktabda boʻlib oʻtib, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi F. Jabborov talaba-yoshlar bilan ijodiy-uchrashuv oʻtkazdi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Birlik” mahallasi raisi Alisher Sayqalovich, 238-maktab direktori S. Talipova hamda oʻqituvchi-professorlar tomonidan daraxt ekish marosimi tashkil etildi.

Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan turli raqslar, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodidan namunalar ijro etildi.

Ushbu tadbir mahalla, maktab va OʻzDJTU oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga yordam beradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
🇮🇩🇺🇿 GUNADARMA UNIVERSITETI (INDONEZIYA) VA O'ZDJTU TARMOQ MARKAZ HAMKORLIGIDA NAVBATDAGI QO'SHMA MALAKA OSHIRISH KURSI!

📅Kurs muddati: Dekabr oyida
📍Joylar:
2 hafta — O‘zbekiston, Toshkent (Tarmoq markazida)
2 hafta — Indoneziya

💼Kurs yakunida:

Gunadarma universitetining xalqaro sertifikati
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Tarmoq markazining sertifikati
Rasmiy malaka attestati beriladi.

Mashg‘ulotlar davomida xalqaro ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar va akademik almashinuv tajribalari o‘rganiladi.
📢GRANT asosida qatnashish imkoniyati!
Bu kurs uchun Gunadarma Universiteti tomonidan grant ajratilgan.

So‘rovlar 8-noyabrgacha qabul qilinadi.
📩 Joylar soni cheklangan!

📌Manzil: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Tarmoq markazi
📞Qo‘shimcha ma’lumot: +998 90 977 49 07 https://t.me/narimanbekovna

💡Bir kurs — ikki davlat tajribasi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
0️⃣0️⃣0️⃣

Rus filologiyasi fakultetida isitish tizimlari holati o‘rganildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rus filologiyasi fakulteti va o‘quv binolarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida auditoriyalar, issiqlik tizimlari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Rektor fakultet jamoasiga isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, o‘quv jarayonida qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻📺📺

7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shaxriyor Shavkatov, Guljahon Mardonova va Fozil Jabborov ishtirokida talaba-yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuvdan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1👏1
🤩 HOGWARTS HAFTALIGI — MUHTASHAM YAKUN🌟

Bir hafta davomida🇺🇿O‘zDJTU 😮Ingliz tili Ikkinchi fakulteti 🇺🇿Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan tashkil etilgan🤩 “Hogwarts haftaligi” sehr, raqobat va do‘stlik ruhi bilan o‘tdi hamda bugun o‘z nihoyasiga yetdi!

🤩 Yakuniy taqdirlash marosimida haftalik davomida faol ishtirok etgan talabalar e’tirof etildi, g‘olib jamoalar esa faxrli o‘rinlar bilan taqdirlandilar.

Umumiy natijalarga ko‘ra:
🤩 Slytherin — 1-o‘rin
🤩 Gryffindor — 2-o‘rin
🤩 Hufflepuff — 3-o‘rin
🤩 Ravenclaw — 4-o‘rin

🤩 Haftalik davomida faollik, ijobiy kayfiyat va jamoaviy ruh bilan qatnashgan barcha talabalarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz! Sizlar tufayli bu hafta haqiqiy sehrli muhitga aylandi.

🤩Bu haftalik nafaqat raqobat, balki do‘stlik, birlik va iliqlikni o‘zida mujassam etgan unutilmas lahzalar bilan yodda qoladi.

Shu tariqa,🤩 “Hogwarts haftaligi” o‘z yakuniga yetdi!
Ammo uning iliq hissiyotlari, quvonchli onlari va mehrga to‘la muhitini har bir ishtirokchi qalbida uzoq vaqt saqlaydi.🌟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🎉3👍2🤩2